O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida o’tkazilayotgan “Huquqshunoslik” fani olimpiadasining saralash bosqichi


Download 21.87 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1387311
Bog'liq
Huquq olimpiada 1-variant


O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida o’tkazilayotgan “Huquqshunoslik” fani olimpiadasining saralash bosqichi

1. Huquq normalarining yig’indisi nima?


A) Obyektiv huquq B)Subyektiv huquq
C) Huquq tizimi D)Huquq
2. “Tabiat muhofazasi” davlat ichki funksiyalarining qaysi biriga kiradi?
A) Madaniy B) Ijtimoiy
C) Himoyalash D) Iqtisodiy
3. Quyidagilardan qaysi biri O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum etishga asos bo’la olmaydi?
A) O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi bila turib yolg’on ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etish natijasida qo’lga kirtilgan bo’lsa
B) Basharti, xorijiy mamlakatda doimiy yashab turgan fuqaro 3 oy davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo’lsa
C) Fuqaroning xorijiy davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati organlariga, politsiyaga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati organlariga ishga kirishi oqibatida
D) Fuqaro davlatga ziyon keltiruvchi, intizomiy, fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganda
4. Agar Oliy majlis Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifni rad etsa, taklfi qancha muddat o’tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin?
A) 6 oy B)1 yil C)18 oy D)3 oy
5. Hozirda qancha davlat O’zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan olgan?
A)146 dan ortiq B)138 ga yaqin C)143 dan ortiq D)193 ga yaqin
6. Voyaga yetmaganning ishini sudda ko’rishda va uning ishini yuritishda quyidagilardan qaysi biri ishtirok etishi shart emas?
A) Vasiylik B) Homiylik organining vakili
C) Qonuniy vakil D) Mahalla raisi
7. Agar umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan bolalar haftasiga olti kun ishlasalar, ularga o‘quv yili davomida kamida necha ish kuni miqdorida ta’til berilishi kerak bo‘ladi?
A) o‘ttiz olti ish kuni B) o‘ttiz ish kuni
C) yigirma to’rt ish kuni D) ikki hafta ish kuni
8. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar quyidagilardan qaysi birini amalga oshirish huquqiga ega?
A) mayda maishiy bitimlarni
B) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni
C) qonunga muvofiq banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish
D) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzishga haqlidir
9. Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga qaysi biri kirmaydi?
A)Jamoat birlashmasi
B)Davlat Xavfsizlik Xizmati
C)Prokuratura organlari
D)Davlat Bojxona qo’mitasi
10. Quyidagi jumla qaysi moddaning bir parchasi? “Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”
A)28-modda B)35-modda C)25-modda D)31-modda
11. . O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni idora qiluvchi davlat organlariga qaysi biri kirmaydi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya
B) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
C) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
D) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

12. Ariza - ………


A) fuqаrоlаrning dаvlаt vа jаmоаtchilik fаоliyatini tаkоmillаshtirish bo‘yichа tаvsiyalаrini ifоdаlоvchi murоjааtlаridir.
B) fuqаrоlаrning buzilgаn huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy mаnfааtlаrini tiklаshni tаlаb qilish to‘g‘risidаgi murоjааtlaridir.
C) bu fuqаrоlаrning o‘z huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy mаnfааtlаrini аmаlgа оshirish uchun ko‘mаk so‘rаb qilgаn murоjааtlаridir.
D) bu biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo‘lib birgalikda muhokama qilish uchun fuqarolar ishtiroki

13. Yozma murojaatnomada nima bo’lmasa har qanday holatda ham haqiqiy hisoblanmaydi?


A)murojaat yo’llovchining ism va familiyasi
B)murojaat yo’llovchining imzosi
C)murojaat yo’llangan sana D)murojaat yo’llanayotgan idora

14. Dunyoviy davlat – bu …………


A) rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lgаn vа birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаlmаydigаn dаvlаt
B) rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lmаgаn vа birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаlmаydigаn dаvlаt
C) rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lmаgаn vа birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаladigаn dаvlаt
D) rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lgаn vа birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаladigаn dаvlаt

15. Mahalla raislarining vakolat muddati qancha?


A)3 yil B)5 yil C)1 yil D)4 yil
16. Oliy Majlis Senati raisligiga nomzodni kim Oliy Majlisga taqdim etadi?
A)Bosh vazir B)Senatorlar C)Partiyalar D)Prezident
17. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini cheklab yoki to’xtatib qo’yishga qaysi organ haqli?
A) Oliy majlis B)Vazirlar mahkamasi
C)Prokuratura D)Sud organlari
18. .Quyidagi qaysi holatda O‘zbekiston fuqaroligi berilmaydi?
A) O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bilan nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
B) Tug’ilgan paytda
C) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish natijasida
D) Boshqa davlat fuqaroligi bo’lsa
19. Bola necha yoshga to’lgach o’z ism va familiyasini o’zgartirishi mumkin?
A)14 yosh B)15 yosh C)16 yosh D)18 yosh
20. 18 yoshga to’lmagan jinoyatchilarga quyidagilardan qaysi birini qo’llash mumkin emas?
A)jarima B)ahloq tuzatish ishlari
C)qamoq va ozodlikdan mahrum qilish
D)qo’shimcha jazolar qo’llanishi
21. Davlat huquqqa bo’lgan munosabatlari necha xil bo’ladi?
A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil
22. .Qachondan O’zbekistonda barcha to’lovlar so’mda amalga oshirilishi belgilandi?
A)1994-yil 1-iyul
B)1994-yil 15-oktabr
C)1995-yil 1-may
D)1995-yil 20-avgust

23. Quyidagilardan qaysi biri siyosiy partiyalarga a’zo bo’la oladi?


A)harbiy xizmatchilar B)ichki ishlar organlari xodimlari C)prokurorlar D)advokatlar
24. Qaysi biri O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi?
A)Oliy Sudni saylash
B)Markaziy saylov komissiyasini tuzish
C)Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi D)Sudyalar Oliy Kengashining raisini saylash
25. Notarius lavozimiga necha yoshdan kichik bo’lmaganlar qabul qilinadi?
A)25 yosh B)30 yosh C)28 yosh D )32 yosh
26. Quyidagi qaysi qonunlarga muvofiq har bir fuqaroga so‘z erkinligi: radio orqali, matbuotda, televideniyeda va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqi beriladi?
1-«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» qonun
2-Prezident farmoniga ko’ra
3-Oliy Majlis qarorlariga
4-Konstitutsiya
5-Kodekslarga ko’ra
6-Hukumatning qaror va farmonlariga ko’ra
A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,4 D)1,2,4
27. . ……… - bu ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurish. Nuqtalar o’rniga mos jumlani tanlang.
A)Miting B)Namoyish C)Yig’ilish D)Majlis
28. ……… - jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)diskriminatsiya B)gender tengligi
C)apatridlar D)senzura
29. Quyidagilardan ma’muriy javobgarlik turini ko‘rsating
1. jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, haqini to‘lash sharti bilan ashyoni olib qo‘yish
2. axloq tuzatish ishlari, xizmat vazifasini cheklash,
3. Hayfsan,
4. ozodlikdan mahrum qilish
A) 1,2,3 B) 1 C) 1,3 D) 4
30. Konstitusiyaviy sudning vakolati?
A) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini nazorat qilish
B) Prezident faoliyatini tekshirish
C) Sudlar ishlarini tekshirib chiqish
D) Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarini Konstitusiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi


Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling