O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
David Yum(171-1776)ning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ahloqiy qarashlari bilan borliq. Lekin uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ahloqiy qarashlari singari etarlicha ishlab chiqilmagan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, uning ijtimoiy falsafasi o‘zidan keyingi faylasuflarning karashlariga uncha katta ta’sir o‘tkazmagan. Yum bir tomondan, mulkchilikni farovonlik sifatda ko‘rish zarur, unga ega bo‘lish “adolat qonunlari” bilan mustahkamlanadi, deb uqtiradi. Lekin bu qonunlar kelib chiqishi nuqtai-nazaridan sun’iydir. Ikkinchi tomondan esa, bu qonunlar o‘ziga xos uslubda qandaydir ichki munosabatlardan iborat, ya’ni predmetning tashqi munosabatlarining ruhimizga va hatti-harakatimizga qandaydir ta’siri ostida bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Yum konsepsiyasiga turli yo‘nalishdagi an’analar xosdir.
Uning bu uslubiy ikkilanishlari siyosiy, iqtisodiy mavzudagi esselarida o‘z ifodasini topgan. Davlat tuzilishi, deydi Yum, xususiy mulkchilikni saqlab qolishga, kuchlarga kuch qo‘shilishida kishilarning hamfikrligini ta’minlashda yordam beradi. SHuni ham ta’kidlash lozimki, ijtimoiy holat, uning fikricha, u yoki bu davlat paydo bo‘lgunga kadar, ko‘p oilalarning birlashishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga kishilarning jamoa bo‘lib birlashishiga bo‘lgan hayrihoxlik hissiyotlari sabab bo‘lgan. Ko‘pgina Yevropalik ma’rifatparvarlardan farqli o‘larok YUm ijtimoiy bitim g‘oyasiga mutlak qarshi bo‘lgan. Davlatning tashkil topishi, deydi Yum, zo‘rlik yuli bilan hokimiyatni qo‘lga olish va bosib olish orqali amalga oshadi. Davlatning shakllanishida kishilarning erkin birlashishi emas, balki harbiy qudrat va zo‘ravonlik muhim rol o‘ynaydi. Lekin u qanday amalga oshishi mumkin ekanligini ko‘rsatib bergan emas. Dastlab kishilar asta-sekinlik bilan yangi hukumatning zulmiga ko‘nika boshlaydi va keyinchalik esa unga butunlay ko‘nikadi. U yoki bu davlatning qaror topishida birinchi navbatda jamiyat ichida ziddiyatlar emas, balki bu ichki ziddiyatlarni bartaraf etishda kishilar o‘zaro birlashadilar. Tashki ziddiyatlar boshqa jamiyatlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunday holatda deydi Yum, davlat zo‘rlik yo‘li bilan qaror topadi. Lekin shunga qaramay uning ozgina miqdorda bo‘lsa ham jamiyatda moddiy asosi bo‘lishi kerak U o‘zining konsepsiyasida siyosiy omilni iqtisodiy omildan ajratib qo‘yadi. Xalk, Yum fikricha, agar davlat siyosati chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, itoatkorlikka barham berishga haklidir. Lekin oddiy holatlarda xalkning itoatkorlikka bo‘ysunmasliklari oqibatda anarxiyani keltirib chiqarishi mumkin. Fransuz ma’rifatparvarlari va ba’zi bir demokratik kayfiyatda bo‘lgan ingliz mutafakkirlari va siyosatdonlariga qaraganda Yumning pozitsiyasi konservativ va an’anaviy xarakterda ekanligini ko‘rish mumkin. Shu bilan bir qatorda Yum davlat hokimiyatining kelib chiqishi to‘g‘risidagi ta’limotini teologik konsepsiyaga aloqasi yo‘q, deb tan olishi taxsinga sazovordir. YUm ta’kidlashicha, inson hayoti uchun diniy mutaassiblik va riyokorlik g‘ta havflidir. Bu hodisaning ildizi inson ruhiyatidadir, deydi, u. Turli xil diniy marosimlar va katolik diniga xos bo‘lgan sirlar inson tabiatini junbushga keltirishi va uning tasavvuriga salbiy ta’sir etishi mumkin. “Din — deydi Yum, ko‘pgina qonli tarixiy vokealarning asosiy sababidir”. Xudojo‘ylar va diniy kayfiyatda bo‘lgan faylasuflar Yum timsolida havfli, hurfikrli va g‘ayriklerikal, din asosini qo‘poruvchi kishini ko‘rdilar. Uning mustaqil shaxsiy yurish-turishi, turmush tarzi ham shundan dalolat berardi. Uning dunyoqarashida kelishuvchanlik etakchi rol o‘ynaydi. Garchand, ingliz deistlarining ko‘pgina masalalarga bo‘lgan munosabatlariga salbiy pozitsiyada bo‘lsada, uning shaxsiy pozitsiyasi deizmga yaqin turgan. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling