O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Mahalliy hokimiyat organlari


Download 431.45 Kb.
bet86/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Mahalliy hokimiyat organlari. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi (1992-yil 4-yanvar) qonuni mamlakatimizda mahalliy hokimiyatining ikki mustaqil organi, ya’ni vakillik va ijro organlari tizimini hamda joylarda yakka boshchilik asosida ish olib boruvchi hokim lavozimining joriy qilinishini belgilab berdi. Vakolat muddati 5 yil bo‘lgan hokimlik instituti joriy qilindi. Hokim bir vaqtning o‘zida ham ijro etuvchi, ham vakillik organining boshlig‘i hisoblanadi.

Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda tegishli viloyat, Xalq deputatlari kengashlari, Toshkent shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlar va shaharlarning hokimlari tegishli tuman va shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari viloyat Kengashlari oldida hisobdordir. Viloyat, tuman va shahar hokimlari tegishli Xalq deputatlari kengashlari deputatlari ichidan tayinlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonun hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan tartibga solinadi. Xususan, Qoraqal- pog‘iston Respublikasida mahalliy boshqaruv tuman va shaharlarda Xalq deputatlari kengashlari va ular tomonidan saylanuvchi hokimlar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida ma- halliy hokimiyat organlari vazifalari mustahkamlangan. Mahalliy hokimiyat organlari quyidagilarni amalga oshiradi: 1) qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirish; 3) mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; 4) mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; 5) atrof-muhitni muhofaza qilish; 6) fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 7) normativ hujjatlarni qabul

qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Hokimlar o‘z hududini iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlan- tirishning asosiy yo‘nalish dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun tegishli Xalq deputatlari kengashiga kiritadi. Mahalliy hududni rivojlantirish borasidagi ishlarga rahbarlik qiladi.

Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida sanoat, qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo‘jaligi sohalari, ijtimoiy va madaniy sohalarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Shu idoralarning rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod qilish, ularning faoliyatini nazorat qilish, tegishli rahbarlarning hisobotlarini eshitish kabi vakolatlarga ega.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohani rivojlantirishga rahbarlik qilish bo‘yicha aniq vazifalari va vakolatlari joriy qonunlarda va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan. Ular mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘inlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazani vujudga keltiradilar.



Mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli masalalarni davlat va aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladi. O‘z vakolati doirasida Konstitutsiyaga zid bo‘lmagan qaror va farmoyishlar qabul qiladi. Mahalliy kengashlar o‘z qarorlarini kollegial asosda qabul qilsa, hokimlar yakkaboshchilik asosida qabul qiladi hamda ushbu qarorlar ularning hududida bajarilishi majburiydir.

Mamlakatimiz hayotida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 105-moddasiga muvofiq, «Shaharcha, qishloq va obyuuapДa, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 6yum6, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».

1999-yil 14-aprelda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi, ya’ni qonunning 7-moddasiga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab qo‘yildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z faoliyatini hududiy prinsip bo‘yicha amalga oshiradi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi. Fuqarolar- ning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga bog‘liq masalalarni mustaqil ravishda hal qilishini ta’minlashdir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasi bilan ushbu organlar tizimi ko‘rsatib o‘tilgan: 1) fuqarolar yig‘ini; 2) fuqarolar yig‘inining kengashi; 3) fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar; 4) fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi hamda ma’muriy komissiyalardan iborat bo‘lib, ularning huquqiy holati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlangan.

Fuqarolar yig‘inida mahalliy hududda yashovchi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar qatnashish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda yig‘in vakolatli hisoblanadi.

Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘ini raisi, yig‘in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Shu bilan birga, fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish respublika Oqsoqollar kengashi tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi hamda kengash a’zolarning uchdan ikki qismi mavjud bo‘lganida qabul qilingan qarori vakolatli hisoblanadi.

Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning xodimlari soni fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi.

Shaharga, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal qilish huquqiga egaligi belgilangan hamda ular vakolat doirasida boshqaruvga oid qator ishlarni amalga oshiradi (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasi).




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling