G’amgin: U mana endi, har bir so’zi, ovozi g’amgin, nigohidan maehr yog’ilib turgan mittigina kampirining ko’ngil faryodini eshitgandagina, bu to’y-tomosha chol-kampirda qanchalik og’ir botishini his etdi. (18-b.) U Latofatni ilgari ham ko’rgan, hatto maktabda singlisi Tohira bilan o’qiydigan ko’zlari g’amgin bu qoracha qizchani ko’z ostiga olib qo’ygan, lekin songgi bir yil ichida uni bunchalik ochilib ketadi deb o’ylamagan edi. (34-b
Latofat uyda bo’lar, kechayu-kunduz boshini kitobdan ko’tarmas, qandaydir g’amgin, pinhoniy xayollar og’ushidan chiqmas edi. (112-b.) –Ha, g’irt mastman!-Otaqo’zi boshini silkitib, g’amgin kulimsiradi. (235-b.) Domla g’amgin kulimsiradi.
Xafa: Otaqo’zi to’ydan so’z ochgani uchun o’zidan ham xafa bo’lib ketdi. (18-b.) –Siz xafa bo’lmang, otaxon,-dedi u qo’l qovushtirib. (298-b.)
Ma’yus: Kampirning ma’yus ko’zlari yana jiqqa yoshga to’ldi. Bo’lg’usi kelini Latofat esa, uning tamom aksi, tirnoqlariga xina qo’yilgan oppoq nozik qo’llarini tizzasidagi guldastaga xorg’in tashlab, katta-katta ma’yus ko’zlarini boqqa tikib, o’yga tolgan, o’ylari ham ko’zlariday g’amgin, go’yo u bu yerga bo’lg’usi hayot yo’ldoshining quvonchiga sherik bo’lish uchun emas, o’zi istamagan bir marosimga majbur bo’lib, birovlar qistovi bilan kelgan. (168-b.)
3. G’azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar. Bunday leksik-semantik guruh qatoriga g’azabnok, kinli, darg’azab, g’azabli kabilar kiradi. Ular orqali insonning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, predmetlar, odamlar xatti-harakatidan noroziligi tufayli yuzaga kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi:
Ba’zan yog’ayotgan o’qlar bamisol
Dudoqlardan kinli so’zlar uchgan on... (M. A.)
Darg’azab: Soqijon Obidov qandaydir darg’azab bir alfozda polni gursillatib, eshiklarni sharaq-shuruq ochib kirib keldi. (283-b.) Soqijon Obidov shunday o’ksib gapirdiki, ota boya qanday darg’azab bo’lgan bo’lsa, endi shunday dovdirab, bir zum gap topolmay qoldi. (243-b.) Buni ko’rib darg’azab bo’lgan Normurod: -Bas!-dedi. (237-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |