42
qurilmalardan tashqari yuqori chastotali yoki impulsli generatorlarga ham
ega bo‘ladi. Ularning nurlanishi konfedensial ma’lumotlarga ega bo‘lgan
turli signallarga moslashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Xavfli «mikrofon effekt»i (zararli elektr signallarining paydo bo‘lishi)
ayrim telefon qurilmalarida, hatto telefon trubkasi qo‘yilgan
holda
bo‘lishiga qaramasdan ham paydo bo‘ladi. Elektromagnit nurlanishlar
tovush
chiqaruvchi
va
tovush
kuchaytiruvchi
qurilmalarning
radiochastotalarida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishida ham hosil bo‘lishi
mumkin.
YOEMNNning paydo bo‘lish manbasining
sharoiti va sababining
tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning paydo bo‘lishiga ma’lum toifadagi texnik
vositalarning ishlash sxemasini takomillashmaganligini,
elementlarning
ishlatilishi natijasida eskirganligini va shu kabilar asos bo‘ladi.
Texnik kanal bo‘yicha ma’lumotlar chiqib ketishidan himoyalashda,
odatda quyidagi amallarning bajarilishi talab etiladi
:
1. Mumkin bo‘lgan ma’lumotlar chiqib ketishi kanallarini o‘z vaqtida
aniqlash.
2. Nazorat zonasi (hududi, kabineti) chegarasida ma’lumot
chiqib
ketishi kanalining energetik tavsiflarini aniqlash.
3. Yovuz niyatli shaxslar tomonidan kanalni nazorat qilish
vositalarining imkoniyatlarini baholash.
4. Tashkiliy, tashkiliy-texnik yoki texnik chora va vositalar yordamida
ma’lumot chiqib ketishi kanallarining energetikasini yo‘q
qilish yoki
zaiflashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: