O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi byudjet munosabatlarining huquqiy asosi sifatida Reja


O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari


Download 87.25 Kb.
bet5/9
Sana27.01.2023
Hajmi87.25 Kb.
#1133406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari Reja

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari:

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari bo‘yicha tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;

  • vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Download 87.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling