O‘zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nоmidagi nukus davlat pеdagоgika instituti filologiya fakulteti
Download 86 Kb.
|
чегараланган лексика
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ХALQ TA’LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NОMIDAGI NUKUS DAVLAT PЕDAGОGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI O’ZBЕK TILSHUNОSLIGI KAFЕDRASI HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI fanidan O‘ZBЕK TIL LЕKSIKASINING CHЕGARALANGAN QATLAMI mavzusidagi Bajardi: Qurbaniyozova F. Ilmiy rahbar: Xudayarova M. Nukus -2013 RЕJA: Kirish Dialektizmlar haqida ma’lumot. 1. Dialektizmning turlari: a) lug‘aviy dialektizm; b) grammatik dialektizm; v) fonetik dialektizm. 2. Leksik dialektizmning turlari: a) dialektizm leksema; b) dialektizm semema 3. Frazeologik dialektizmlar. 4. Dialektizmlarning uslubiy xususiyatlari. 5. Atamalar. 6. Kasb-hunar leksikasi. 7. Jargonlar va argolar. 8. Vulgarizm va varvarizmlar. 9. Umumiy xulosalar. Leksemalar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi: ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar, o‘zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o‘zbek tilida gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘ladi. O‘z-o‘zidan, bunday leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo‘ladi. Leksemalarning ishlatilish doirasi jihatidan chegaralanishi turlicha. Shunga ko‘ra chegaralangan qatlam o‘z navbatida ikkiga guruhlanadi: ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan leksemalar va ishlatilishi kasb-korga ko‘ra chegaralangan leksemalar. Ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til hodisalari dialektizm deyi-ladi (yunoncha dialеktos - tilning mahalliy ko‘rinishi). Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko‘ri-nishlari bo‘lgan dialektlarga xos hodisa; shunga ko‘ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko‘pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek adabiy tilga ham xos bo‘lmaydi. Dialektizm asosan uch turli: 1. Lug‘aviy dialektizm – lug‘aviy birliklardagi turi (Misollari quyiroq-da). 2. Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba'zi dialektlarda o‘rin ma'nosi uchun -ga, aksincha, jo‘nalish ma'nosi uchun -da ishlatilishi kabi). 3. Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o‘zgarishiga bog‘liq turi (masalan, unlilarning ba'zi dialektlarda cho‘ziqroq va yumshoqroq talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o‘rniga boshqa tovushning kelishi va b.). Adabiy tilning lug‘atiga birinchi galda barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tanlab olinadi. Bu umumiy qatlam ayrim dialektlarga xos leksemalar hisobiga boyitib boriladi. Aslida adabiy til lug‘atining bir qismi avval dialektlarniki bo‘lib, adabiy tilga xos deb qaralishi bunday leksemaning umumlashib ketishiga sabab bo‘lgan. Dialektizm umumtil lug‘at boyligining nisbatan oz miqdorini tashkil etadi. Shu oz miqdordagi leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi. Dialektizmlarning umumtil boyligiga aylanishi ma'lum shart-sharoitga bog‘liq. Masalan, shu dialektizm anglatgan ma'no uchun adabiy tilda boshqa nom bo‘lmasligi kerak; agar adabiy tilda shunday ma'noni anglatuvchi leksema bo‘lsa, yangi qabul qilinayotgan leksema leksik ma'no qirrasida, baho semasida, nutq ko‘rinishlariga xoslanish belgisida va boshqa jihatlarida ayrimlikka ega bo‘lishi lozim. Biror dialektizmning adabiy tilga ko‘chishini boshqa bir hodisadan – dialektizmning badiiy asarda ishlatilishidan farqlash kerak. Badiiy asarda ishlatilgan har bir leksema adabiy tilga qabul qilingan deb qaralmaydi. Badiiy asar voqelikni qanday bo‘lsa – shunday aks ettirishi sababli unda til hodisalari ham o‘z tabiiy holatida namoyon bo‘ladi. Agar dialektizm biror muallif asarida-gina uchrab qolmay, barcha ishlatadigan lug‘aviy birlikka aylansa, umumlashib ketsa, shunda bunday birlik adabiy tilga kirib boradi. Aks holda, badiiy asarda ishlatilganidan qat'i nazar, dialektizmligicha qolaveradi. Masalan, Abdulla Qahhor o‘z povestini ("Sinchalak") dialektizm bilan atadi, bu leksemani povest matnida ham ishlatdi. Lekin shu bilan sinchalak- leksemasi adabiy til lug‘atiga o‘tdi deb bo‘lmaydi, albatta (Adabiy tilda shu ma'no chittak- leksemasi bilan anglatiladi). Demak, yozuvchi dialektizmni badiiy asar matniga kiritadi, bunday leksemaning adabiy til lug‘aviy birligiga aylanishi esa til amaliyotiga bog‘liq. Тilning biror mahalliy ko‘rinishida ishlatiladigan barcha leksemalar shu dialektniki deb qaraladi, lekin dialektizm deb shulardan bir qismi-gina ajratiladi. Bunda adabiy til bilan dialekt uchun mushtarak leksemalar hisobdan chiqariladi. Dialektdagi leksema adabiy tildagi leksemadan ko‘pincha tovush jihati bilan farqlanib turadi: ayni bir leksema adabiy tilda va turli dialektlarda har xil talaffuz qilanadi. Masalan, kangul- – ko‘ngul- - ko‘ngil-, oka- - aka-, jur- - yur-, gal- - kel-, bala- - bola, turpoq- - tuproq- kabi. Bular – tilning mahalliy ko‘rinishlariga xos bir necha leksema emas, balki umumtilda bor bir leksemaning turlicha talaffuzi; shunga ko‘ra bunday farqlanishlar leksik dialektizm deyilmaydi. 3- §. Dialektizm deb belgilanuvchi birlik adabiy tilda (shuningdek boshqa dialektlarda ham) umuman yo‘q bo‘lishi yoki o‘z leksik ma'nosida, leksik ma'nosining tarmoqlanishida, baho semasida va boshqa jihatlarida farq-lanib turishi kerak. Leksik dialektizm ikki turli bo‘ladi: a) dialektizm-leksema, b) dialektizm-semema. Faqat shu dialektda-gina ishlatilsa-yu, adabiy tilda yo‘q bo‘lsa, dialektizm-leksema deyiladi. Bunday leksema lug‘aviy birlik sifatida adabiy til uchun bus-butun yangi, noma'lum bo‘ladi. Masalan, xamak-, sapcha-, balacha-, tugunak- (tuynak-) leksemalaridan har biri boshqa-boshqa dialektniki, bulardan birortasi ham adabiy tilga qabul qilinmagan. Hozirgacha har bir territoriyada shu predmet o‘z leksemasi bilan anglatiladi. Xuddi shuningdek holat narvon-, shoti-, zangi- leksemalariga ham xos. Lekin bu misoldagi birinchi leksema, har holda, adabiy tilga olingan deb qaraladi (Markaz joylashgan dialektning leksemasi ekanligi bilan izohlansa kerak). Demak, dialektlardan biriniki bo‘lgan leksema adabiy tilga xos leksemaga aylanadi, qolganlari dealektizmligicha turadi. Dialektga xos leksema adabiy tilga ba'zan yakka o‘zi emas, balki turg‘un birikma tarkibida kirib kelishi mumkin. Masalan, shiypon- leksemasi adabiy tilga dala shiyponi- turg‘un birikmasi tarkibida o‘tdi. Ba'zi hollarda biror dialektdagi leksema boshqa dialektdagi leksema bilan yoki adabiy tildagi leksema bilan ifoda jihatiga ko‘ra bir xil bo‘ladi-yu, mazmun jihatiga ko‘ra farqlanib turadi. Buni dialektizm-semema deyiladi. Masalan, pashsha- - chivin-, chivin- - pashsha-, lagan- - tovoq-, tovoq- - lagan- leksemalarida bo‘lgani kabi. Bu yerda ayni bir leksik ma'no har xil dialektda boshqa-boshqa leksemaning lug‘aviy mundarijasini tashkil qiladi: ruscha muxa bir dialektda pashsha- deyilsa, boshqa bir dialektda chivin- deyi-ladi; aksincha, ruscha komar avvalgi dialektda chivin- deyilsa, keyingi dialektda pashsha- deyiladi va b. Bu yerda leksemalar go‘yo o‘rin almashib qolgandek bo‘ladi. Dialektlarga ko‘ra ba'zan leksemalarning ma'no hajmida ham farq mavjud bo‘ladi. Buni dialektizm-sememaning bir ko‘rinishi deb baholash kerak. Masalan, ba'zi dialektlarda meva turlaridan birining ho‘li ham, qurug‘i ham o‘rik- deb nomlanaveradi, boshqa bir dialektda esa o‘rik- deb faqat ho‘l mevaga aytiladi, qurug‘i esa turshak- deyiladi. Demak, o‘rik- leksemasining ma'no hajmi bir dialektda keng, boshqa dialektda esa tor bo‘lib chiqadi. 4- §. Ishlatilish doirasi kasb-korga ko‘ra chegaralangan lug‘aviy birliklar professionalizm deyiladi (lot. professio - kasb-kor, mutaxassislik). Dialektizm ma'lum joyda yashovchilar uchun-gina tushunarli bo‘lsa, professionalizm ma'lum kasb-kor egalari doirasida ishlatilib, shularga tushunarli bo‘ladi. O‘z dialektining ta'siri bilan izohlanadigan ba'zi ayrimliklarni hisobga olmaganda, shu kasb egasi qaysi territoriyada yashashidan qat'i nazar, professionalizm ular uchun odatda umumiy bo‘ladi. Professionalizmlarning asosiy qismini har bir kasb-korda shu sohaning terminlari tashkil qiladi. Masalan, ipakchilik terminlari kabi. Professionalizm turli fan-texnika, maktab-ma'orif sohalarida, ma'muriy-xo‘jalik ishlarida va boshqa sohalarda ham mavjud. Dialektizmda bo‘lganidek, professionalizmlik ham nisbiy tushuncha. Bunday birlik o‘z sohasidan chiqib, ishlatish doirasidagi chegaralanish yo‘qolib, umumtil mulkiga aylansa, professionalizmlik muhrini yo‘qotadi. Ko‘pgina ma'muriy-xo‘jalik, fan-texnika, maktab-ma'orif, qishloq xo‘jaligi terminlari keng ommalashib, umumlashib, umumtil birligiga aylanib ketgan: shartnoma-, qonun-, kredit-, kultivatsiya- va b. Yakka leksemalardan tashqari, madaniy-oqartuv muassasalari-, mehnat daftarchasi- kabi ko‘pgina turg‘un birikmalar ham mavjud. Bunday professionalizm ayniqsa matematika, fizika, kibernetika kabi fan sohalarida ko‘p uchraydi. 5- §. Ishlatilish doirasi chegaralangan qatlamlar sifatida jargonizm, argotizm kabi hodisalar ham tilga olinadi. Biror kasb-kor egalari nutqida yoki ijtimoiy tabaqa vakillari nutqida ishlatilib, umumtildagidan o‘zgacha leksik ma'no anglatuvchi lug‘aviy birlik jargonizm deyiladi (fr. jargon - lahja). Jargon asli bir qancha leksemalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, bular shu tildagi leksemalarning o‘zi bo‘ladi yoki boshqa tildan olib ishlatiladi. Jargonda bunday leksema umumtildagi leksik ma'nosida emas, o‘zgacha ma'noda ishlatiladi. Masalan, Ishlar besh, Akang gapni qiyadi kabi jumlalardagi besh-, qiy- leksemalari shu ishlatilishida jargonizm bo‘ladi. Argotizm ham asli jargonizmning bir ko‘rinishi bo‘lib, tarbiyasi buzuq, qo‘li egri shaxslar orasida shu guruhning o‘ziga-gina tushunarli ma'noda ishlatiladigan leksemalar yig‘indisidan iborat (fr. argot - lahja) Masalan, loy- (pul ma'nosida), bedana- (nagan ma'nosida), xit- (xavf ma'nosida) kabi. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy shayotdagi izgarishlar tilning barcha soshalarida u yoki bu darajada izgarishlar bilishiga olib keladi. Bunday izgarish tilning leksik satshida ancha sezilarli kechadi. Qo’llanilish doirasi chegaralangan leksikani uchga bilib irganish mumkin: 1. Dialektal leksika. 2. Terminologik leksika. 3. Argo va jargonlar. Dialektal leksika. Ma’lum bir shududda yashovchi kishilar tiliga xos leksemalar dialektal leksika deyiladi. Ular ilmiy terminologiyada dialektizmlar sham deb yuritiladi. Misollar: kalapush (Buxoro)-dippi, \iz (Xorazm)-yon\o=, tishi= (Far\ona)-tushun, poku (Samar=and)-ustara. Badiiy adabiyotda va kinofilmlarda mashalliy koloritni aks ettirish, asar =ashramonlari nut=ini real berish ma=sadida dialektizmlardan foydalaniladi. (Lekin bu bilan dialektal leksema adabiy tilda irnashdi degani emas, albatta. Badiiy adabiyot va kinofilmlarda shevaga xos unsurlarni ishlatishda =uyush=ondan chi=ib ketish yaxshi emas. Ularni =illash me’yor doirasida bilmo\i lozim). Ayrim leksemalar adabiy tilda bosh=a, shevada bosh=a ma’noda ishlatiladi. Masalan, [pashsha] leksemasi sememasi lu\atda «yozgi =ish parda =anotli shashorat» deb berilgan. Biro= ayrim shevalarda u [chivin] leksemasi irnida ishlatiladi. «Ikki =anotli, uzun miylovli =on siruvchi mayda shashorat» sememasiga ega bilgan [chivin] leksemasi esa [pashsha] leksemasi irnida ishlatiladi. Masalan: Ajal yetmay ilmas Boysunning xoni, Besabab chi=maydi chivinning joni [«Alpomish»] gapidagi [chivin] leksemasi kunduzi uchadigan =in\ir-=ora tusli mayda shashoratni ifodalasa, atrofda \uv-\uv pashsha: oyo=larga yetishadi, burun kataklariga su=iladi, =ulo=ni uzadi (Oybek) gapidan [pashsha] leksemasi mazkur shashoratning atamasidir. Yoki irkit leksemasi abadiy tilda «kir, iflos» degan ma’no bilan =illansa, ayrim shevalarda «ayron xalta», bosh=asida esa «beixshov, =ipol kirinishli» ma’nosiga ega. Demak, ba’zan leksemalar umumiste’mol birlik bilsa, uning ayrim ma’nosi shevaga xos shisoblanadi. Dialektal leksemani sham uning adabiy tildagi mu=obiliga sinonim sanamaslik lozim. Chunki ular sham adabiy tilda sizlashuvchi barcha kishilar uchun ijtimoiy =iymat kasb etmagan. Terminalogik leksika. Terminologik leksikani ikkiga ajratish mumkin. 1) adabiy tilga mansub terminologik leksika: 2) dialektal terminologik leksika Terminlar fan, texnika, adabiyot, san’at va bosh³a soµalarga oid ixtisoslashgan, ³´llanishi muayyan soµa bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); t´rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda), ³ofiya, turo³, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi. Atama (termin, istiloh) – fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san'at va madaniyat sohasiga xos so‘z. Atamaning qo‘llanishi chegaralanganligi boshqa soha kishisi uchun tushunarsiz degani emas. Mas., to‘g‘ri chiziq, gap, so‘z turkumi, tezlik atamasi ko‘pchilik uchun tushunarli, lekin kam qo‘llanadi. Atama ko‘pincha umumiste'mol so‘zidan ma'lum bir ma'noning maxsuslashuvi asosida hosil bo‘ladi. Mas., fojia, ega, ot, termik, qo‘shish, ayirish so‘zi umumiste'mol so‘z. Lekin ular fanga atama bo‘lib o‘tgan. Atamaning ikki xili farqlanadi: a) Ilmiy atama, b) kasb-hunarga oid atama. Ilmiy atama ma'lum bir fan-texnika, san'at, madaniyatga tegishli bo‘lsa, kasb-hunarga oid atama esa turli kasb-hunar egasi nutqida qo‘llanuvchi so‘z. Kasb-hunar atamasi shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Mas., Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan so‘z Qarshi shevasida bo‘lmasligi mumkin. Kasb-hunarga oid so‘z, birinchidan, ma'lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada so‘zlashuvchi ayrim kishi nutqiga xos. Terminlarning ifoda plani s´zga (µujayra, t´³ima) yoki turІun birikmaga (´³ ildiz, popuk ildiz) teng b´ladi. ¥ar ikki k´rinishda µam termin leksema deb µisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga olinadi.1 Terminlarning mazmun planida muayyan soµa tushunchalari ifodalangan b´ladi: Masalan, bosho³ terminining mazmun planida «poya uchida ´sadigan t´pgul yoki t´pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan. Shaklan s´zga teng termin aslida leksemaning ´zidir, chunki u k´pincha til sistemasida mavjud b´lgan yoki shu tilning s´z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga keladi, natijada terminning ifoda plani µam, mazmun plani µam leksema bazasiga tayanadi. £iyos ³iling: tish (leksema: «odamning tishi», «µayvonlar tishi»)-tish (termin: «odamning tishi», «µayvonlar tishi»). Bunda leksemaning mazmun plani (leksik ma’nosi) terminning mazmun planiga (tushunchaga) tengdir. Demak, terminlarda k´pincha leksik ma’no bilan tushuncha ´zaro teng b´ladi. Ba’zi soµalarda leksema ´zining k´chma ma’nosida terminlashib ³olishi µam mumkin, ammo bu µodisa juda kam uchraydi. £iyos ³iling: gul-botanikada: «´simlikning urchish (k´payish) organi»; gul-amaliy san’at: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki ´yib tushirilgan bezak, na³sh». Bu misollarda gul leksemasi ´zining bosh ma’nosida botanikada, k´chma ma’noda esa amaliy san’atda terminlashgan. Ammo bir soµaning ´zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (k´p ma’noli termin b´lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof b´ladi. Masalan, uruІ leksemasi uzo³ yillar botanikada ikki tushunchaning nomi b´lib keldi: 1) «´simlikning uruІi» (ruscha: semya); 2) «turdan katta oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: rod). Bunday polisemiya keyingi yillarda taksonomik kategoriya ma’nosidagi uruІ terminining turkum termini bilan almashtirilishiga sabab b´ladi. Ba’zan termin ´ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib ³oladi. Xususan, radio, televizor, telefon s´zlari µam ma’lum soµa terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo µozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nut³ida ³´llanadigan, barchaga tushunarli b´lgan s´zlarga aylangan. Bu µodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi. Fan-texnika, qishloq xijaligi, san’at va madaniyat soxalariga xos leksik birliklar va siz birikmalari termin deyiladi. Maxsus leksika deganda ma’lum bir soxaga tegishli lu\aviy birliklar va ularga tenglashgan birikmalar tushuniladi. Bunday maxsus leksika terminologiya sham deb yuritiladi: lingvistik terminologiya, fizik terminologiya. Terminlarning chegaralangan =illanishga egaligi ularning bosh=a sosha vakillari uchun tushunarsiz bilishi degani emas. Masalan, ti\ri chizi=, gap, siz turkumi, tezlik atamalari kipchilik uchun tushunarli. Ammo ular bosh=alar nut=ida kam iste’mollidir. Terminlar kipincha umumiste’mol leksikadan ma’lum bir ma’nolarining maxsuslashuvi asosida shosil biladi. Masalan, fojia, ega, ot, termik, =inish, ayirish leksemalari umum- iste’mol birliklardir. Ammo ilmiy terminologiyada sham shunday leksemalar mavjud. Xish, kip sememali leksemaning ma’lum bir ma’nosida =illanishi deyish kerakmi yoki aloshidami? Agar atamalar aloshida leksemalar deb =araladigan bilsa, ular umumiste’moldagi leksemalar bilan omonimik munosabatdami? Ma’lumki, kipgina omonim leksemalar aslida kip ma’noli leksemalar ma’nolaridan birining bosh=alaridan uzilishi natijasida shosil biladi. Masalan, yoz (fasl), yoz (tasvirlamo=) va yoz (yoymo=) leksemalari aslida bir polisemantik leksemaning turli ma’nolari asosida shosil bilgan omonimik birliklardir. Ularning etimologik ildizlari bittadir. Bunga +osh\ariy lu\atidan olingan «Yoy =ish bila =arishti» misrasini keltirish asosida amin bilish mumkin. Xat yozmo= birikuvidagi yozmo= fe’lining asl etimologik ma’nosi «fikrni =o\ozga yoymo=»dir. Shunday ekan, terminlarni sham asl zotidan uzilgan musta=il leksemalar sifatida =arash lozim. Bunga terminlarga =uyiladigan bir ma’nolilik talabi sham asos biladi. Demak, termin va umumiste’mol leksema bir narsaning ikki =irrasi, bir leksemaning ikki ma’noda =illanilishi emas. Kasb -shunar terminlari turli kasb-shunar egalari nut=ida =illanuvchi leksemalardir. Kasb-shunar atamalari shu xunar egasi =aysi sheva vakili bilsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, Shashrisabz shevasiga mansub xunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bilmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-shunar leksemalari ikki shissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu leksika, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bilsa, ikkinchidan, shu shevada sizlashuvchi ayrim kishilar nut=iga xosdir. Ilmiy terminlar kip shollarda tarjimasiz bilganligi tufayli dunyo oromining bir butunlik sifatida ushlab turadi. Masalan, fonetika, morfologiya, sintaksis kabi terminlar dunyo tilshunosligi uchun mushtarakdir. Turli soha terminlari ixshash bilishi mumkin. Masalan, morfologiya atamasi tilshunoslikda sham, zoologiyada sham ishlatiladi. Ammo ularni omonim leksemalar sifatida =arash ma=sadga muvofi=. Terminlar ma’lum bir tilga xos yoki baynalmilal bilishi mumkin. Masalan, tilshunosligimizdagi gap kengaytiruvchisi, gap markazi atamalari fa=at izbek tiliga xosdir, atom, vodorod, natriy, leksema, semema atamalari baynalmilaldir. Baynalmilal atamalarni tarjima =ilishga, ularga mu=obil variant =idirishga urinish yaramaydi. Jargon sham =illanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi. (frans. jargon) Kasbi, jamiyatdagi irni, =izi=ishlari, yoshiga kira alohida sotsial guruhni tashkil etgan kishilarning, asosan, o\zaki nut=ida ishlatiladigan va ma’nosini bosh=alar kip hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Masalan, programmistlar jargoni, talabalar jargoni, aslzodalar jargoni, i\rilar jargoni, artistlar jargoni va sh. Jargon umumxal= tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi shamda yasovchi vositalarining iziga xos tarzda =illanishi bilan far=lanadi: 1) otarchilar jargoni: yakan (pul),shasut (non); 2) i\rilar jargoni: xurmo (buxoro tillo tangasi); 3) mashbuslar jargoni: maymun (oyna), timsosh (=aychi), o= kaptar (geroin), yashil (militsioner); 4) talabalar jargoni: yopmo= (sessiyani tugatmo=), vozdux (stipendiya), yaxlamo= (imtihondan =aytmo=), stukach (cha=imchi); 5) yoshlar jargoni: \isht (xunuk), sindirmo= (lol =ilmo=), krutoy (ketvorgan), risovka (kiz-kiz =ilmo=), uxlatib ketmo= (aldamo=). Jargonlarning tarkibi bosh=a tillarda olingan izlashma birliklar bilan boyib boradi. Jargonga xos leksemalar tez-tez yangilari bilan almashib turadi. Jargonlar ochi= va yopi= turga bilinadi. Agar sotsial gurush iz xatti-sharakati, =arashlari va ma=sadini yashirish uchun jargon ishlatsa, bunday jargonlar yopi= jargon deyiladi. Bunga i\rilar, mashbuslar va bezorilarning jargonlari misol biladi. Ayrim soha vakillari va sosha gurushlari nut=iy tejamkorlik uchun, ba’zan izlarini ajratib kirsatish uchun jargon =illaydilar. Adabiy tilga jargonlar badiiy adabiyot or=ali kirib boradi. Jargonlarning kelib chi=ishi, =illanilishi, turlari kabi masalalar sotsiolingvistikaning irganish manbaidir. «Nut= madaniyati» fani adabiy tilga jargonlarning kirib kelishiga yil =iymaslik uchun kurash olib boradi. Argo (fransuz. argot) ayrim professional yoki sotsial gurushning iziga xos tilidir. Argo bir necha til unsurlaridan iborat =orishi= va kip hollarda, bosh=alarga tushunarsiz nut= turida namoyon biladi. Argo tili iz grammatikasiga ega emas. Unda umumxal= tili grammatikasiga tayaniladi. Argo nut=da ikki ma=sadning biri uchun =illaniladi: 1)kommunikatsiya predmetini sir tutish; 2)izini bosh=alardan ajratib kirsatish. Misollar: 1.Bizga ziyofat malshuz emas. Ne’mati jannatni keltir (Shamza.) Malshuz emas - iylangan emas, ne’mati jannat - yor, mashbuba. 2.Tanzil deng, ta=sir.(Shamza.) Tanzil - foyda. 3.Tavajjush aylang. Shova==u’ =iling. Argolar sham jargonlar kabi sizlashuv nut=ida va badiiy adabiyotda sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi. Argo (fr. argot – «lahja») – ayrim professional yoki ijtimoiy guruhning o‘ziga xos so‘zdan iborat nutqi. Mas., yopmoq so‘zining talabalar nutqida “sessiyani tugatmoq”, flesh so‘zining fleshka tarzida, vinchestr so‘zining vint tarzida ishlatilishi argotik nutqqa xos. Argo bir necha til unsuridan iborat qorishiq va, ko‘p holda, boshqaga tushunarsiz nutq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Argo tili o‘z grammatikasiga ega emas. Unda umumxalq tili grammatikasiga tayaniladi. Argo nutqda uch maqsaddan biri uchun qo‘llaniladi: 1) fikrni sir tutish; 2) so‘zlovchining o‘zini ajratib ko‘rsatishi; 3) qulaylik uchun. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling