O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar jamg`armasi


Download 38 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi38 Kb.
#1361089
Bog'liq
“Kamolot”


O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar jamg`armasi
“Kamolot” jamg`armasi O`zbekiston yoshlarining nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi bo`lib, 1996 yil 17 apreldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil topgan.
Jamg`armaning asosiy vazifasi - yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, madaniy, xuquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini o`rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish, davlat, hukumat dasturlari, islohotlarni bajarishga ko`maklashish, yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish, ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini o`rganish hamda mazkur masalalarni hal etishda hukumat idoralari, hokimliklar, vazirliklar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Jamg`armaning viloyat, shahar va tumanlarda bo`limlari mavjud. “Kamolot” jamg`armasining jamoatchilik markazlari joylarda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan yoshlar istagi va tashabbusi bilan tashkil topishi mumkin. Uning mablag`i turli ixtiyoriy pul o`tkazish va xayriyalar hisobiga tashkil topadi, noshirlik, o`yinlar va boshqa tadbirlar hisobiga boyib boradi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati.
O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 yanvar kuni yoshlar masalalari bo`yicha yig`ilishda Prezidentimizning kiritgan takliflariga asosan “Kamolot” yoshlar jamg`armasi asosida tashkil etildi. Harakatning ta'sis qurultoyi 25 aprel kuni bo`lib o`tdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga ko`maklashish maqsadida muntazam ravishda yoshlarning xuquqiy bilimini oshirib borish;
- barkamol avlod tarbiyalash soxasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish, bu borada turli davlat va jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish;

- yoshlarning kuch-g`ayratini, intellektual salohiyati, kasb malakasini Vatan ravnaqi uchun yo`naltirish;


- xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o`zaro foydali aloqalarni yo`lga qo`yish;
- yoshlar va o`smirlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli illatlarga qarshi kurashda Harakatning tasirchan kuchga aylanishiga erishish;
- millatlararo totuvlik va do`stlikni yanada mustahkamlashga xissa qo`shish;
- yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o`rgatish, boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish, tadbirkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularda bozor iqtisodiyoti ko`nikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik tuyg`usini shakllantirish;
- yoshlarni ish bilan ta'minlashda s?shimcha imkoniyatlar yaratish, shu yo`l bilan yangicha fikrlaydigan mulkdorlarni shakllantirish va ularni "Kamolot" tayanadigan ijtimoiy kuch bo`lishiga erishish.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining shiori - “Vatan menga nima berdi deb emas, men o`zim xalqim, Vatanim uchun nima qilmoqdaman”, deb yashash kerak.
Nashlari: “Turkiston” va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari.
O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati qachon tashkil topgan?
2001 yil 25 aprelda.
«Kamolot» qanday tashkilot?
«Kamolot» o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilotdir.
«Kamolot»ning Dasturi qanday hujjat?
«Kamolot»ning Dasturi - Harakat Qurultoyida tasdiqlangan va uning asosiy maqsad va vazifalarini belgilaydigan hujjat.
«Kamolot»ning Nizomi qanday hujjat?
«Kamolot»ning Nizomi - Harakat Qurultoyida tasdiqlangan va uning ichki faoliyat qoidalarini belgilaydigan hujjat.
«Kamolot»ning Dasturi nechta bo’lim va banddan iborat?
«Kamolot»ning Dasturi 5ta bo’lim, 33ta banddan iborat.
«Kamolot»ning Nizomi nechta bo’lim va banddan iborat?
«Kamolot»ning Nizomi 11ta bo’lim, 38ta banddan iborat.
«Kamolot»ning Dasturi bo’limlari nomini aytib bering?
1) Siyosiy-huquqiy sohadagi vazifalar;
2) Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalar;
3) Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi vazifalar;
4) Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi vazifalar;
5) Xalqaro faoliyat sohasidagi vazifalar.
«Kamolot»ning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
1) Yoshlarni birlashtirish;
2) Sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash;
3) Yoshlarning manfaatlarini himoya qilish;
4) Yosh yigit-qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etishi, jamiyatda munosib o’rin egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berish.
«Kamolot»ga necha yoshdan a’zo bo’lish mumkin?
«Kamolot»ga 14 yoshdan 28 yoshgacha a’zo bo’lish mumkin.
«Kamolot» Harakati a’zoligiga kimlar qabul qilinadi?
Harakat a’zoligiga:
1) uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom talablarini tan oladigan, ularni amalga oshirish yo’lida faol harakat qiladigan;
2) Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida mehnat qilish va kurashishni o’zi uchun e’tiqod deb biladigan;
3) o’qishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida boshqalarga o’rnak bo’ladigan yoshlar qabul qilinadi.
Harakat a’zoligiga qanday tarzda kirish mumkin? Harakatga a’zo bo’lish jamoa asosida, tashkiliy jihatdan uyushgan guruhlar tarzida yoki yakka tartibda amalga oshiriladi.
Harakat a’zolarining huquqlari nimalardan iborat?
Harakat a’zolarining huquqlari quyidagilardan iborat:
1) Harakatning barcha saylab qo’yiladigan organlariga nomzod ko’rsatish, saylash va saylanish;
2) Ularning faoliyati to’g’risida axborot olish, turli masalalar muhokamasida ishtirok etish va o’z fikrini bildirish;
3) Harakat tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish;
4) Tashkilotning yuqori organlariga murojaat qilish va himoya, ko’mak topishda ularga suyanish;
5) Harakat safidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
6) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Harakatning Dastur va Nizomiga zid bo’lmagan holda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish.
Harakat a’zosining asosiy burchi nimalardan iborat?
Harakat a’zosining asosiy burchi Harakat Dasturi va Nizomida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, ularni targ’ib qilishda faol ishtirok etishdir.
Harakatga a’zolik qaysi hollarda tugatiladi?
Harakatga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:
1) Harakat a’zosi o’z ixtiyori bilan uning safidan chiqarishlarini so’rab ariza berganida;
2) Harakat a’zosining yoshi a’zolik yoshidan o’tganida;
3) Harakat a’zosi Nizomga zid harakatlarga yo’l qo’yganida;
4) Harakat faoliyati qonuniy asosda tugatilganda.
«Kamolot»ning boshlang’ich tashkiloti deganda nimani tushunasiz ?
«Kamolot»ning boshlang’ich tashkiloti deb - o’quv muassasasi, korxona, tashkilot yoki mehnat jamoalaridagi 10dan ortiq Harakat a’zolarining tuzgan tashkilotiga aytiladi. Boshlang’ich tashkilot - Harakatning negizidir.
«Kamolot»ning boshlang’ich tashkilotlari qaerda tuzilishi mumkin?
Harakatning negizi - boshlang’ich tashkilotlar bo’lib, ular mamlakatdagi barcha o’quv muassasalari, mehnat jamoalari, shuningdek, Qurolli kuchlar, huquq-tartibot organlari tizimlarida yoshlarning hohish - irodasiga asosan tuziladi. Harakat Nizomining VII-bo’lim 25-bandiga asosan Harakatning boshlang’ich tashkilotlari yoshlarning o’qish, ish va xizmat joylarida tashkil etiladi. Yoshlarning yashash joylari bo’yicha boshlang’ich tashkilotlar tashkil etilmaydi.
Boshlang’ich tashkilot kimga bo’ysunadi?
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling