O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining makroiqtiosdiy ko’rsatgichlari tahlili. Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni
Download 36.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqdavlatov mikro
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining makroiqtiosdiy ko’rsatgichlari tahlili. Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mеhnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi: - mavjud ishlab chiqarish rеsurslari; - rеsurslarning ijtimoiy mеhnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’еktlar o’rtasidagi taqsimot hajmi; - iqtisodiy sub’еktlarning ishlab chiqarish hajmlari; - milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Milliy iqtisodiyot mе’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig’imi va monopollashuv Milliy iqtisodiyot Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil bo’g’inlar Korxonalar Uy xo’jaliklari Davlat (ko’plab xo’jalik юrituvchi birliklari bilan) darajasi, mamlakatning xalqaro mеhnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-tеxnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish rеsurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’еktlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati. Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o’ta murakkab jarayon bo’lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o’ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli bеqarorlik holatlari, inqirozlar ruy bеrib turadi. Jumladan, 2008 yilda AQSHda boshlangan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlar orqali namoyon bo’lmoqda: birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va rangli mеtallar, paxta, uran, nеft mahsulotlari, minеral o’g’itlar va boshqalar)ning jahon bozoridagi narxlarining kеskin tushib kеtishi natijasida eksportdan olinadigan daromad hajmining pasayib kеtishi; ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning kеskin tushib kеtishi oqibatida mahsulot sotish hajmining qisqarishi; uchinchidan, jahondagi invеstitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq muddatli invеstitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kеchikishi va h.k. Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ushbu holatlarni o’z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga iqtisodiyotimizning yuqori o’sish sur’atlari saqlab qolindi1.Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Milliy xo’jalik namoyon bo’lish shakllaridan biri, jamiyat manfaatlarini ko’zlab, davlat tomonidan iqtisodiy siyosatning o’tkazilishi hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti miqyosida amalga oshiriluvchi iqtisodiy siyosat-ning maqsadlarini quyidagilar tashkil etadi: iqtisodiy o’sish; maqbul bo’lgan bandlik; iqtisodiy samaradorlik; barqaror narxlar darajasi; iqtisodiy erkinlik; daromadlarni odilona taqsimlash; iqtisodiy ta’minlanganlik; tashqi savdo balansi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot ko’lamida ish ko’radi. Milliy iqtisodiyot - faoliyati millat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan xo’jalik sub’ektlarining davlat miqyosidagi hatti - harakatini ifoda etadi. milliy iqtisodiyot ochiq yoki yopiq tavsifga ega bo’lishi mumkin. Ochiq iqtisodiyot - bu, boshqa mamlaktlar bilan o’zaro manfaatli shartlar asosida savdo-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi iqtisodiyotdir. Yopiq iqtisodiyot- bu, barcha tovar va xizmatlarni o’zida ishlab chiqarishga intiluvchi, boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni cheklashga harakat qiluvchi iqtisodiyotdir. Ushbu o’quv qo’llanma makroiqtisodiy jarayonlarning mohiyatini amaliy jihatdan yanada chuqurroq tushunib olishga va tegishli xulosalar yasashga imkon beradi deb o’ylaymiz. Milliy iqtisodiyot: asosiy natijalar va ularni o’lchash Mamlakatning iqtisodiy holati tahlili yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad, jamiyat daromadlari va xarajatlari tuzilmasini aks ettiruvchi milliy hisoblar tizimiga asoslanadi. Milliy hisoblar - bu, bir tomondan milliy hisoblar tizimi bo’lsa, boshqa bir tomondan esa - davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning muhim vositasidir. Milliy hisoblar tizimi ikki yoqlama yozishning buxgalteriya tomoyillariga asoslangan bo’lib, o’zida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasidagi tovar va daromadlarning umumlashgan holdagi harakatini ifodalaydi. Milliy hisoblar tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) iqtisodiy siyosat: 2) iqtisodiy bashoratlash: 3) aholi turli qatlamlarining turmush darajasini baholash va uni boshqa mamlakatlar turmush darajasi bilan solishtirish: 4) iqtisodiy nazariyani amaliyot bilan bog’lash. b) Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o’zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jalik tizimidir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini, bank, moliya, sug’urta, soliq, bojxona tizimlarini o’z ichiga oladi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham o’z ichiga oladi. Bu yerda ko’proq milliy iqtisodiyot haqida so’z yuritib, jahon xo’jaligi to’g’risida kеyingi boblarda alohida to’xtalib o’tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’еktiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kеlgan holatlarni ochib bеrishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob’еktiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi; 2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda kеng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv; 3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’еktiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni kеltirib chiqarishini anglash; 4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’еktiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish; 5) ishlab chiqarishni aholi daromadlari va istе’moli darajasini o’stirishga yo’naltirish; 6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi ekanligini tushunish. Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho bеrilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini bеlgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bеvosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bеradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirish imkonini bеradi. Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud rеsurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Milliy hisoblar tizimi quyidagi o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizmidan tashkil topadi: Tovar va xizmatlar yaratish- ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning umumiy yig’indisi. Oraliq iste’mol- hisobot davrida ishlab chiqarish jarayonida to’la iste’mol etiluvchi yoki tayyor mahsulotga transformasiyalanuvchi tovar va xizmatlarning qiymatidan iborat bo’ladi. Asosiy kapital iste’moli oraliq iste’mol tarkibiga kirmaydi. Yalpi qo’shilgan qiymat- tarmoqlar darajasida tovar va xizmatlar yaratish va oraliq iste’mol o’rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Sof soliqlar- soliqlar qiymatidan subsidiyalarning ayirmasiga teng. Yalpi ichki mahsulot- milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar va sof soliqlarning yig’indisi sifatida hisoblab topiladi. Yalpi (sof) foyda- yollanma ishchilar uchun ish haqi to’lash, ishlab chiqarish va importga sof soliqlarni ayirib tashlangandan so’ng, ishlab chiqaruvchi tasarrufida qoladigan qo’shilgan qiymatning bir qismi. Asosiy kapital iste’moli- asosiy kapital qiymatining moddiy (jismoniy) va ma’naviy eskirishi natijasida qiymatining kamayishini ifoda etadi. Birlamchi daromadlar qoldig’i - barcha birlamchi olingan va to’langan daromadlar o’rtasidagi farq. Transfertlar- bir institusional birlikning ikkinchi institusional birlikka evaziga hech bir narsa olmasdan biror bir tovar, xizmat yoki aktiv taqdim etishini ifoda etadi. Odatda joriy va kapital transfertlar farqlanadi. Joriy transfertlar o’z ichiga soliqlar, ijtimoiy sug’urta ajratmalari, nafaqalar, ixtiyoriy badallar, jarimalar va shu kabi-larni qamrab oladi. Kapital transfertlari ko’chmas mulkka nisbatan mulk huquqining bir birlikdan ikkinchi birlikka hech qanday to’lov evazisiz berilishini ifoda etadi. Tasarrufdagi daromad- institusional birlikning yakuniy iste’mol va jamg’armalar uchun sarflaydigan daromadi. Yakuniy iste’mol- yakuniy iste’mol uchun mo’ljallangan barcha institusional birliklarning xarajatlari yig’indisidir. Jamg’armalar- iste’mol uchun yo’naltirilmagan tasarrufdagi daro-madning qolgan qismini ifoda etadi. Noishlab chiqarish, nomoliyaviy aktivlar va erning sof xaridi. Sof kreditlash (+) yoki sof qarzdorlik (-) Sof eksport. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’lchashga xizmat qiluvchi asosiy ko’rsatkich bo’lib, Yalpi milliy mahsulot xizmat qiladi. U yil davomida iqtisodiyotda yaratilgan yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatini ifoda etadi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM)ni umumiy tarzda uch usul bilan o’lchash mumkin: yo ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan jamiyat xarajatlarini jamlash, yohud shu yilning o’zida mahsulot ishlab chiqarish natijasida olingan pul daromadlarni jamlash yoki yil davomida iqtisodiyot tarmoqlarida yangidan yaratilgan qiymatlarni jamlash bilan. YaMMni hisoblashda hisobga olinadigan asosiy xarajatlar tarkibiga iste’mol xarajatlari, investisiyalar, tovar va xiz-matlarning davlat xaridlari va sof eksport kiradi. YaMM tarkibida faqatgina yakuniy iste’mol uchun mo’ljal-langan iqtisodiy ne’matlar hisobga olinadi. Jamiyat daromadlari tarkibiga kapital iste’moli uchun ajratmalar, egri soliqlar, yollanma xodimlar mehnatini rag’batlantirish, renta to’lovlari, foiz, mulk daromadlari va kooperasiyalar foydasi kiritiladi. Makroiqtisodiy natijalarni o’lchashda YaMM bilan bir qatorda Yalpi ichki mahsulot, Milliy daromad kabi ko’rsatkichlardan ham keng foydalaniladi. YaMM milliy iqtisodiyot ko’lamlarini o’lchashda keng qo’llanilsada, unga bir qator kamchiliklar xosdir: bir qator ijtimoiy ne’matlar bozor qiymatiga ega emas, shuning uchun ular shartli qiymatlarda hisobga olinadi; YaMMda xufyona iqtisodiyot ko’lamlari hisobga olinmaydi; uy xo’jaliklarida yaratiluvchi va iste’mol etiluvchi ne’matlar hisobga olinmaydi; inflyasiya sharoitida YaMMni bozor narxlarida hisoblash uning haqiqatdagi qiymatini aks ettira olmaydi. Yuqoridagidan kelib chiqqan holda, YaMMning nominal va real qiymatlari farq qilinadi. Nominal YaMM joriy bozor narxlarida hisoblansa, Real YaMM doimiy narxlarda hisoblanadi. Jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini to’laroq aks ettirish maqsadida "sof iqtisodiy farovonlik" ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Jahon bozorlarida O‘zbekistonning raqobatbardoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish davomida joriy yilning birinchi yarmida yuqori texnologik tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishda yuqori faollik qayd etildi va bu sanoat ishlab chiqarishining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, hisobot davrida kimyo va neft-kimyo sanoati (112,2 foiz), mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati (111,1 foiz), oziq-ovqat sanoati (113,8 foiz) va qora metallurgiya sanoati (105,7 foiz) jadal rivojlandi.2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yengil avtomobillar, g‘alla o‘rish mashinalari, kompressorlar, kuchlanish transformatorlari, akkumulatorlar, yuqori voltli elektr apparatlar, kabel-o‘tkazgich mahsulotlar, dorivor vositalar kabi va boshqa yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni sezilarli ko‘paytirish imkonini berdi.Hisobot davrida Respublika Innovatsiya g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida ishlab chiqarishga 64 yangi texnologiya joriy etildi, 13 turdagi yangi mahsulotni tizimli ishlab chiqarish tashkil qilindi, 11 turdagi sanoat mahsuloti namunalari va 40 turdagi tajriba-sinov namunalari ishlab chiqarildi. Ushbu choralar natijasida innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiymati 157,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmat ko‘rsatildi.Joriy yilning birinchi yarmida hududlar sanoat salohiyatini oshirish va asosiy turdagi iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish dasturlari doirasida oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 509 loyiha amalga oshirildi. Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalarga texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar sotib olish uchun ajratilgan kreditlar hajmi 821,2 milliard so‘mni tashkil qildi.Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar shu yilning birinchi yarmida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini 12,3 foiz, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 13,7 foiz va nooziq-ovqat mahsulotlari hajmini 11,1 foizga oshirishni ta’minladi.Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 4,2 foiz, sintetik kir yuvish vositalari 2,5 barobar, bolalar velosipedlari 2 barobar, elektr dazmollar 44,4 foiz, trikotaj buyumlar 28,1 foiz, paypoq buyumlari 6,2 barobar, dorivor vositalar 1,6 barobar, o‘quvchi daftarlari 3 barobar, un 1,5 barobar, yorma 4,6 barobar, margarin mahsulotlari 2 barobar, shakar 15 foiz, o‘simlik yog‘i 12,6 foiz, xo‘jalik sovuni 10,2 foiz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi oshdi.Mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar turlarini, avvalo, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobidan kengaytirish hamda eksport hajmini ko‘paytirishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida eksport hajmi 18,7 foizga o‘sdi va 7,2 milliard dollarni tashkil etdi.Asosiy turdagi eksport qilinadigan tovarlar bo‘yicha hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlari (158,7 foiz), kimyo mahsulotlari (133,1 foiz), qora va rangli metallar (136 foiz), mashinalar va uskunalar (178,3 foiz), xizmatlar (128,5 foiz) eksportining yuqori sur’atda o‘sishi ta’minlandi. Suprefos, ammofos, texnika moylari, avtobuslar, akkumulatorlar, qora va rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tayyor mahsulotlar eksportining hajmlari oshdi, shuningdek, konsentratsiyalanmagan azot kislotasi, sirka atsetaldegid, kaliy o‘g‘itlari, jez prokati, selen va tillur, mis shinalari, yangi turdagi to‘qimachilik mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlari, bazalt tolasidan tayyorlangan matlar kabi 30 turdagi yangi mahsulotlar eksport qilindi.Xo‘jalik subyektlarining moddiy-xomashyo resurslardan foydalanishi uchun qulay bozor sharoitlarini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2011 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasida birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolari hajmi o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 1,6 barobar o‘sdi hamda 2,4 trillion so‘mdan oshdi.Yuqori likvidli tovarlar, shu jumladan, metall ruxi (2 barobar), rangli metall quymalari (4 barobar), mineral o‘g‘itlar (2,3 barobar), texnik oltingugurt (30 barobar), paxta linti (2 barobar), ko‘mir (1,7 barobar), ikkilamchi aluminiy (35,7 foiz), mis mahsulotlari (32,1 foiz), polietilen (30 foiz), qora metall prokati (26,6 foiz) va boshqa mahsulotlarni birja savdolari orqali sotish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan salmoqli oshdi.Valuta savdo maydonida qiymati 100 million dollardan ortiq bitimlar amalga oshirildi va eksport hajmi 2010 yilning shu davriga qaraganda 1,5 barobarga o‘sdi.Raqobat muhitini, jumladan, kichik biznes sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni rag‘batlantirish orqali rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan choratadbirlar xo‘jalik subyektlari umumiy sonida monopolist korxonalar ulushini 2010 yilning birinchi yarmidagi 0,43 foizdan 0,37 foizgacha kamaytirish imkonini berdi.2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar dasturining bajarilishi natijasida hisobot davrida bank sektori faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini sifat jihatdan o‘zgartirishning ijobiy tendensiyalari kuzatildi.Bank tizimining jami kapitali joriy yil birinchi yarmining oxirida 2010 yilning shu davriga nisbatan 36,6 foiz, bankka jalb qilingan mijozlarning depozitlari hajmi 52,3 foiz, aholining kredit tashkilotlaridagi mablag‘lari 1,5 barobarga ko‘paydi. Kredit tashkilotlarida aholi depozitlari umumiy miqdorida muddatli va jamg‘arma omonatlarining ulushi 86,3 foizni tashkil etdi, banklarning jami aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,4 foizga oshdi.Banklar resurs bazasini yanada ko‘payishi iqtisodiyot real sektori korxonalariga kredit ajratish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Banklarning real sektorga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari qoldiqlari 38,2 foizga o‘sdi. Bunda uzoq muddatli kredit qo‘yilmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 38,4 foizga o‘sdi.Hisobot davrida ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash uchun tijorat banklari tomonidan 2,2 trillion so‘m yoki 2010 yilning shu davriga qaraganda 34 foiz ko‘p investitsiya kreditlari ajratildi.Tijorat banklari tomonidan ayrim korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan bir paytning o‘zida kredit portfeli sifatini oshirishga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tijorat banklari jami kredit portfelida muammoli kreditlar ulushini 2010 yilning birinchi yarmidagi 1,5 foizdan hisobot davrida 0,9 foizga pasaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonida bankrot korxonalar ulushini 0,74 foizdan 0,53 foizga kamaytirish imkonini berdi.Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va bankdan tashqari mablag‘ aylanmasini kamaytirish maqsadida muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 8 million donaga, o‘rnatilgan terminallar soni esa 88,5 mingtaga yetdi. Buning natijasida plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz to‘lovlar hajmi 2010 yilning shu davriga nisbatan 1,9 baravar oshdi. Download 36.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling