O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumjamiyat ehtiyoji
- Ehtiyojlar ob’ektiga 76 ko‘ra
Individual ehtiyoj – bu har bir inson uchun bo‘lgan zaruratni ifodalaydi.
Guruh ehtiyoji - bu oila yoki bir to‘p kishilarning biror maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalarning) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, qolaversa, er kurrasi miqyosida insonlarning shakllangan tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruh ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarurdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, tinchlik, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ular ham farqlanadi. 2. Ehtiyojlar ob’ektiga76 ko‘ra: moddiy va ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar azaliy bo‘lib, ular inson bilan birga vujudga kelgan bo‘lib, eng zarur va hayot uchun kerakli ashyolardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Ular yashashning birlamchi shartidir. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo‘lmay, jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, sivilizatsiya paydo bo‘lishi bilan yuzaga keldi. Jamiyat rivojlangan sari bunday ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi. 3. Faoliyat doirasi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar jihatidan mehnat qilish, atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lish, dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritish kabilarni o‘z ichiga oladi. 4. Ular qay tarzda qondirilishi jihatidan qaralganda, yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlar ko‘zga tashlanadi. Har bir inson o‘z ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. 5. Ularni qondirishdan qanday maqsad ko‘zlanganiga qarab, shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo‘lish mumkin. Boshqacha aytganda, iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlardir. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. 1. Aholi soni, yoshi, jinsi. 2. Tabiiy-geografik sharoit. 3. Tarixiy milliy an’analar va odatlar. 4. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti. 5. Madaniy jihatdan erishilgan daraja. Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan ob’ektiv va sub’ektiv omillar mavjud. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlarning yuksalib borishi qonunida o‘z ifodasini topadi. Bu qonun ishlab chiqarish va mada-niyatning rivojlanishi bilan inson ehtiyojlarining yuksalib borishini, uning miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borishini ifodalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi asosini ikki: ehtiyojlarning cheksizligi va ularni qondirish uchun zarur tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli resurslarning cheklanganligi muammolari qamrab oladi. Er yuzida aholi bugunga kelib 6 milliard kishidan oshdi. Erdagi tabiiy boyliklar, ekin maydonlari, o‘rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suv va o‘simlik, hayvonot dunyosi miqdori cheklangan. Ular kamayib borayapti. Sarf etilgan er osti boyliklarini umuman qayta tiklab bo‘lmaydi. Ehtiyojlar doimo kengayib borishi, resurslarning esa cheklanganligi sababli zaruratni to‘la qondirish uchun kerakli miqdorda tovar ishlab chiqarishning imkoni yo‘q. SHuning uchun har bir kishidan tortib jamiyat miqyosigacha cheklanganlik muammosiga duch kelinadi. CHeklanganlik esa har qadamda bizni izlanishga, tanlashga majbur qiladi. SHunday qilib, resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning, aksincha, cheksizligi barcha muammolarning asosini tashkil qiladi va ularni qamrab oladi. SHuning uchun ham resurslar cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi iqtisodiyotning bosh muammosi hisoblanadi. Har qanday jamiyat, u o‘z rivojlanishining qaysi bosqichida bo‘lmasin, ishlab chiqarishsiz yashay olmaydi. SHu bilan birga, bir qancha masalalar ham borki, ularni ijtimoiy falsafa ham chetlab o‘tishi mumkin emas. Bu, birinchidan, jamiyatning o‘z-o‘zidan rivojlanadigan ijtimoiy tizim sifatidagi mohiyati va uning rivojlanish asoslari haqidagi masalalar, shu jumladan iqtisodiy muammo; ikkinchidan, jamiyat va uning iqtisodiy hayoti nisbatini aniqlash muammosi; uchinchidan, iqtisodiy ongning shakllanishi va uning jamiyat iqtisodiy hayotiga ta’siri masalalari. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun, eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling