O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari polkovnik A. A. Boboxonov


Download 36.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2017
Hajmi36.88 Kb.
#19058

«TASDIQLAYMAN» 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Ichki 

ishlar 

vazirining 

o’rinbosari 

polkovnik 

 

                              A.A. Boboxonov  

 

2017 yil «____» __________  

 

 

Davlat xizmati reglamenti  

 

«Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo’linmalari tomonidan yuridik 

shaxslarga pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini taqdim etish tartibi 

to’g’risida» 

 

 

1. Xizmatni yoritish (pasport) 



1.1. Xizmat nomlanishi

 

 

 



Ichki  ishlar  organlarining  ekspert-kriminalistika  bo’linmalari  tomonidan  yuridik  shaxslarga 

pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini taqdim etish 

 

1.2. Xizmat natijasi



 

 

 



Buyurtmachi oladi

 

 

O’tkazilgan  pullik  xizmat  (ish)  natijalari  muhrlangan  va  (har  bir  betida)  buyurtmani  bajargan  ixtisoslashgan 

mutaxassisini imzosi va pullik xizmat o’tkazilgan EKBning boshlig’i yoki o’rinbosarini imzosi bo’lgan ma’lumotnoma, 

ilmiy-tadqiqotlar hujjati (taqrizlash), ekspert xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi.

 

 



1.3. Xizmat ko’rsatish organlari 

 

     Xizmatni  bajaruvchilari  bo’lib  faqat  ichki  ishlar  organlarining  ekspert-kriminalistika 



bo’linmalarini malakali va vakolatga ega xodimlari hisoblanadi.   

 

1.4. Huquqiy asos 



 

    O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  10  apreldagi  PF-5005-sonli  «Ichki  ishlar 

organlarining  faoliyati  samaradorligini  tubdan  oshirish,  jamoat  tartibini,  fuqarolar  huquqlari, 

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini 

kuchaytirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  Farmoni,    O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2017  yil  18  apreldagi  PQ-2898-sonli  «Ichki  ishlar  organlarining  jinoyatlarni  tergov  qilish 

sohasidagi  faoliyatini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  qarori,  Ichki  ishlar 

vazirining  «Ichki  ishlar  organlarining  ekspert-kriminalistika  bo’linmalari  tomonidan  yuridik 

shaxslarga  pullik  asosda  ekspertlik,  ilmiy-tadqiqot  va  axborot  xizmatlarini  taqdim  etish  tartibi 

to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 3 iyuldagi 125-sonli buyrug’i. 

 

1.5. Xizmatni oluvchi 



 

 

Faqat yuridik shaxslar. 



 

1.6. So’rovni berish muddati  

 

 

Yuridik shaxsni xohishi bo’yicha yozma murojaat beriladi. 



 

 

 



1.7. Ijro muddati 

 

 



Bajarish muddati shartnomaga muvofiq aniqlanadi. 

 

1.8. Xizmatni bajarishga kirishish muddati 



 

     Ikki tomonlama shartnoma imzolanganidan keyin bajaruvchi xizmatni bajarishga kirishadi.  

 

2. Xizmat oluvchilarga ma’lumot berish 



2.1. Ma’lumot hajmi va tarkibi 

 

 



Har qanday manfaatdor shaxsga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish kafolatlanadi: 

- kerakli hujjatlarni ro’yxati; 

- ko’rsatilgan xizmat uchun to’lov shartlari; 

- pullik xizmatni bajarish mumkinligi to’g’risida ma’lumot;  

- xizmat ko’rsatishga shartnomani tuzish va bekor qilish sharti. 

 

2.2. Batafsil ma’lumot berish 



 

 

Murojaat qilgan yuridik shaxslarga ma’lumot taqdim etiladi: 



 

O’zbekiston  Respublikasi  IIV,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  IIV,  Toshkent  shahar  IIBB, 

viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo’linmalarida

 

 



O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi veb-saytida (www.mvd.uz). 

 

2.3. So’rov bo’yicha ma’lumot 



 

 

Shaxsan  murojaat  qilinganida:  9-00  dan  18-00  gacha  ichki  ishlar  organlarining  ekspert-



kriminalistika bo’linmalari tomonidan yuridik shaxslarga pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va 

axborot  xizmatlarini  ko’rsatish  masalalari  bo’yicha  og’zaki  konsultatsiya  berish  (ariza,  xizmat 

qiymatlari, kerakli hujjatlar ro’yxati, shartnoma). 

 

2.4. Xizmat ko’rsatish joyi haqida ma’lumot berish 



 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  IIV,  Toshkent  shahar  IIBB,  viloyat  IIB  Ekspert-kriminalistika 



bo’linmalari

  

 

2.5. Foydalaniladigan hujjat blanklari (shakllari) 



 

 

Tomonlar  o’rtasida  ish  qiymatining  bahosini  hisoblab  chiqish,  texnik  topshiriq,  ishning  reja-



jadvali va boshqa kerakli ilovalar qo’shimcha ravishda qo’shiladigan shartnoma tuziladi.

 

 

3. Xizmat ko’rsatish 

3.1. Ish vaqti 

 

 

Ish vaqti 9.00 dan 18.00 gacha Tushlik 13.00 dan 14.00 gacha 



Pullik  xizmatlar  ekspert-kriminalistika  bo’linmalarini  ichki  ishlar  organlari  uchun  ekspertiza  va 

tadqiqotlarni bajarishi bo’yicha asosiy faoliyatiga ta’sir qilmaydigan holda amalga oshiriladi. Pullik 

xizmatni bajarish uchun ixtisoslashgan mutaxassisning 50% dan ko’p bo’lmagan ish vaqti ajratiladi.

 

 



 

3.2. Kutish shartlari 

 

 

Ikkitomonlama shartnomani imzolash uchun – ruxsatnomalar yozdiriladi.  



 

Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lishi shart.

 

 



4. Xizmat ko’rsatish tartibi 

4.1. Kerakli hujjatlar 

 


Buyurtmachi  Ekspert-kriminalistika  bo’linmasiga  1-ilovada  keltirilgan  ro’yxatga  muvofiq 

zaruriy xizmatlar ko’rsatilgan ixtiyoriy shakldagi yozma murojaatni taqdim qiladi. 

 

4.2. Xizmat uchun undiriladigan xalq 



 

    Ekspert-kriminalistika 

bo’linmasi 

bazasida 

pullik 

xizmatlar 



ko’rsatishga 

shartnoma 

imzolanganidan  keyin  buyurtmachi  tomonidan  bajaruvchi  hisob  raqamiga,  shartnomada 

ko’rsatilgan summa (pul) miqdorning 15% to’lovi oldindan amalga oshiriladi. Shartnomaga asosan 

buyurtma 

bajarilganidan 

so’ng, 

buyurtmachi 



bajaruvchi 

hisob 


raqamiga 

qolgan  


85% to’lovini amalga oshiradi.

 

 



4.3. Xizmat ko’rsatish bosqichlari 

 

Pullik xizmat ijrosi bilan aloqador materiallarni Ekspert-kriminalistika bo’linmasi boshlig’i yoki 



uning  o’rinbosari  qabul  qiladi  va  ko’rib  chiqadi.  Materiallar  buyurtmachining  qonuniy  vakili 

ishtirokida ko’rib chiqiladi. 

Materiallar  o’rganib  chiqilganidan  keyin  pullik  xizmatlarni  ijro  etish  imkoniyati  aniqlanadi  va 

buyurtmachi bilan o’ziga xos xususiyatlari kelishiladi. 

Pullik  xizmatni  qiymati  bo’yicha  kelishuv  buyurtmachi  va  Ekspert-kriminalistika  bo’linmasi 

boshlig’i yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanadigan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. 

Shartnomada  o’zaro  hamkorlik  tartibi,  xizmat  (ish)  qiymati,  to’lov  muddatlari,  xizmat  (ish) 

hajmi,  shakli,  muddatlari,  tomonlarning  javobgarligi,  bahsli  masalalarni  hal  qilish  masalalari 

yoritiladi. Shartnomada jalb etilgan ixtisoslashgan mutaxassislarni soni ko’rsatilishi shart. 

 

 



4.4. Rad etish asoslari 

 

Buyurtmachi  tomonidan  taqdim  qilingan  ishni  (xizmatni)  ijro  qilishning  imkoni  bo’lmaganida, 



Ekspert-kriminalistika  bo’linmasi  boshlig’i  yoki  uning  o’rinbosari  bu  haqda  buyurtmachiga  xabar 

qiladi.


 

 

5. Sifatni ta’minlanishi 



5.1. Sifatsiz xizmatdan shikoyat etish 

 

Xizmatdan  norozi  bo’lib  shikoyat  arizasi  berish  qonunchilikda  o’rnatilgan  tartibda  amalga 



oshiriladi.

 

 



O’zbekiston Respublikasi IIV EKBM  

boshlig’ining birinchi o’rinbosari 

podpolkovnik

                                       N.M. Galipshin 

 

 

Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika 

bo’linmalari tomonidan yuridik shaxslarga pullik 

asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va axborot 

xizmatlarini taqdim etish tartibi to’g’risidagi 

reglamentga 

    1-ILOVA 

 

 



O’zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bo’linmalari tomonidan 

ko’rsatiladigan pullik xizmatlar va ishlar ro’yxati 

 

1. Hujjatlarda, 

qimmatbaho 

qog’ozlarda, 

shaxsni 

tasdiqlovchi 

hujjatlarda 

qalbakilashtirish belgilarini aniqlash bilan bog’liq masalalar bo’yicha o’qitish. 

2. Shaxsni identifikatsiya qilishda videokuzatuv tizimi imkoniyatlarini aniqlash. 

3. Transport  vositalarining  dvigatel,  shassi,  kuzov  raqamlarini  ro’yxatga  qo’yishda  va 

qayta ro’yxatdan o’tkazishdagi tadqiqotlar. 

4. Hujjatlar,  qimmatbaho  qog’ozlar,  lotoreya  chiptalari,  shuningdek  boshqa  turdagi 

qatiy hisobot ostidagi bosma mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar. 

5. Qo’lyozmalar va imzolarni identifikatsiya qilish bo’yicha tadqiqot. 

6. Uzoq muddat mobaynida o’chib ketgan matnlarni qayta tiklash. 

7. Zargarlik buyumlari va vino-aroq mahsulotlari tarkibini aniqlash. 

8. Kompyuter  texnologiyasi  sohasida  xizmat  va  konsultatsiyalar  ko’rsatish,  xususan, 

raqamli  tashuvchilarda  o’chib  ketgan  ma’lumotlarni  qayta  tiklash  va  raqamli  ma’lumotlarni 

himoyalash bo’yicha konsultatsiya berish. 

O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  va  mazkur  Nizomga  zid 

bo’lmagan boshqa turdagi xizmatlar ham ko’rsatilishi mumkin. Mazkur ro’yxatga o’zgartirish 

va qo’shimchalar kiritilishi mumkin.  



 

 

Download 36.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling