O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet28/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Nazorat savollari. 



1. Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirish deganda nimani tushunasiz.


2. Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablarga
nimalar kiradi.
3. Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqarish va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish deganda nimani tushunasiz.
4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarga misollar keltiring.
5. Kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga misollar keltiring.





4-MAVZU.

AHOLINI FVDT KUCHLARINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA


HARAKAT QILISHGA TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA
HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH
TADBIRLARINI REJALASHTIRISH. FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFI
TUG‘ILGANIDA VA SODIR BO‘LGANIDA AHOLINI EVAKUATSIYA
QILISH.
REJA: 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish.
4. Aholini ma`naviy tayyorlash.
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari.
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–
siyosiy va psixologik tayyorlashi.
Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ma`naviy
tayyorlash, favqulodda vaziyatlar, favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash, milliy
istiqlol g`oyalariga sodiqlik.
O`zbekiston
Respublikasi
Prezdenti
Islom
Karimov
Vazirlar
Mahkamasining 1994y.9 apreldagi kengaytirilgan majlisida shunday dedi,
jumladan. ”O`zbekiston davlati har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya
qiladi.”
Jumladan. ”Davlat har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qila
olish holatida bo`lishi, ularni haqiqiy mehnatlari evaziga ortirgan boyliklari va
ularni uy joylari baxtsiz hodisa qurbonlari bo`lishini oldini olishi shart. Bu vazifani
hal etishda fuqaro muhofazasi katta rol o`ynaydi.
FM harbiy qismlari zararlanish o`choqlarida, baxtsiz hodisalarda, yirik
avariya va halokatlarda o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari harbiy qismlarni
shaxsiy tarkibini manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarliklariga bog`liq.
Manaviy –siyosiy tayyorgarlik deb shaxsiy tarkibga va aholiga milliy istiqlol
g`oyalarini manaviy yangilanish intizomini yuqori ahloqiy prinsiplarini
shakllanishiga aytiladi.
FM Psixologik tayyorgarlik ostida shaxsiy tarkibning psixologik
barqarorligini, ya`ni odamlarda harbiy vazifalarni bajarish qobiliyati, dushmanning
kimyoviy yadroviy va biologik hujumida hamda KTEZM o`choqlarida faol va



bilimli harakat qilish eng og`ir sinovlarni turli jismoniy va manaviy og`irliklarni


muvaffaqiyatli uddalash mardlikni namoyon etish barqarorlikni, chidamlilikni,
jasurlik
va
jasoratni
ko`rsatish
kabi
hususiyatlarni
shakllanishi
tushuniladi.Manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarlik o`zaro chambarchas
bog`liq va yagona ob`yekti– odam hisoblanadi. Tayyorgarlik jarayonini aniqlovchi
omil bo`lib odamlarni siyosiy chiniqtirish hisoblanadi. Ular irodasini manaviy
ruhiy asosi quyidagilar hisoblanadi:
– chuqur g`oyaviy ishonuvchanlik;
– O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik;
– Siyosiy onglilik;
Ma`naviy siyosiy va psixologik fazilatlar odamni butun hayoti jarayonida
oila, maktab, mehnat jamoalari, yoshlar birlashmalari, kasaba uyushmalari va
boshqa tashkilotlar ta`siri ostida shakllanadi.
Fuqaro muhofazasi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi va aholini ma`naviy –
psixologik tayyorlash yo`llari, metodlari va shakllari.
Aholi va F.M. tuzilmalari va Vatan himoyachilari yuqori ma`naviy–siyosiy
va psixologik fazilatlarini shakllanishini zarurligini hisobga olgan holda inson
ongiga ta`sir etuvchi turli xil usul va metodlarini qo`llashni talab qiladi. Harbiy
qismlar aholini mamlakat mudofasini tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda
hodisalarda harakatlanishga ma`naviy siyosiy va psixologik tayyorlash bo`yicha
g`oyaviy tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitish bilan bir qatorda, uni metod, shakl
va vositalarini tezkor qo`llash haqidagi doimiy g`amxo`rlikni namoyan qilishi juda
muhim.
Tarbiyalash metodlari
F.M. harbiy qismlari shaxsiy tarkibida yuqori manaviy, siyosiy va
psixologik fazilatlarni tarbiyalash metodlarini asosiylaridan biri bo`lib, qat`iy
ishonch hisoblanadi. Prizdentimiz Islom Karimov o`z chiqishlarida respublika
F.M.ni takomillashi va mudofa kuchini mustahkamlanishi haqida bayon etgan
g`oyalari tug`ri tushinishga yordam berish maqsadida uni aqli, his–tuyg`ulari va
irodasiga faol ta`sir ko`rsatishdan iboratdir.
Tarbiya shakllari: Ma`naviy- siyosiy va psixologik tayorgarlikni amalga
oshirishga yordam beradigan g`oyaviy- tasrbiyaviy ishlarni asosiy shakllarini 2
guruhga bo`lish mumkin.
Birinchi guruhga shunday ish shakllari kiradiki, bunda harbiy qism shaxsiy
tarkibi tarbiyalash ob`yekti rolini bajaradi. Bu o`quv tarbiyaviy ishlarini
maktablarda, litsiy, kollej va oliy o`quv dargohidagi qo`llaniladigan turli
shakllaridir.
– sinfiy guruhli mashg`lotlar;
–qo`mondonlik;



–shtab mashqlari;


–taktik – maxsus mashqlar;
–guruhli mashqlar;
– shtab mashqlari va amaliy mashg`ulotlar;
– FMmashqlari va amaliy mashg`ulotlari;
Bularni amalga oshirishda ketma-ketlik davolilik asosida bo`ladi
–ma`ruzalar va amaliyotlar;
–nazariy konferensiyalar va seminarlar;
–savol va javob kechalari;
–siyosiy- ma`naviy ,axloqiy va estetik mavzularda munozarali tortishuvlar;
–FM yosh jangchilari va askarlarining urush faxriylari bilan uchrashuvlari;
Shuningdek muzeylar, yodgorliklarni tashkil qilish bilan ham, (masalan,
jangavor muzey, jangavor burchak, xotira maydoni, tarixiy yodgorliklar) xalq
orasida milliy g`urur, ajdodimiz an`analareiga sodiqlik hissini shakllantirishdan
iboratdir.
Fuqaro muhofazasi xizmatining moddiy-texnikaviy ta`minot tizimini
tashkillashtirish va uning vazifalari.
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda
fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida
amalga
oshiriladi.
Fuqarolarni
muhofaza
qilishning
asosiy
tamoyillari
quyidagilardan iborat:
1) Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo`jaligi ob`ektlarining
rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda
amalga oshirish va boshqarish;
2) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo`jaligi
tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;
3) Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofa qudratini hisobga olgan
holda fuqaro muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;
4) Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika,
viloyat, shahar, tuman xalq xo`jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va ishtimoiy rivojlanish
rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
1) Fuqarolarni havfli vaziyat hususida o`z vaqtida ogohlantirish;
2) Radiatsiyaga va kimyoviy ta`sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;
3) Himoya inshoatlarini saqlash;
4) Evakuatsiya
omillarini
o`tkazish
(fuqarolarni
havfli
hududdan,
vaqtinchalik uzoqlashtirish);
5) Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish. Fuqoralarni favqulotda
vaziyat haqida ogohlantirish



Favqulotda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishni har tomonlama


omillarida alohida o`rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o`z vaqtida ogohlantirish
hisoblanadi.
Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi.
Bundafuqarolarni ogohlantrishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport
vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya`ni bu belgilar
degan ma`noni anglatadi.
Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlari zarur. Har bir ofat
yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo`jaligiga ko`rsatadigan ta`sir
hususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.
Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro
muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi:, Fuqaro Muhofazasi
shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bo`ldi. Shu
AES atrofida joylashgan korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog`i,
yangi qurilayotgan metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-
joylarga, mahallalarga radioktiv changlarni tushishi kutilmoqda.
Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o`zlarining, yashovchi uylari
germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga
kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioktiv chang tushishidan
saqlashlari, o`zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-
harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo`riqnomalari asosida olib boriladi.
b) Xavfli kimyo zavodida avariya:
kimyo kombinatida odamga kuchli ta`sir etuvchi zaharli modda (KTZM) –
ammiyakning to`kilishi oqibatida avariya sodir bo`ldi. Zaharlangan havo Toshkent
shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish zonasiga o`sha atrofdagi
korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari ko`rsatiladi)
kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bo`lgan ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ishchi
xizmatchilar, mahallardagi yashovchilar o`z uylarini, ish joylarini havfsiz holatda
qoldirishlari (gaz, suv, elektrni o`chirishlari) va Toshkentga evakuatsiyaga
tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalardagi
(nomlari ko`rsatiladi) yashovchilar o`z ish joylarida, uylarida qo`shimcha
germitiklarni ta`minlab saqlanishlari lozim. Eshitganlaringizni qo`ni-qo`shnilarga
etkazing!>
v) Yer silkinishi ehtimolida:
silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o`chirib,
uylarni havfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma`lumotlaringizni qo`ni-qo`shnilarga



etkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland


qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!>
Yer silkinganda inshoatlarda bo`lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari
tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi
yo`riqnomalariga e`tiborni qarating.
Radiatsiya va kimyoviy ta`sirlarga qarshi omillar
RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli
kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar (KTZM) ta`sirini
kamatirishga mo`ljallangan komleks omillar tushiniladi. RQva KTQ omillarda
qo`yidagi vazifalar ko`zda tutiladi:
a) Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash;
b) Dozitermik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o`tkazish;
v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqarish;
g) Radioktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash
uslublari hamda KTQ omillari bilan ta`minlash (bunda gazniqoblar, mahsus kiyim-
kechaklar va boshqa vositalarni yig`ish, saqlash, taqsimlash);
d) Radioktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari
(maxsus sanitar-qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararlantirish
va boshqa omillar).
Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash.
Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni baholash- RQ va KTQ omillarining
asosini tashkil etib, uni o`tkazishdan maqsad:
- fuqaro
muhofazasi
tizimlariga
kiruvchi
fuqarolarning
ishlash
qobiliyatlarini baholash;
- ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish
chegaralari;
- evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko`rsatish hajmi;
- jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-
kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;
- radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-
ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi.
Dozitermik va kimyoviy holatni baholash – ob`ektning fuqarolar muhofazasi
shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo`limlari amalga oshiradi (ya`ni
radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy razvedka bo`limlari ).
Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va
kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozitermik baholashda odamlarni va yer
usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda
odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi.
3.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi.



Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy


vazifalari etib:
1.Aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
yo‘llarini, jamoa va yakka tartibda muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini
o‘rgatish;
2.Boshqaruvning barcha pog‘onalardagi rahbarlarini aholini favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta
tayyorlash;
3.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarida avariya- qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun fuqaro muhofazasi kuch va
vositalarini tayyorlash, ularda boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi
belgilangan.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling