O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Inson hayotida xayolning ahamiyati


Download 325.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana29.09.2023
Hajmi325.56 Kb.
#1689688
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

Inson hayotida xayolning ahamiyati. Xayol yoki fantaziya ta-
fakkur kabi yuksak bilish jarayonlari sirasiga kirib, kishining o‘ziga 
xos insoniy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatida namoyon bo‘ladi. 
Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib 
bo‘lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qi-
lish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. 
Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, musiqaviy va umuman 
ijodiy faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning 
oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, shuningdek 
muammoli vaziyat noaniqlik ko‘rsatgan hollarda xulq-atvor dasturini 
tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga, xayol aktiv faoliyatni 
dasturlashtiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar 
hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi. 
Xayolning psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi 
shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini 
tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
63


Xayol tafakkur bilan mustahkam bog‘langandir. Xayol ham ta-
fakkur singari kelajakni oldindan ko‘rish imkoniyatini beradi. Ta-
fakkur singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlar-
ni qondirishning real jarayonida oldin ehtiyojlarni qondirishning 
soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning 
qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish 
mumkin.
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Shuning bilan birga, 
xayol apparati faqat atrofdagi olamni o‘zgartirishga qaratilgan shaxs 
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalani-
ladi. Ayrim hollarda xayol faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralash-
masi sifatida amal qilishi mumkin. Mana shu hollarda odam o‘ziga hal 
qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan masalalardan, turmushning og‘ir 
sharoitlaridan, o‘z xatolarining ta’qibidan va shu kabilardan yashiri-
nish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastik olamga 
vaqtincha kirib ketadi. 
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga 
oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat 
dasturlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli passiv xayol deyiladi. 
Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin: 
jo‘rttaga yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin 
hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari 
shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli 
narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana 
shunday shirin xayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar 
o‘rtasidagi aloqa oson namoyon bo‘ladi.
Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish 
hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi 
nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot 
uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa, 
bunday holda u ko‘pincha o‘zining ehtiyojlari to‘liq qondiriladigan, 
istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila 
olmaydigan biron mansabni egallaydigan soxta hayotni xayol qiladi. 
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan 
turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, faol xayolni ijodiy va qayta tiklovchi 
xayol turlariga bo‘lish mumkin. O‘z asosida tasviriga muvofiq kela-
64


digan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb 
ataladi.
Ijodiy xayol, qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, original 
va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obraz-
larning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo‘lgan ijodiy 
xayol ehtiyojlarini qondirish yo‘lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan 
faol va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan 
boshqa ijodiyotning ajralmas jihati bo‘lib qoladi. 
Xayol katta miya yarim sharlari po‘stlog‘ining funksiyasi hi-
soblanadi. Shuning bilan birga, xayol tuzilishining murakkabligi va 
uning hissiyotlar bilan bog‘liqligi xayolning fiziologik mexanizmlari 
faqat miya po‘stlog‘i bilan emas, balki miyaning chuqurroq qismlari 
bilan bog‘liq deb taxmin qilishga asos beradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt 
fantaziya qo‘shilgan bo‘ladi. Biroq har doim ham odamning amaliy 
harakatlarida xayol jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko‘-
pincha xayol jarayonlari darhol amalga oshirishni istaydigan timsollar 
shakliga, ya’ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Odam 
kelgusida xohlaydigan ana shunday timsollar orzu deb ataladi.
Orzu, shuning bilan birga, batamom tugallanishi biror sababga 
ko‘ra kechiktirilgan faoliyatga undovchi sabab yoki motiv sifatida 
namoyon bo‘ladi. Mana shuning uchun ham inson qo‘li bilan qilingan 
har qanday narsa o‘zining tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtiril-
gan, amalga oshirilgan inson orzusidir. Odamning amaliy ishlab chi-
qarish faoliyatida fantaziyaning ahamiyati katta, lekin hamma vaqt 
ham sezilarli bo‘lavermaydi. 
Fantaziya eng ko‘p qo‘llaniladigan soha bo‘lmish san’at va ada-
biyotning ijodiy faoliyatida zaruriy element bo‘lib xizmat qiladi. 
Rassom yoki yozuvchining ijodiy faoliyatida qatnashadigan xayolning 
muhim xususiyati uning emotsionalligidir. 
65



Download 325.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling