O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Matematika-kiberiyetika metodi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Matematika-kiberiyetika metodi - Ta'lim-tarbiya nazariyasi hozirgi kunda
hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida o‘zining ko‘p ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda. Tadqiqotchi pedagoglar o‘zining ilmiy ishlarida dasturli ta'lim, o‘qitishni mustahkamlash, reyting va testlar orqali baholash, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish va mashina orqali boshqarish to‘g‘risida ko‘p qimmatli tavsiyalar bermoqda. Bundan tashqari, har bir ta'lim muassasasidagi kompyuterlarda o‘quvchi-talabalar to‘g‘risida kerakli ma'lumotlar mavjud. Masalan, o‘quvchi- talabalar shart-sharoitlarni, yutuq va kamchiliklarni bilish, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlar 79 darajasi, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi, o‘quv taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning o‘qitish darajasi, o‘quv qo‘llanmalarning sifati, kompyuter bilan mashg‘ulot o‘tkazish turlarini o‘rganish, qo‘llanilayotgan testlar muhimligi, ilmiy va kasbiy mahoratini oshirishdagi mashg‘ulotlar turi, talabalar stipendiyasi miqdori, ota-onalarining moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, o‘quvchi-talabalarning ko‘p shug‘ullanadigan jamoat joyi, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta'sir etuvchi omillar, mutaxassis bo‘lib yetishida hal qiluvchi omillar, o‘quvchi-talabalarning onglilik darajasi jarayoni, komil inson bo‘lish uchun kerakli bo‘lgan ma'naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo‘lgan salbiy sifatlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqidagi o‘quvchi-talabalarning fikrlari va munosabati kabi masalalar kompyuterlarda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi. Bundan maqsad, barcha o‘quvchi-talabalarni bilim, saviya, aqliy salohiyati, ruhiy va jismoniy salomatligi, hozirgi ehtiyojlari va dunyoqarashlarini ilmiy o‘rganish hamda vaqtida kerakli tajriba va amaliyotlar o‘tkazishdir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling