O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

G2C, G2B kabi biznes olamining barcha sohalariga tadbiq qilinishi mumkinligini 
tan oldilar. Bulardan tashqari, ko‘p ishtirokchilarga ega bo‘lgan bank loyihalarida 
tizimlarning o‘zaro muloqotida kelishuvlarni moslashtirish ham nazarda tutilishi 
kerak. Ammo, xozirgi davrdagi bank tizimlarining bir turda emasligi xuddi shu 
talablarning bajarilishiga mone’lik qiladi. Shu xolat bilan bog’lik xolda Den 
Millmanning quyidagi fikrini keltirish mumkin: «Har qanday o‘zgarishlarning sir-
asrori eskilik bilan kurashish emas, balki barcha kuch-quvvatni yangilik yaratish 
uchun safarbar qilishdir».
E
ndi esa ketma-ket ravishda turli davrlarda xosil bo‘lgan va o’ziga xos 
ekosistema yaratgan blokcheyn texnologiyalarining bir qancha variantlarini ko‘rib 
chiqamiz. Buni avvalo bitkoin blokcheyni va uning yaratilish tarixi bilan 
tanishishdan boshlaymiz. Bitkoin 1999 yilda Vey Day tomonidan o‘ylab topilgan 
va u b-money ning konseptsiyasiga o‘xshash ishlaydigan raqamli pul turi bo‘lib, 
unda tizim ishlashi uchun serverlar kafolatlangan to’lov (vznos) kiritishi kerak 
bo‘lgan. Undan tashqari, 2005 yilda Nik Sabo (xuquqshunos, olim va kriptograf
raqamli valyutalar va raqamli kontraktlar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib 
borgan) tomonidan tavsif etilgan bitgold texnologiyasi (bu texnologiyada hisob-
kitoblar orqali isbot qilish goyasidan foydalaniladi) texnologiyasi ham bitkoinning 
paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ushbu o’quv qo’llanmaning keyingi 


86 
bo‘limlaridagi ma’lumotlarni tushunish uchun ikki asosiy atamaning ma’nosini 
tushuntirib o’tamiz: 
1. Asimmetrik kriptografiya yoki ochiq (yopiq) kalit vositasida shifrlash usuli. 
Bu usul simmetrik kriptografiyadan farq qilib, unda ikkita shifrlash kaliti 
ham ishlatiladi. 
2. Taqsimlangan tizim – bir-biri bilan bog’langan va tarmoq orqali o‘zaro 
muloqot qila oladigan hisoblash ob’ektlarining avtonom to‘plami 
(kompyuterlar, protsessorlar, ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari, 
ma’lumot bazalari va boshqalar)dir. Misol sifatida bir qancha protsessorlar 
bilan jihozlangan va biror bir mashinaga murojaat qiladigan fizik tarmoqni 
keltirishimiz mumkin. 
Endi esa tasavvurimizni yanada boyitish va kelajak istiqbollarni chamalay olish 
uchun bitkoin paydo bo‘lganicha bo‘lgan davrdagi xolatni ko‘rib chiqamiz: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling