1
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining
Tahririyat-noshirlik ha’
yatida ma’qullangan
Mualliflar jamoasi:
fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
I. M. Karimov;
fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
N. A. Turgunov;
texnika fanlari nomzodi, dotsent
F. Kadirov;
texnika fanlari nomzodi, dotsent
X.K. Samarov;
fizika-matematika fanlari nomzodi
A. A. Iminov;
fizika-matematika fanlari nomzodi
M. X. Djamatov
Taqrizchilar:
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri,
texnika fanlari nomzodi
S.Y. Yusupov;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi boshlig‘i
A.X.Xakimov
A-95
Axborot xavfsizligi asoslari: Ma’ruzalar kursi
/ fizika-matematika
fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim I.M.Karimovning
umumiy tahriri
ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – 123 b.
Ma’ruzalar kursi axborot xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslari,
asosiy
tushunchalari, tashkiliy va boshqaruv tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni
shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida axborotni
muhofaza qilishning davlat
tizimining tashkiliy asoslari va vazifalarini o‘rganish, tinglovchilarga axborot
xavfsizligi va ma’lumotlarni muhofaza qilish
sohasidagi xalqaro tajriba, axborot
xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari hamda ma’lumotlarni
muhofaza
qilishning kompleks tizimlari bilan tanishtirish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot
xavfsizligi, davlat organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy
faoliyat yo‘nalishlari, axborot
xavfsizligining obyektlari, tahdidlar va ularning
manbalari, axborotlarni kriptografik
va texnik himoyalash asoslari, axborotlarni
muhofaza qilishning
tashkiliy chora-tadbirlari, ma’lumotlarni muhofaza qilish va
axborot xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari, ma’lumotlarning chiqib ketish
kanallari va ularning oldini olish yo‘llari haqida nazariy
bilimlarni chuqurlashtirish
imkonini beradi.
IIV Akademiyasi tinglovchilariga, professor-o‘qituvchilarga,
tadqiqotchilarga
hamda huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa turdosh sohalarda faoliyat
yuritayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.