Umumiy o‘rta ta'limi hududiy boshqarmalari viloyat, shahar, tuman
hokimiyatlari tarkibida tashkil etiladi, boshqariladi va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta'lim vazirligiga yoki boshqa vakolatli vazirlik va idoralarga
bo‘ysunadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Umumiy o‘rta ta'limi muassasalari faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarish va
uslubiy ta'minlash;
Davlat ta'lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarni amalga oshirish;
Bolalar bog‘chasi va maktablarining qurilishi, binolar va inshootlarni qayta
tiklashni tashkil etish va nazorat qilish;
Umumiy o‘rta ta'limi muassasalari mujassamlashuvini, patronat va vasiylikni
ta'minlash.
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda, mavjud bolalar
bog‘chalari va umumiy o‘rta maktablarni qayta o‘zgartirish hamda yangi tashkil etish
bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |