O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar


Download 287.7 Kb.
bet22/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. 
Fuqaro muhofazasi rejasining mazmuni 
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
tadbirlarini barvaqt amalga os hiris h, favqulodda
vaziyatlarning oldini
olish, ular sodir bo‘lgandagi zarar va talafotlarni kamaytirshp maqsadida
hokimliklar va ob’ektlarning hatti-harakat rejalari, shuningdek FVDTning
hamma darajalarida tizimlari rejalari ishlab chiqiladi.
Reja tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida ishlab chiqiladi.
Favqulodda vaziyatlar aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha xarakat
qilish rejasini mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar, hamda ishlab
chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirish korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
hisoblanadi,
O‘zbekiston Resiublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat
qilish davlat tizimi faoliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar
vazirlign tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muqofazasiga rahbarlik
qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro
muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasidr quyidagi huquqlarga
ega:
- fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;



- aholini, moddiy va ma’naviy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya


qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktivalar, qarorlar va farmoyishlar
qabul qilish.
Aholini va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalar qo‘llanilishi
oqibatlaridan muhofaza qilish va muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga
oshirishga
harakatlarni
muvofiqlas htiris h
tegis hli
tar moq lar
va
tas hkilot lar ning fuqaro muho fazas i boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
Fuqaro tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini hamda
favqulodda vaziyatlar bo‘lish xavfi qanchalik realligini hisobga olib
tadbirlar oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Reja tuzishdagi ish hajmi shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘linadi:
- birinchi bosqichda ijrochilar tarkibi, ularning tayyorligi aniqlanadi,
bor ma’lumotlar, hujjatlar o‘rganiladi, materiallar umumlashtiriladi, taqvimiy reja
ishlab chiqiladi;
- ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va reja hujjatlari tuziladi;
- uchinchi bosqichda hamma tadbirlar bir -biriga moslashtiriladi va
yuqori tashkilot bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo‘lsa reja tuzatib to‘g‘rilanadi va
tasdikdanadi;
- to‘rtinchi bosqichda rejalashtirilgan tadbirlar reja tasdiqdangandan keyin
tegishli ijrochilarga etkaziladi.
Rejalar ishlab chiqishni bevosita tashkil etish tegishli fuqaro muhofazasi
boshlig‘iga yuklatiladi. Rejalarni ishlab chiqishga fuqaro muhofazasining shtatli
xodimldri, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, evakuatsiya komissiyasi, fuqaro
muhofazasi xizmatlari va bo‘limlari, iqtisodiyot ob’ektlarining bosh
mutaxassislari jalb qilinadi,
Rejani ishlab chiqishga jalb etiladigan mansabdor shaxslar fuqaro
muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan
belgilanadi.
Energetika va elektrlashtirish vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki
ishlar vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat muhofaza qilish
qo‘mitasi, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi,
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “Boshgidromet” boshqarmasi boshqa
tegishli idoralar Favqulodda vaziyatlar vazirligini hududlar, ob’ektlardagi
tabiiy, ekologik, epidemiologik, epizootik, geologik va texnogen vaziyat hamda
ularning yaqin davrda va istiqbolda o‘zgarish ehtimollari to‘g‘risidagi axborot bilan
muntazam ravishda, favqulodda vaziyatlarda esa darhol ta’minlashlari lozim.
Evakuatsiya tadbirlarini rejalashtirishda transportda va piyoda olib chiqiladigan
aholi sonini aniq bilish, zarur transport vositalari soni, odamlarni transportda
(piyoda) olib chiqish tartibi, qimmatbaho uskunalar, oziq-ovqatni olib chiqish



tartibi va muddatlari hisoblab qo‘yilishi kerak, korxona faoliyatini


barqarorligini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqotlar asosida va iqtisodiyot
rejalarini hisobga olib rejalashtiriladi. Muhandislik, tibbiy va boshqa turdagi
ta’minotni rejalashtirishda ishlar hajmi, tadbirlari, bajarilish tartibi har qaysi tur
ta’minotning asosiy vazifalariga qarab belgilanadi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, bo‘limlari reja ijrosini ta’minlashlari
uchun tegishli hujjatlarni oldindan iqtisodiyot organlari bilan birgalikda ishlab
chiqadi. Bu hujjatlar, dastlabki ma’lumotnoma materiallari rejaga ilova
qilinmaydi, bevosita ijrochilarning ish papkalarida saqlanadi.
Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish bo‘yicha
harakatlar rejasini, nizomlar-qoidalar va yo‘riqnomalarni kelishib olish uchun
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etio‘lari lozim. Tuzilgan rejalarga har yili
1 yanvardagi holatga muvofiq yilning ikkinchi choragi davomida tuzatishlar
kiritiladi. Reja ikki nusxada tuziladi. Nusxalardan biri ob’ektning boshqaruv
punklarida ikkinchisi yuqori tashkilotda saqlanadi.
Reja hujjatlari mazmunli, aniq hamda yuqori saviyada ishlab chiqilishi
kerak. Rejalashtirishda taqlidchilikka, yuzaki va asossiz yondoshishlarga yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitdan kelib chiqib, quyidagi aniq tadbirlar
rejalashtiriladi:
-boshqarish, xabarlash va aloqani tashkil etish;
-razvedkani, kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
-FVDT guruhlarini tashkil etish;
-odamlarni va moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
-moddiy va moliyaviy ta’minotning hamma turlarini tashkil etish;
-favqulodda vaziyatlarning oldini olishni va ularni tugatishni tashkil
etish.
Rejaga qo‘yiladigan talablar
Talablar
Mazmuni
To‘liq
ishlab
chiqilishi
Reja muvaffaqiyatli bajarilishini va bosh vazifasi - aholi va
moddiy
boyliklarni
muhofaza
qilishni
hal
etilishini
ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan
iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning
mazmuni, shakli, muddatlari va bajaruvchilari ko‘rsatiladi.



Bayoni
qisqa


va
mazmunli
bo‘lishi
Reja bo‘limlarning bayoni ulardan foydalanish oson bo‘lsin
uchun qisqa bo‘lishi lozim. SHuning uchun rejaning
mazmunli bo‘lishiga undagi hamma tadbirlar to‘liq ishlab
chiqilgan grafik yo‘li bilan erishiladi. Buning uchun sxema va
xaritada inshootlar, ish turlari va hajmi shartli belgilar bilan
tasvirlanadi. Tushuntirishlar jadvallar, sxemalar, suratli
sharhlar tushuntirish xatlari tarzida beriladi.
Vaqt
qat’iy
hisobga olinishi
Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgai har bir
tadbir sifatli va to‘liq hajmda bajarilishi uchun kerak.
Reallik va
aniqlik
Rejaning aniq va real bulishi uning bajarilishini zarur tartibi
hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit ma’lumotlar
sinchiklab urganiladi: bulishi mumkin bulgan vayronalik,
uyulma, talafotlar turi, moddiy zarar oldindan bashoratlanadi,
okibatlari yuqotilishi uchun kerakli fuqaro muhofazasi kuch
va vositalariga bulgan talab hisoblab chikiladi. Ob’ektiv
aniqlikka baho berish va tadbirning bajarilish vaqtini
belgilash fuqaro muhofazasidan taktik uquv - mashqlarida.
Amaliy mashg‘ulotlarda bajariladi.
Tinchlik davri rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining favqulodda vaziyatlarni tugatish
to‘g‘risidagi qarori (viloyat xaritasi va shaharlarning rejasi).
2. FVDT xududiy quyi tazimining favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va u
sodir bo‘lgandagi asosiy tadbirlarining kalendar rejasi.
Z. FVDT hududiy quyi tizimining favqulodda vaziyatlar xavfi
tug‘ilgandagi tadbirlarini bajarishga jalb qilinadigan kuch va vositalarining hisobi
(har bir tadbir haqidagi umumiy ma’lumotlar).
4. Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruv, xabarlash va aloqani
tashkil etish (sxemasi).

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling