O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet19/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Afina davlati. Afinaning tashkil topishi miloddan avvalgi II ming yillikda 4 ta qabilaning birlashuviga (sinoyikizm) borib taqaladi. Tesey ana shu qabilalarni yagona afina xalqi qilib birlashtiradi. So‘ngra umumiy markaziy boshqaruv uchun oqsoqollar kengashi tuzilgan.

Ijtimoiy tuzumda dastlabki islohotlar natijasida erkin kishilar uch toifaga bo‘lingan: yevpatridlar – nasl-nasabi olijanob bo‘lgan aristokratlar, aslzodalar; geomorlar – dehqonlar; demiurglar – hunarmandlar.

Davlat boshlig‘i – basiley (bazilevs) mansabi saqlangan. miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda yevpatridlardan saylab qo‘yiladigan arxontlik mansabi joriy qilingan. Arxontlar (boshliq yoki el og‘asi) 9 kishidan iborat bo‘lib, dastlab umrbod muddatga, so‘ngra 10 yil va keyinchalik 1 yil muddatga saylangan. Ularga basileyning asosiy funksiyalari o‘tgan. Ular ichida birinchi arxont juda katta vakolatlarga ega bo‘lgan.

So‘ngra oqsoqollar kengashi o‘rnida yangi boshqaruv organi – areopag tashkil etilgan. Uning a’zolari yevpatridlardan iborat bo‘lib, tarkibiga sobiq arxontlar kirgan. Areopagning vakolatlariga arxontlarni saylash va nazorat qilish, oliy sud hokimiyatini amalga oshirish kirgan.

Miloddan avvalgi VII asrda mamlakat hududi aholining qaysi qabilaga mansubligidan qat’i nazar hududiy okruglar – navkrariylarga bo‘lingan (48 ta).

Ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishi natijasida demos – xalq talabi bilan miloddan avvalgi 621-yilda Drakont qonunlari e’lon qilingan. Unda og‘zaki huquq yozib qo‘yilgan. Xun olish cheklanib, xususiy mulkning himoya qilinishi va sud ishlarining aniqlanishi progressiv hodisa sifatida belgilangan.

Xalqning urug‘ zodagonlariga qarshi kurashi davomida miloddan avvalgi 594-yilda yevpatridlar vakili Salon birinchi arxont qilib saylangan va iqtisodiy-siyosiy islohotlar o‘tkazgan. Siyosiy islohotlar pirovardida fuqarolar mulkiy senziga qarab to‘rt turga bo‘lingan. Bu toifalar qo‘shinga ham alohida tatbiq etilgan.

Salon Areopagning vakolatlaridan xalq yig‘inlarida muhokama qilinadigan ishlarni tayyorlash funksiyasini olib, uni zaiflashtiradi. Bu ishlarni tayyorlash uchun yangi davlat organi – bule (to‘rt yuzlar kengashi)ni tuzgan. Unga eski 4 urug‘dosh qabilalar yig‘inlarida 100 kishidan saylangan. Islohotlar natijasida xalq yig‘in (ekklesiya)larining roli osha boshlaydi. Yuqoridagilardan tashqari har qanday afina fuqarosi qatnashishi mumkin bo‘lgan yangi oliy hakamlar sudi – gelieya ta’sis etilgan.

Umuman olganda, Salon islohotlari kompromiss (kelishuvchanlik) xarakterga ega bo‘lib, keyingi taraqqiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Miloddan avvalgi 560-yilda kambag‘al dehqonlar (diakriylar) tepasida turgan Pisistrat davlat to‘ntarishi o‘tkazib tiran bo‘lib qolgan. U Salon islohotlarini davom ettirib, yevpatridlarning yerlarini musodara qilgan. U shuningdek, dehqonlarga kredit bergan, sayyor sudlar lavozimini ta’sis etgan va davlat hisobiga 1/10 daromad solig‘ini joriy etgan.

Afina hokimiyati tepasiga miloddan avvalgi 510–509-yillarda Klisfen kelgach, miloddan avvalgi 509-yilda bir qancha islohotlar o‘tkazgan. Uning islohotlari urug‘chilik tuzumini tamomila tugatgan va Afina quldorlik demokratiyasi tizimini shakllantirgan. Uning asosiy tadbirlari ma’muriy-hududiy islohot bo‘lgan. 4 qabila bo‘linishi bekor qilinib, hududiy belgilariga qarab ma’muriy-hududiy birlik sifatida 10 ta fila tashkil etilgan. O‘z navbatida bir fila uchta trittiyga bo‘lingan. Butun Attika hududi eng quyi ma’muriy birlik – yuzta demga bo‘lingan. Har bir filaning tarkibiga 10 ta dem kirgan. Filalar soni o‘zgarishi natijasida to‘rt yuzlar kengashi har bir filadan 50 kishidan iborat holda besh yuzlar kengashiga o‘zgartirilgan.

Klisfenning so‘ngi tadbiri – o‘nli strateglar hay’atini ta’sis etishdan iborat bo‘lgan. Unga har bir filadan bitta vakil kirgan. Ular xalq yig‘inlarida bir yil muddatga ovoz berish yo‘li bilan saylangan. Strateglar xalq lashkariga galma-gal qo‘mondonlik qilganlar.

Islohotlar vositasida asta-sekin siyosiy hokimiyatni amalga oshiruvchi maxsus va doimiy harakatdagi apparat vujudga kelgan. Siyosiy hokimiyat davlat hokimiyati shaklida amalga oshirila boshlangan, uni amalga oshiruvchi apparat esa davlat apparatiga aylangan. Afinada davlatning kelib chiqishi demos g‘alabasi bilan tugagan. Natijada Afinada demokratik respublika shaklidagi quldorlik davlati vujudga kelgan.

Miloddan avvalgi V–IV asrlar Afina davlatining rivojlangan davri bo‘lib hisoblanadi. Miloddan avvalgi V asrning birinchi yarmida Afina yunon dunyosining eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylangan. Miloddan avvalgi 478-yilda Eronga qarshi urushda Spartadan so‘ng 140–160 ta yunon davlatlaridan iborat dengiz ittifoqiga u boshchilik qiladi. Asta- sekin dengiz ittifoqi Afina dengiz davlatiga aylangan. Ittifoqchi davlatlar Afina davlati organlari va mansabdor shaxslari tomonidan boshqarilgan.

Bu davrlarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosa- batlarida o‘zgarishlar amalga oshgan. Fuqarolarning siyosiy huquqlari

kengaygan. Bular Basileylar Efialt va Perikl islohotlarida o‘z ifodasini topgan. Bunda Efialt tomonidan areopagning vakolatlari mutloq qisqartirilib, xalq majlisi, 500 lar kengashi va gelieyaning vakolatlari kengaygan. Demokratiyaning ravnaq topishi Perikl nomi bilan uzviy bog‘liq. Uning davrida Salonning senzga oid islohotlari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Chunki endi davlat mansablariga barcha to‘la huquqli fuqarolar ega bo‘lishlari mumkin edi. Negaki, imperiya boshqaruvi va uni ushlab turishga barcha fuqarolar jalb etilgan. Kambag‘allar ko‘chirilib, yerlarga ega bo‘lganlar. U kambag‘al fuqarolarni ish bilan band etishga harakat qilgan. Davlat mansablarini bajarganlik uchun haq tayinlagan.

Miloddan avvalgi VI–V asrlarda ijtimoiy tuzum borasida antik qullik shakli ancha rivojlangan. Qullarga oddiy mehnat quroli sifatida qarash mavjud bo‘lgan. Bu davrda quldorlik son jihatdan ham, sifat jihatdan ham o‘sgan.

Afina davlati mohiyatiga ko‘ra erkin fuqarolar manfaatlarining himoya qilinishini va ko‘p sonli qullarning tutqunlikda ushlab turishni ta’minlaydigan siyosiy tashkilot hisoblangan. Boshqaruv shakli bo‘yicha demokratik respublika bo‘lib, afina fuqarolari siyosiy hayotda faol qatnashishi mumkin bo‘lgan. Bu holat miloddan avvalgi 330 yillargacha davom etgan.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Afina davlatining asosiy organlari: xalq yig‘ini, Besh yuzlar kengashi va gelieya hisoblangan. Ular mansabdor shaxslar faoliyatini yo‘naltirib turganlar va nazorat etganlar.

Xalq yig‘ini – ekklesiya davlat hokimiyatining oliy organi bo‘lib, u dastlab yiliga 10 marta, keyinchalik 40 marta chaqirilgan. Favqulodda holatlarda ham chaqirilishi mumkin bo‘lgan. Unda 20 yoshga to‘lgan to‘la huquqli afinalik fuqarolar ishtirok etishgan. Eng muhim masalalarni hal etish uchun 6000 kishi, ya’ni butun to‘la huquqli afinaliklarning 1/5 qismi ishtirok etishi talab qilingan. Istalgan kishi unda o‘z fikrini bildirishi, hatto qonun loyihalarini kiritishi mumkin bo‘lgan. Qaror ochiq

– qo‘l ko‘tarish va yopiq – qutiga narsa tashlash yo‘li bilan chiqarilgan.

Demokratik muassasalardan yana biri besh yuzlar kengashi – Bule bo‘lgan. Uning a’zolari qur’a tashlash yo‘li bilan 30 yoshga to‘lgan afina fuqarolari orasidan saylangan. U oliy hokimiyat va ma’muriy organ bo‘lib, xalq majlislariga masalalar loyihasini tayyorlagan va muhokama qilgan. Uning qarorlarini ijro etgan. Moliyaviy boshqaruvni olib borib, davlatning daromad manbalari ustidan nazorat qilgan. Shuningdek, tashqi davlat bilan diplomatik munosabatlarni ham o‘rnatgan. U ish yuritish uchun 10 ta komissiya (pritaniy)ga ajralgan. Kengash raisi har

yig‘ilishdan oldin saylangan va u xalq yig‘iniga ham boshchilik qilgan. Xizmat muddati tugashi bilan a’zolari hisobot bergan va javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan.

Oliy sud organi, ya’ni hakamlar sudi – gelieya yirik demokratik muassasa bo‘lgan. U davlatga qarshi va mansabdor jinoyatlari bo‘yicha birinchi instansiya, boshqa ishlar uchun apellatsiya instansiyasi hisoblangan. U xalq yig‘inida qabul qilingan qonun loyihalarini rad etishi mumkin bo‘lgan.

Qonun chiqarish jarayoniga ko‘ra qonun loyihasi xalq kengashiga kiritilgan, so‘ng loyiha Besh yuzlar kengashida ko‘rilib, bu haqda unga xulosa berilgan, keyin xalq yig‘ini loyihani qabul qilgan va natijada u gelieya tomonidan rad etilmasa kuchga kiritilgan.

Birinchi arxont – arxont-eponim hisoblangan. Keyinchalik u oilaviy ishlar va merosga taalluqli ishlar bo‘yicha sud funksiyalarini saqlab qoladi. Ikkinchi arxont – arxont basiley bo‘lib, diniy ishlarni yuritgan va sudda jinoiy ishlarni ko‘rgan. Uchinchi arxont – arxont-polimarx bo‘lib, u endilikda ilgari harbiy qo‘mondonlik funksiyalarini yo‘qotib, faqat meteklar va boshqa chet elliklar (ksenlar) bilan bog‘liq asosiy ishlar bilan shug‘ullangan. Boshqa oltitasi arxont-fesmofetlar deb atalib, gelieyaga taalluqli ishlarni tayyorlaganlar va afina sudlarida adolatli sud qilishga rahbarlik qilganlar.

Afina davlatida ko‘plab boshqaruv lavozimlari kollegial bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 700 ga yaqin maxsus mansabdor shaxslar bo‘lib, ular tegishlicha turli vazifalarni bajarganlar. Fila va demlarda ham o‘z mansabdor shaxslari faoliyat yuritgan.

Afinada oliy sud organi Gelieyadan tashqari Areopag ham ba’zi sud funksiyalarini saqlab qolgan. Eng og‘ir jinoyatlar bo‘yicha Xalq yig‘ini ham birinchi instansiya sudi sifatida maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan. Perikl zamonidan boshlab sayyor sudlar ham tashkil etilgan.

Areopag arxont-basiley raisligida qasddan odam o‘ldirish jinoyatlari bo‘yicha ishlarni ko‘rib hal etgan. Xalq yig‘inining topshirig‘i bo‘yicha davlatga qarshi jinoyat ishlarini tergov qilishi mumkin edi. Qolgan turdagi jinoiy va fuqaroviy ishlar turli maxsus hay’atlar tomonidan ko‘rib hal etilgan.

Qo‘shin asosan 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkin fuqarolardan xalq lashkarida iborat bo‘lgan. Safarbarlik yoshi xalq yig‘ini tomonidan belgilangan. Tinchlik vaqtlarida afina fuqarolari 18 yoshdan 20 yosh- gacha harbiy ta’lim o‘tganlar va qo‘riqlash xizmatiga jalb etib turilganlar. Urush vaqtlarida har bir fila ma’lum sondagi piyoda, otliq, yengil

qurollangan va og‘ir qurollangan askarlar berishi lozim bo‘lgan. Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan doimiy yollanma maxsus chegara qo‘shinlari, miloddan avvalgi IV asrga kelib qo‘shin va flotda yollanma harbiy xizmatchilar paydo bo‘lgan.

Afina davlatida politsiya funksiyalarini maxsus xizmatchilari – toksotlar bajargan. Ular asosan qullardan iborat bo‘lib, jami 200 ga yaqin bo‘lgan.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling