O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya)
Egey universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti boʻlimi (Turkiya)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
TURKSOY Yozarlar birligi
“Jidebay-Barili” Abay tarixiy-madaniy va adabiy-memorial Qozog‘iston davlat muzeyi
Shoir Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy she’riyatni o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzuyidagi
xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning
XABAR XATI
2023-yil sentyabr oyining 22-kuni O‘zbekiston xalq shoiri, Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy she’riyatni o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzuyidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Adabiyotshunoslik fanining barcha sohalari, xususan, she’rshunoslik va uni o‘rganish bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan mutaxassislar bilan bir qatorda, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, magistrantlar va mustaqil tadqiqotchilar ham anjumanda ishtirok etishga taklif qilinadi.
Ma’ruzalar uchun quyidagi yo‘nalishlar belgilangan:
Rauf Parfi ijodiy merosining umumturkiy she’riyatda tutgan o‘rni;
Rauf Parfining adabiy merosi;
Rauf Parfining poetik mahorati;
She’r tuzilishi, shakli va badiiyati masalalari;
badiiy tarjima va adabiy aloqalar;
shoirlar ijodini o‘rganishda qo‘lyozma va arxivlarning ahamiyati.
Materialni taqdim etish talablari:
– Muallif haqida ma’lumot (F.I.Sh., ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi, tel., e-mail).
– Maqolalar o‘zbek, qardosh turkiy tillar hamda ingliz, rus tillarida 4-8 sahifa atrofida qabul qilinadi.
– Maqola matni MS Word, Times New Roman, 14 kattalikda, satrlar orasi 1,5 oraliqda, varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm bo‘lishi kerak.
– Sarlavhadan so‘ng o‘zbek, turk va ingliz tillarida maqolaning qisqacha bayoni va kalit so‘zlar berilishi shart.
– Materialda havolalardagi adabiyotlar to‘liq yozilishi va sahifa ostida ko‘rsatilishi kerak.
Anjuman materiallarining o‘z vaqtida to‘plam holiga kelishini ta’minlash maqsadida Sizdan maqolalarni 2023-yilning 20-avgustiga qadar jo‘natishingiz so‘raladi. Ma’ruza matnlari elektron shaklda qabul qilinadi. Bayon etilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi hamda metodik jihatlari bo‘yicha muallif(lar) mas’uldir.
Anjuman jonli va onlayn tarzda (ZOOM platformasida) o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda (qo‘shimcha xabar qilinadi). Kechiktirilgan va talablar bo‘yicha tayyorlanmagan, anjuman mavzusiga muvofiq kelmaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.
Manzil:
100011, Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 69-uy
e-mail: navoimuseum@academy.uz; adkozgu@gmail.com
|
Murojaat uchun:
+998 93 972 55 88 (Ahmadaliyev Lochinbek)
+998 99 898 97 40 (Go‘zal Matyoqubova)
+998 99 811 09 96 (Abdullayev Bilolxon)
+998 93 584 27 29 (Dehqonov Qutbiddin)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |