O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/59
Sana24.07.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1661998
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Axborot xavfsizligi @informatika

 
Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar 
 
1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi nima? 
2. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi qanday qonun, 
normativ-me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi? 


112 
3. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad 
nima? 
4. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsadni 
amalga oshirishda qanday vazifalarni bajarish kerak? 
5. «Litsenziya» va «litsenziyalash» tushunchalari nimani anglatadi va 
ularning ta’rifi qaysi qonunda berilgan? 
6. Axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi faoliyat qanday 
litsenziyalanadi? 
7. Sertifikatsiyalashning milliy tizimi nima? 
8. Sertifikatsiyalash nima maqsadda amalga oshiriladi? 
9. Axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatlashtirish qanday 
amalga oshiriladi? 
10. Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha 
qanday ishlar olib borilmoqda? 
11. Axborot quroli qanday amallarni bajarishga yo‘naltirilgan? 
12. Axborot qurolidan himoyalovchi amaliy tadbirlarga nimalar kiradi? 
13. AQSh va Buyuk Britaniyadagi axborotni himoyalash tizimi haqida 
nimalarni bilasiz? 
14. Germaniya, Fransiya va Rossiyada axborotni himoyalash qanday 
tashkil qilingan? 


113 
 
 
XULOSA 
Axborot xavfsizligi tizimi – davlatning axborot sohasidagi siyosatini 
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan 
chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat 
siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. 
Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi 
tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning 
milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik yo‘nalishlarini va ularni 
amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat 
axborot siyosatini anglatadi.
Axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga 
imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik 
taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilishning usul va 
vositalarini yaratish dolzarb masalalardan biridir. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, axborotni muhofaza qilishda yetarli 
darajadagi yutuqlarga erishish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik 
choralarni birgalikda amalga oshirish zarur. Bu himoyalanadigan 
axborotning konfedensialligi, tahdidning tasnifi va himoya vositalarining 
mavjudligi bilan belgilanadi. Umumiy holda xavfsizlikni ta’minlashning 
kompleks choralariga: 
– ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilish vositalari; 
– apparat-dasturiy vositalar;
– kriptografik muhofaza qilishning kompleks vositalari; 
– injener-texnik tadbirlar; 
– texnik kanallarni blokirovkalash kompleks vositalari; 
– obyektlarni jismoniy qo‘riqlashni kiritish mumkin. 
Bu choralarning har biri boshqasini to‘ldiradi, bironta usulning 
yo‘qligi yoki yetishmasligi yetarli darajadagi himoyaning buzilishiga 
sabab bo‘lishi mumkin. 


114 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling