O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet35/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Suv toshqini, sel va er ko‘chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Suv toshqini (suv ostida qolish) xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda
vaziyatlarda fuqaro muhofazasi qarori bilan boshqaruv punktlari
tayyorgarlik holatiga keltirib qo‘yiladi. U erda mutasaddi rahbar xodimlarning
kechayu-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tizimlarining vazifalari
aniqlanadi.
Suv toshqini xavfi paydo bo‘lganda:
-boshqa yoqqa o‘tkazib yuboradigan surma to‘siqlarni o‘rnatish;



-ishlab chiqarish ta’minoti tadbirlarini keng qo‘lash kompleksini o‘tkazish


(o‘t o‘chirish zamonaviy vositalari, o‘t o‘chirish avtomat yo‘llari, hisoblangan suv
debiti, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan tuzilmalar va h.k. mavjudligi).
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirish:
-favqulodda vaziyatda mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini
maksimal darajada kamaytirish;
-favqulodda rejimda rezervda barqaror mol etkazib beruvchilar bo‘lishiga
erishish;
-ob’ekt ta’minotini rezervdagi avtonom manbalarga o‘tkazish imkoniyati
bor tizimini ishlab chiqish;
-avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
-bitta sanoat zonasidagi boshqa ob’ektlar bilan kooperativ ta’minlanishni
(elektr energiyasi, suv, gaz, par va h.k. narsalar ta’minotini) tashkil etish;
-rezervning avariya zahirasini yaratish;
-xom ashyo, materiallar muhofazada va bo‘lib-bo‘lib tarqatilib
saqlanishini tashkil etish;
-kommunikatsiyalarni o‘rnini bosadigan qilish va halqa tarzida birlashtirish;
-toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarning holatini
aniqlash, avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga ayyorgarlik ko‘rish va
kerak deb topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko‘chish;
-suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab
chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay to‘xtatish;
-o‘zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan Qurolli
Kuchlar bo‘linmalari bilan aloqa o‘rnatish va doimiy aloqada bo‘lish;
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va
vositalar hamda tashkilotlarning suzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, komanda hamda guruhlar
katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar yordamida odamlarni
qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb
etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini
va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishlari kerak.
Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv
vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanadilar.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e’tibor suv
ostida qolgan hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish
vositalariga yoki vertolyotga olish va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi.
1998 yil yozida SHoximardonda bo‘lib o‘tgan halokat to‘g‘risida to‘xtalib
o‘tamiz.
Havo haroratining birdaniga ko‘tarilib ketishi natijasida Qirg‘iziston



Respublikasining O‘sh viloyati tog‘laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi.


Buning oqibatida yilning 7 iyulidan 8 iyuliga o‘tar kechasi katga suv paydo bo‘ldi.
Bu oqim SHoximardonsoyga qo‘shilib sig‘imini 200 m
3
/s ga ko‘paytirib yubordi va
kuchli suv bosishi natijasida 52 xo‘jalik, 36 dam olish maskanlari, shu jumladan 4
bolalarni sog‘lomlashtirish maskanlari jiddiy zarar ko‘rdi. 8-9 iyul kunlari odamlarni
SHohimardon qishlog‘idan ko‘chirish ishlari olib borildi. Bu muddat davomida 14200
kishi, shu jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Ushbu
ishlarni bajarish uchun 250 dan ortiq avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998
yilning 18 iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari topildi, 68 ta har xil
hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko‘mib tashlangan.
Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o‘tgazgich quvirlari, 14 km. avtoyo‘l, 4
ta yirik avtomobil ko‘prigi, 3 km suv o‘tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish
tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari butunlay
vayron bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha SHohimardon va Vodil
qishlokdarida favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan.
Avariya-qutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438 dona texnika, shu jumladan 156
dona muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna
benzin, 513 tonna dizel yoqilg‘isi sarf qilingan.
Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda muhandislik
texnikalari ishga solinishi kerak. CHunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga
zudlik bilan ko‘chirish, jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatib, oziq-ovqat,
kiyim-kechak bilan ta’minlash ishlarini olib borshidan iborat.
Razvedka ishlarining samarali olib borilishi, fuqaro muhofazasi organlari
xodimlari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘ishi mumkin bo‘lgan hududlarni
tezlik bilan aniqlash, bashoratlari va oqibatlarni oldini olishlari zarur.
Suv bosgan hududga etib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o‘z
vazifalarini bajarishga kirishadilar. Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega
bo‘lmagan ma’lumotlarning mavjudmasligi yoki ba’zi bir ikkinchi darajali
masalalarning hal qilinmaganligi avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlarni boshlamaslikka sabab bo‘la olmaydi.
Sel oqimi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo‘jalik,
agrotexnik, meliorativ va gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yordamida
kurashish ko‘proq samara beradi. Sel kelishi xavfi bor hududlarda yashovchi aholi
erlardan foydalanshda, o‘rmon daraxtlarini kesishda, uy hayvonlarini boqishda
mutasaddi tashkilotlarning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir.
Sel kelishi va er ko‘chkisi xavfi sodir bo‘lganda, aholi xavfli hududlardan
xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi. Aholi bilan birgalikda moddiy boyliklar ham
olib chiqiladi, qishloq xo‘jalik mollari esa xavfsiz joyga ko‘chiriladi.





YOng‘in.
YOng‘in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir
necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda
vaziyatdir.
YOng‘in uch omil havo harorati (issiqlik), yonuvchi modda (jism) va
uchqun-alanganing bir paytning o‘zida yuz berishi oqibatida paydo bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda ya’ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin
oksidlanish kabi yuz bergan yong‘inlar e’tiborga olinmagan taqdirda boshqa
chiqqan yong‘inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan:

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling