O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet55/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Xiva xonligi. Xorazm dastlab temuriy Sulton Husaynga, XVI asr boshlarida Muhammad Shayboniyxon hukmronligi ostida bo‘lib, Samarqand siyosiy doirasida edi. So‘ngra qisqa muddat Eron shohi Ismoil safaviy noiblari tomonidan boshqarilgan. 1511–1514-yillarda Xorazmda mahalliy namoyandalar harakati bilan Dashti qipchoqlik ko‘chmanchi o‘zbeklar vakili Elbarsxon hokimiyatni egallaydi. Shu tariqa 1505–1770- yillarda Xorazmni asosan shayboniylar sulolasi namoyandalari boshqar- gan. 1770-yili esa Xorazmda hokimiyat amalda qo‘ng‘irot sulolasidan Muhammad Amin inoq qo‘lida mujassamlashadi. Shu tariqa mazkur hududda yangi sulola – qo‘ng‘irotlar faoliyati boshlangan. 1763–1806- yillarda ular umumtan olinguncha rasmiy davlat boshlig‘i sifatida tan olingan chingiziy xonlarni taxtga o‘tqazib kelganlar. Bu sulolaning vakillari Xorazmda 1920-yilgacha hukmronlik qilganlar.

Dastlab siyosiy markaziy Urganch hisoblangan. Arabxon (1602– 1621) davrida poytaxt Xivaga ko‘chirilgan. Shunga ko‘ra xonlikni Xiva xonligi deyish odat tusiga kirgan. Mamlakat 1873-yildan boshlab Rossiya imperiyasiga yarim qaram holatida bo‘lib kelgan.

Xiva xonligining boshqaruvi Buxoro amirligi boshqaruvidan ko‘p farq qilmagan. Bu davlatda ham boshqa xonliklarda ko‘rganimizdek, saroy lavozimlari va mansablar mavjud. Davlat hokimiyatining o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘lgan. Siyosiy boshqaruvda xonlik tashkil topgan ilk davrlardan boshlab yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonida yangi lavozimlar joriy etilib, ba’zi lavozimlarning mavqei va vakolat doirasi

nisbatan o‘zgarib borgan bo‘lsa-da, siyosiy tuzumda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermagan.

Xiva xonligi uncha kuchli bo‘lmagan tarqoq davlat bo‘lgan. XVI asrda xonlik hududi xon xonadoniga mansub bo‘lgan sultonlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lib, ular o‘zlariga tegishli yerlarni mustaqil bosh- qarganlar. Shunga ko‘ra xon mamlakatda mutlaq hokimiyatga ega bo‘lmagan. Xon hokimiyati uning yoshlikdagi otalig‘i tomonidan bamaslahat holda kelishib olib borilgan. Oila a’zolari maslahati bilan xon majburan taxtdan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan. Umumiy boshqaruvni kelishuv asosida amalga oshirgan.

Mamlakat boshqaruvida ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining boshliq- lari inoqlar katta ta’sirga ega bo‘lishgan. Ular xon saylash tadbirida ishtirok etishgan. O‘z qabilasi va uning hududini boshqarishgan. Bir vaqtning o‘zida xonning maslahatchilar hisoblanishgan.

Oliy hokimiyat deyarli barcha davrlarda vasiyat asosida sulolaning yoshi katta vakiliga meros tariqasida o‘tgan. Odatda, taxt otadan o‘g‘ilga meros qolgan. Yangi xonning taxtga o‘tirishi munosabati bilan xonni ko‘tarish, ya’ni saylash tadbiri o‘tkazilgan.

Oliy hokimiyat xon qo‘lida bo‘lib, u davlat, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati boshlig‘i hisoblangan. Xonlikdagi eng oliy mansabdor shaxs va oliy hokimiyat egasi bo‘lib, o‘z navbatida oliy qo‘mondon sifatida harbiy sohaga boshchilik qilgan. Shuningdek, ko‘chmanchi aholi vakillarining yer, suv, soliq va harbiy munosabatlarini hal etgan. Ayrim hollarda aholi murojaatiga ko‘ra ichki munosabatlarga xon tomonidan aniqlik kiritilgan.

Xon davlat boshlig‘i sifatida mamlakat ichki va tashqi siyosatda uzil- kesil qaror qabul qilish, xalq safarbarligini e’lon etish, bosh qo‘mondon sifatida qo‘shinga rahbarlikni qo‘lga olish vakolatiga ega bo‘lgan. Xon sudi saroy markaziy harbiy sudi hamda siyosiy, o‘ta og‘ir va mansabdor shaxslarga oid jinoyatlarni ko‘ruvchi oliy suddan tashkil topgan. Xonlar o‘z vakolati doirasida islom qonunchiligi usuli va yassa aqidalariga tayangan holda nishon, yorliq, farmon va hukmlar chiqargan.

Xonlar odatda, aholining mansabdor shaxslar ustidan shikoyati bor paytda saroyda arz so‘raganlar. Saroyda arz so‘rashning ma’lum kunlari tayin etilgan. Zaruriy suratlarda xon mamlakatdan uzoqda payti arzni Kengash a’zolari tinglashgan. Bundan tashqari, xonlar muayyan vaqtlarda xalq oldiga chiqib turgan. Davlat boshlig‘i uchun ham farz ham qarz hisoblangan bu an’ana «ko‘rinush» deb atalgan.

Rus podsholigi mustamlakachiligi davrida xon vakolatlari bir muncha o‘zgaradi. Mamlakat ichki boshqaruvida vakolatlar deyarli bekor qilinmaydi. Balki, rus davlati manfaati nuqtai nazaridan majburiyatlar yuklanib, tashqi faoliyat bilan bog‘liq vakolatlari qisqaradi.

Saroyda oliy maslahat kengashi mavjud edi. U yuqori qonun chiqaruvchi, ma’muriy va sud hokimiyatini amalga oshirgan. Uning yig‘ilishlari «mashvarat», «majlis» deya nomlangan. Tarkibi turli davrlarda mahalliy miqyosiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Unda asosan siyosiy, moliyaviy va harbiy ishlar muhokama qilingan.

Xonlik aholisining muqim yashashiga ko‘ra, davlat hududi ikki qismga, ya’ni ko‘chmanchi aholi istiqomat qiladigan shimoliy hudud va o‘troq aholi yashaydigan janubiy hududga bo‘lingan holda boshqarilgan.

Har bir oliy va markaziy mansabdor shaxslar xon tomonidan lavozimga tayinlangan va lavozimdan ozod etilgan. Odatda, lavozimlar xon tasdig‘idan so‘ng meros tariqasida o‘tgan. Ularning huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi mahkamalar joriy etilgan.



  1. asrning birinchi yarmida xondan keyin oliy lavozim qushbegi mansabi hisoblangan. U vaziri a’zam maqomida bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib vaziri a’zamlik mehtarga o‘tadi. Keyinchalik esa devonbegining mavqei kuchayadi. U asosan boshqaruv, saroy kotibiyati va davlat devonini boshqarish, soliq, moliya ishlari, balki harbiy yurishlarga bosh bo‘lish, qo‘shin ta’minoti va dushman bilan muzokara ishlarini ham olib borgan.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ta’sis etilgan vaziri jumlat ul- muluk, bosh vazir xondan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqqan. XX asr boshida esa devonbegining ayrim vakolatlari ham unga o‘tgan.

Ular bevosita xonga bo‘ysunishgan va bir vaqtning o‘zida xon maslahatchisi ham hisoblanishgan. Ular xon ruxsati bilan xonlik nomidan ish ko‘rish, xususan qo‘shni xalqlar va davlatlar bilan sulh tuzish huquqiga ega bo‘lgan. Ba’zi hollarda oliy mansabdor shaxslardan iborat tor tarkibli majlis ishlagan. Unda ularning hisobotlari, taklif va e’tirozlari eshitilgan. Qushbegi mamlakatning janubiy qismini, mehtar esa shimoliy qismini idora qilgan.

Xonlikdagi diniy ishlar nazorati shayxulislom zimmasida bo‘lgan. U diniy sohaga oid barcha huquqiy, fatvo chiqarish, axloqiy-tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy ishlar va amaldorlar ustidan nazoratni amalga oshirgan. Ular turli siyosiy-diniy marosimlardan tashqari, harbiy yurishlarda ham fatvo beruvchi muftilar boshlig‘i, harbiy sharoitda shariat me’yorlarini bajarish yuzasidan mas’ul va qo‘shin shaxsiy tarkibini

ma’naviy-ruhiy rag‘batlantiruvchi ruhoniy, qozi askar nazoratchisi va gohida biror harbiy bo‘linma boshlig‘i sifatida qatnashgan. Joylardagi shariat bo‘yicha axloqiy normalar bajarilishini raislar bajargan. Ular qozilar bilan sheriklikda ish olib borishgan.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling