O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
A) Jismoniy tarbiyaning maqsadi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
A) Jismoniy tarbiyaning maqsadi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - inson tanasidagi barcha a'zolarini sog‘lom o‘sishini ta'minlash, bolani jismonan chiniqqan, mard va sabotli o‘stirish, uni oilasi, jamiyat va Vataniga hizmatga, aqliy va jismoniy mehnatga tayyorlashdan iborat. Abdulla Avloniy aytganlaricha, har bir kishi sog‘lom fikr, yaxshi ahloq va ilm- ma'rifatga ega bo‘lmog‘i uchun badanini tarbiya qilishi kerak. Shu borada Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan qator hukumat qarorlari qabul qilindi, mamlakatimiz har bir hududida zamonaviy shartlarga muvofiq stadion, sport maydonchalari, sport zallari va saroylari mavjud, yangi sport inshootlari qurilmoqda. Barcha bolalar bog‘chasi, boshlang‘ich va o‘rta maktab, litsey va kollej, oliy o‘quv yurtlarda rejalashtirilgan asosda jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Sportning har xil turlari bo‘yicha to‘garaklarida o‘quvchi yoshlar turli ta'lim muassasalarining zamonaviy sport inshootlarida muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmoqdalar. So‘nggi yillarda diyorimizda ko‘p sonli yuqori malakali sportchilar tayyorlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda futbol, boks, kurash hamma turlari, gimnastika, yengil va og‘ir atletika, tennis, eshkak eshish, shaxmat eng yetakchi sport turlaridan sanaladi. Olimpiada o‘yinlari, butunjahon va Osiyo chempionatlari hamda birinchiliklarida o‘zbek o‘g‘lonu hammadan go‘zal qizlarimiz ko‘p karra eng yuksak sovrinli o‘rinlarni egallab, Vatanimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilib kelmoqdalar. Zamonaviy jismoniy tarbiya va sportda mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari hajmi hamda shiddatining oshishi o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil qilishda yangi 37 yo‘llarni va foydalanilmagan zahirani izlab topishni taqozo etadi. Ayniqsa ko‘p siklli jismoniy tayyorgarlikning hamma bosqichlarida tiklanish sport va ish qobiliyatini oshirish vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu borada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchi va sport trenerlari oldilarida yuksak ma'suliyat qo‘yilmoqda. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sport oliy o‘quv muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni barcha o‘quv predmetlari bo‘yicha ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlari, reja va dasturlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida belgilagan vazifalari hamda zamonaviy pedagogika fanlari tadqiqotlariga ko‘ra qo‘yilgan talablar darajasida kasbiy ta'limning nazariy va amaliy asoslari bilan izchil qurollantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Shu tariqada O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni (2000 yil) ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mutaxassis - o‘qituvchilarning olib borilayotgan ta'lim-tarbiya ishlariga ko‘p kerakli vazifalarni belgilaydi. Bu o‘rinda “Jismoniy tarbiya to‘g‘risida”gi qonunning tegishli bandida O‘zbekiston fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat'i nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini tuzish, jismoniy tarbiya-sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar deb belgilab qo‘yilgan (2-modda). Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling