O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutkarish va kechiktirib


Download 287.7 Kb.
bet27/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutkarish va kechiktirib 
bo‘lmaydigan ishlar xususiyatlari. YOng‘in bilan kurashish. 
Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari tabiiy xususityali favqulodda
vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda kuch va vositalari favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etish va jabrlanganlarni qutqarish uchu sodir bo‘lgan hududlarga darhol etib
boardilar.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan
bog‘liq bo‘lgan avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlarni tashkil etishni va ularni bajarish muddatlarini favqulodda vaziyat
sodir bo‘lgan hududda joylashgan shahar (ob’ekt) muhofazasi boshlig‘i
aniqlaydi.
Zilzila keltirgan zararni aniqlash, jabrlanganlarni qutqarish va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini aniqlash uchun maxsus razvedka
(axborot yig‘ish)guruhlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
-bino, inshoot, kommunal – energetika tizimlaridagi falokatlarning
xususiyatlari va darajasini;



-vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish, ularga zarari tegishi


mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf etish;
-vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiq arib olishning eng qulay
joylarini topish;
-shikastlangan evakuatsiya qilish uchun yo‘l ochish tartiblarini o‘tkazish;
-suv manbalarining holatini, ularni xo‘jalik ishlarida ishlatish va ichish uchun
yaroqliligini tekshirish;
-sharoitni va sharoitga ko‘ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini aniqlash;
-mexanik vositalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash;
-zarur deb topilganda portlatish ishlarini qo‘llash imkoniyatini aniqlash.
Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli
mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish
ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun ob’ektga FVDT tuzilmalari
olib kelinadi.
Vayrona uyumlar tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlarini
yuboradilar. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni
sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi
aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki
taqqillatish orqali aloqa o‘rnatiladi.
Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar
tarkibidagi qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Zveno
a’zolarining hammasi yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona
uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo‘laklarini boshqa erga tashlaydi. Zveno
a’zolaridan bittasi kerak bo‘lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob
yordamida kesadi.
Vayrona uyumlari og‘ir yoki katta bo‘laklardan tashkil topgan hududlarni
ochish maqsadida mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko‘p qavatli binolarning
yuqorisida yoki buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish, ularni
vaqtinchalik evakuatsiya qilish uchun yo‘llarga yog‘ochdan ishlangan trapp yoki
vaqtinchalik zinapoyalar o‘rnatiladi. Harakat xavfsizligi taminlash uchun
yo‘lchaning bir tomondan arqon tortib qo‘yiladi. Qorong‘i vaqtda ishlaganda esa
vaqtinchalik elektr yoritgich “lampalar” o‘rnatiladi. YUqori qavatlardan
odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng
qulay yo‘l o‘t o‘chirish avtotransportidan foydalanishdir.
Suv toshqini, sel va er ko‘chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Suv toshqini (suv ostida qolish) xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda
vaziyatlarda fuqaro muhofazasi qarori bilan boshqaruv punktlari
tayyorgarlik holatiga keltirib qo‘yiladi. U erda mutasaddi rahbar xodimlarning



kechayu-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tizimlarining vazifalari


aniqlanadi.
Suv toshqini xavfi paydo bo‘lganda:
-boshqa yoqqa o‘tkazib yuboradigan surma to‘siqlarni o‘rnatish;
-ishlab chiqarish ta’minoti tadbirlarini keng qo‘lash kompleksini o‘tkazish
(o‘t o‘chirish zamonaviy vositalari, o‘t o‘chirish avtomat yo‘llari, hisoblangan suv
debiti, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan tuzilmalar va h.k. mavjudligi).
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirish:
-favqulodda vaziyatda mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini
maksimal darajada kamaytirish;
-favqulodda rejimda rezervda barqaror mol etkazib beruvchilar bo‘lishiga
erishish;
-ob’ekt ta’minotini rezervdagi avtonom manbalarga o‘tkazish imkoniyati
bor tizimini ishlab chiqish;
-avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
-bitta sanoat zonasidagi boshqa ob’ektlar bilan kooperativ ta’minlanishni
(elektr energiyasi, suv, gaz, par va h.k. narsalar ta’minotini) tashkil etish;
-rezervning avariya zahirasini yaratish;
-xom ashyo, materiallar muhofazada va bo‘lib-bo‘lib tarqatilib
saqlanishini tashkil etish;
-kommunikatsiyalarni o‘rnini bosadigan qilish va halqa tarzida birlashtirish;
-toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarning holatini
aniqlash, avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga ayyorgarlik ko‘rish va
kerak deb topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko‘chish;
-suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab
chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay to‘xtatish;
-o‘zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan Qurolli
Kuchlar bo‘linmalari bilan aloqa o‘rnatish va doimiy aloqada bo‘lish;
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va
vositalar hamda tashkilotlarning suzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, komanda hamda guruhlar
katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar yordamida odamlarni
qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb
etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini
va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishlari kerak.
Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv
vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanadilar.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling