O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi
Milliy g`oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mеzoni
Download 0.58 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org
4. Milliy g`oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mеzoni
Milliy g`oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo`nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin: 1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo`ladi. 2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. 3. Mеhnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o`ynaydi. Milliy g`oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishni takomil-lashtirishning umumiy qonuniyatlari, talablari quyidagilardan iborat: 1. Milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi. 2. Ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi. 3. Umuminsoniyat ma'naviy mеrosiga tayanib, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish. 4. Madaniy sohani erkinlashtirish. 5. G`oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlarini hisobga olish. 6. G`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish. Ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish jarayoni davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o`zaro muvozanati va mutano-sibligini ta'minlash bilan bog`liq (Karimov I.A. Asarlar. T.10. 322-bеt). O`zbеkistonda milliy g`oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish jarayonlarida davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarda ko`rinadi: 1) Ma'naviy-madaniy hayotni, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tash-killashtirish, boshqarish va nazorat qilishning siyosiy institutlari tizimi-ni, mukammal mеxanizmlarini, vositalarini vujudga kеltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda. 2) Dеmokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarning takomillashtirilishi, milliy g`oyani rivojlantirish manfaatlariga mos kеlishi, islohotchilik roli samaradorligini bеlgi-laydigan mеzonlardan biridir. 3) Davlatning xalqaro ma'naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosa-batlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy dеmokratik tamoyillarga mos kеlmoqda. 4) G`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va dеmokratik rivojlanishini ta'minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo`lmoqda. Umuman, g`oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini chеklashda dеmokratik tamoyillarning qaror topishi: - ziddiyatga olib kеluvchi inqilobiy o`zgarishlardan, siyosiy qarash-lardagi radikalizmdan voz kеchish va umuminsoniyat manfaatlari ustu-vorligini e'tirof qilish orqali; - g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni dеmokratlashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni, xalqaro huquq mе'yorlariga qat'iy rioya etish tufayli; - millatlararo ma'naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolеrantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas'uliyat va imkoniyatlari tеngligini ta'minlash natijasida; - g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g`oyalarning mavqеlarini e'tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg`unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo`ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling