Ig-dard“og’riq, kasallik” (O’TIL.I.211-bet) ma’nosini,o’nglur–davoesa
“bemorning shifo topishi uchun qo’llaniladigan vosita, dori-darmon, umuman shifobaxsh narsa”(O’TIL.I.203-bet) ma’nosini bildiradi.
Leksik antonimiya “Qutadg’u bilig”da samarali qo’llangan. Bu Boqijon To’xliyev tabdilida ham o’z aksini topgan:
Ko‘ngil nozikligi bu so‘zga nishon, U issiq-sovuqqa bog‘liq har qachon.
(“Qutadg‘u bilig” 74-bet. )
Mazkur baytdagi issiq- sovuq antonim juftligini hosil qilish bilan adib “hayotning og’ir –yengil, yaxshi yomon kunlari, ikir-chikir tashvishlari,har xil sharoitlari” (O’.T.I.L I tom 337-bet) semasini anglatmoqda va baytdagi ta’sirchanlikni oshirmoqda. Bu esa kitobxonni o‘ylashga, kengroq mushohada qilishga undaydi.
Bunday antonim juftliklar ijodkor tilida juda ko’plab uchraydi:
Tug’ilgan odamdan qoladigan meros-so’z. Uning o’zi o’lib ketadi, so’zi
(“Qutadg‘u bilig” 15-bet)
O’lib ketadi so’zining“hayoti tugamoq, yashashdan to’xtamoq,qazo qilmoq” (O’TIL. I tom. 504-bet) ma’nosi bilan mangu qoladi leksemasining “abadiy,umrbod yashamoq” (O’TIL. II tom. 594-bet) ma’nosi bir gapda qo’llanilib, o’zaro antonimlik munosabatini hosil qilmoqda. Mazkur so’zlar badiiy uslubga xos leksemalar bo’lganligi sababli matnga o’zgacha estetik ma’no kiritishga xizmat qilmoqda. Bunda o’lib ketmoq leksemasida salbiy bo’yoqdorlik ottenkasi bo’lsa, bu leksemadan farqli o’laroq mangu qolmoq leksemasida ijobiy ekspressivlik ottenkasi kuchliroq. Shu boisdan ham kichik gap aniq va kuchli ma’no kasb etgan.
Dono maqtov olar,nodon-chi so’kish, O’zing o’yla, senga ma’qul, qaysi ish?! (“Qutadg‘u bilig” 15-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |