O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Jamoatchilik nazorati – bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazoratdir.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biridir. Uning amalga oshirilishi xizmat qilayotgan har bir davlat xodimida ishga bo‘lgan mas’uliyat hissini oshiradi, uning qonun doirasidan chiqib ketmasligini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov jamoatchilik nazoratining ahamiyati haqida quyidagi fikrni bildiradi: “SHuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. SHuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q”297. Jamoatchilik nazorati adolat o‘rnatilishida, shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarida tenglikning ta’minlanishiga, ishga bo‘lgan mas’uliyatning oshishiga asos bo‘la oladi. Jamoatchilik nazoratining yo‘lga qo‘yilishi xalq hokimiyatchiligi mavjudligidan dalolat beradi. Jamoatchilik nazoratining mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat: – hokimiyat organlari faoliyatining doimiy monitoringini olib borish; – ijtimoiy muhim qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning ishtirok etishi; – hokimiyat organlari huzurida nazorat komissiyalarining tashkil etilishi va boshqalar298. Jamoatchilik nazorati orqali davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonun loyihalariga munosabat bildirish imkoniyati yaratiladi. Davlat tomonidan qo‘yilgan vazifalarning to‘liq bajarilishini nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda nodavlat notijorat tashkilotlari davlat va xalq o‘rtasida vositachilik vazifasini o‘taydi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazoratini olib borishdagi ahamiyati avvalo, jamiyat va shaxs manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustunligida, jamoatchilik nazoratining ijrosini ta’minlashda davlat organlarining betarafligida namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda fuqarolar birlashmalarining rivojlanishini shartli ravishda bir necha davrlarga bo‘lish mumkin. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling