O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Milliy g‘oya va milliy mafkura. G‘oya va mafkuralarning milliy shakllari borki, ular alohida xalqning hayotida va taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. SHuningdek bizning milliy g‘oyamizda O‘zbekiston xalqining mamlakatimiz rivojida belgilab olgan asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi mujassamlashgan.
Birinchidan, o‘zining kelajagini ko‘rmoqchi va qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bog‘liq; Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog‘i lozim. YA’ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo‘lishi o‘zi g‘ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. YA’ni, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi”196. Demak, o‘z milliy g‘oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga duchor bo‘lishi, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yishi muqarrar. Ikkinchidan, milliy g‘oya O‘zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, tafakkurini o‘zgartirmasdan turib, ko‘zlangan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo‘lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g‘oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o‘z-o‘zidan harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g‘oyaning ilg‘or va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g‘oyaning to‘g‘ri, hayotiy va ilg‘or ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va hayotiyligiga alohida e’tibor qaratish bilan birga milliy g‘oyaning o‘zi mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini ifodalashi kerak. Uchinchidan, milliy g‘oyaning zarurligi millatning o‘zligini to‘la anglash jarayoni bilan bog‘liq. Negaki, millat o‘zligini to‘la anglamas ekan, biron-bir buyuk o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Milliy o‘z-o‘zini anglash u yoki bu millatni o‘zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o‘zligini anglagan millatlarning ma’rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana shunday o‘ta murakkab vaziyatda milliy o‘zlikni anglashda milliy g‘oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiy-nazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu milliy g‘oyaning xalq hayotiga yaqin, unga bevosita daxldor ekanligini ta’kidlash lozimdir. Demak, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan dialektik bog‘lanishi uning yashash shartidir. To‘rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya’ni bugun bizning tarixiy o‘zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday xulosaga keladi: “Bu o‘tish davri o‘ziga xos, juda katta g‘ov va to‘siqlarga duch kelishi, qattiq kurashlar orqali kechishi barchamiz uchun ayon bo‘lmog‘i darkor. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrda yangi ufqlar sari boshlash, da’vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo‘lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo chuqur o‘ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin”197. Demak, milliy g‘oya mustaqillikni mustahkamlash g‘oyasining o‘zagi bo‘lgan - tanlagan taraqqiyot yo‘limizning to‘g‘ri adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi. Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rnini hech boshqa biron bir omil bosolmaydi. SHu nuqtai nazardan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarini ma’naviy jihatdan ta’minlash, bugungi kunda mamlakatimiz taqdiri uchun o‘ta dolzarb masaladir. Buning yorqin ifodasi Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasi (2004 yil 29 aprel)dagi “Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq” haqidagi nutqida hamda Oliy majlisning mamlakatimiz fuqarolariga murojaatnomasida bayon etdi. Xususan unda shunday deyilgan: “Bugun bashariyat o‘ziga xos va ziddiyatli bir davrda yashamoqda. Bir tomondan ilm-fan va texnika, yuksak texnologiyalar taraqqiy etib, insonparvarlik g‘oyalari, demokratik qadriyatlar, o‘zaro hamkorlik dunyo bo‘ylab qaror topib bormoqda. Ayni vaqtda er yuzining turli mintaqalarida qurolli mojarolar ro‘y berayotgan, xalqaro terrorizmning yangi-yangi xurujlari oqibatida ming-minglab odamlarning hayotdan ko‘z yumayotgani ham shu zamonning ochiq haqiqatidir”198. Xalqimiz asrlar davomida ozod va obodVatan, erkin va farovon hayot orzusidayashab keldi. Bu g‘oya xalqimizni erkinlikva yuksalish pallalarida ham, o‘z mustaqilligidan judo bo‘lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini ifodalaydi. Inson muayyan makonda tug‘iladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg‘usi shakllanmagan, kindik qoni to‘kilgan zaminga mehr tuyg‘usi jo‘sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo‘lmaydi. SHu bilan birga inson baxt-saodat uchun tug‘iladi. U ana shu baxt-saodatga o‘zi tug‘ilib-o‘sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o‘z baxt-saodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg‘un ko‘rishni anglatadi. “Ozod Vatan”, “Obod Vatan”, “Erkin va farovon hayot” tushunchalari shu jihatdan o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi. Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakatdir. Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir. Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir. Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy hurur va iftixor hamda vatanparvarlik tuyhularini kamol toptirishga zamin yaratdi. SHuningdek, mustaqilligimizning o‘ziga xos mafkurasiga aylangan milliy istiqlol g‘oyasi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to‘plagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. SHu ma’noda ushbu g‘oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish joiz. Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz - deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. Lekin turli qarash va fikrga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o‘ziga xos maqsadlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati - barchamiz uchun birdek muqaddas bo‘lishi shart. Milliy g‘oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniybag‘rikenglik g‘oyalari bilan o‘zaromushtarak. SHu nuqtainazardan aytishmumkinki, milliy g‘oya bu faqat birginamillatning emas,balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo‘lida baholi qudrat hissa qo‘shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi. Demak, milliy g‘oya-barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini o‘zida ifoda etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yaratish mustahkamlash va rivojlantirish uchun bo‘lgan umum maqsad yo‘nalishidagi harakatlar majmuini milliy va diniy bag‘rikenglikni uyg‘otuvchi fikrlar, qarashlarni, g‘oyalarni ham o‘zida ifoda etadi. Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: -milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o‘zlikni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; -millatni birlashtirishga qaratilganligi; -millat manfaatini ifodalashi; -milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning mustaxkamlanishi va rivojlanishiga asos bo‘lishi; -milliy g‘urur, iftixor va ma’suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin bo‘lishi; -ko‘p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo‘lishi; -milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o‘zlashtirish va keyingi avlodga etkazishning ma’naviy-ruhiy manbasi bo‘lishi; -yoshlarda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi; -millatimizning mustaqil sub’ekt sifatida maqomini aks ettirish; -millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviy-ruhiy salohiyat bo‘lish; -millatimizning o‘zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini o‘z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga xurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko‘rsatish, xamkorlikni mustaxkamlash va ular asosida yagona o‘zbekiston xalqi tuyg‘ularining shakllanishiga manba bo‘lishi; -millatimizning zamonaviy sivilizatsiyalariga munosib hissa qo‘shishiga ma’naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag‘ishlashi; -O‘zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustaxkamlashning nazariy asosi bo‘lish; -komil inson g‘oyasini o‘zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi. Milliy g‘oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongida namoyon bo‘lishidir. Zamon, davr va avlodlar o‘zgaradi, lekin milliy g‘oyaga zaruratning qolishi muqarrar. Milliy g‘oya yangilanib, boyib rivojlanib borishi tabiiy. Dunyodagi o‘zgarishlar milliy g‘oya oldida ham yangi-yangi vazifalarni, usul va vositalardan foydalanishni talab qiladi. Uni hisobga olish, “mafkura maydonida” ezgu va bunyodkor g‘oyalarning doimo ustuvorlik qilib qolishini, ma’rifiy taraqqiyotning istiqbolini belgilaydi. SHuning uchun ham O‘zbekiston xalqi milliy g‘oyaga alohida e’tibor berib, uni jamiyat mafkurasi sifatida o‘rganishi ana shu ezgu maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham o‘zining samarasini bermoqda. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling