O’zbekiston Respublikasi Maktabagacha ta’lim vazirligi


Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar endi Bobolarimiz kitoblar haqida nimalar degan ekanlar ularning so’zlariga ham bir quloq tutaylik . Maxfiza


Download 29.94 Kb.
bet3/3
Sana27.02.2023
Hajmi29.94 Kb.
#1235274
1   2   3
Bog'liq
Kitob oftobim mashg‘ulot ishlanma

Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar endi Bobolarimiz kitoblar haqida nimalar degan ekanlar ularning so’zlariga ham bir quloq tutaylik .
Maxfiza: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q , undan ortiq g’amxo’r yo’q, undan yuz rohat bor , hech qachon ozor yo’q
Hasan: Kitoblar aql farzandlaridir
Husan: Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir.
Eram: Kitob insonga qanot bag’ishlaydi
Elzod: Kitoblar xazinasi umuman olganda hayotning o’ziga xos baddiy ko’zgusidir.
Elbek: Kitob eng qimmatbaho boylik, uni hech qachon iflos qilmang
Raxmat bolajonlar zerikib qolmadikmi .Hozir hammamiz joyimizdan turamiz va zerikishni unutamiz.
Bolalar bilan hafta kunlarini ingliz tilida talaffuz qilish.
Bolajonlar biz sna shu hafta kunlarini va ingliz tilida talaffuzini ana shu kitoblardan o’rganamiz qani hammamiz joylashib olaylik.
Tarbiyachi : Bolajonlar kitoblar haqida she’rlar bilamizmi? Kim aytib beradi.
Odiljon: Har yaxshilik , har yomon
Qat-qatida joylashgan
Shuning uchun deymanki
Kitob mening do’stimsan
Elnura: Barcha bilmas qahramon
El-yurtlarga men oshno
Armonlarim tarqatib ,
Qonib o’qish bir odat
Shuning uchun deymanki
Kitob mening do’stimsan.
Amirxon: Har ko’ngilning orzusi shul erur obi hayot,
Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob
Ashuroy: Ko’zning nuri , dil sururi dillarning darmonidir
Har qorong’u dilga go’yo mohitobondir kitob
Sardor: Har balodan asraguvchi eng muhim himmat yarog’
Tiyri vahshat xanjari zillatga qalqondir kitob
Umida: Har kishi yoshlikda qilsa vaqtida g’ayrat agar
Tez zamonda oshno bo’lmog’I osondir kitob.
Alibek: Ilm kaliti kitob
Gar o’qisang bobma bob
O’rganib bor bilimni
Ochar bag’ri dilingni
Safarga chiqqan chog’ing
U eng yaqin o’rtog’ing
Oshno bo’lsang kitobga
Yuksalasan oftobga
Ayubxon: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda
G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda
U bilan hol tanho hech bermas ozor
Joningga yuz rohat beradi takror
Ibrohim: Jovonimga qarab qo’y
Qilar yalt-yult kitoblar
Har xonaga ko’rk obro’
Gavhar jild jild kitoblar
Bamisoli keng dunyo
Javon ichra joylashgan.
Azizbek: Kitobimni qanday sevsam oz bo’lur
Kitob desam ko’nglim bahor yoz bo’lur
Kitobimni desam agar ko’klam yoz, ko’klam yozning umri lekin undan oz
Tezda chaman yaprog’i so’lar, qurur
Kitob chaman bo’stonim so’lmas bo’lur.
Ro’zbibi: Oqillar safiga qo’shmay qo’yaqol
U goh qo’yindadir, goh bag’ringda
Kitob egasining mahbubi misol
Raxmat bolajonlarim kelingalar endi internetda kitob haqida dunyo yangiliklari nimalardan iborat ekan qani aytichi Miraziz:
Dunyodagi eng og’ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrda oid geografik atlasdir. Uning bo’yi 1,9 metr og’irligi 320 kg
Barotjon: Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni Napaleondir. U haqda 10 000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan.
Alibek: Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarimidan ko’pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.
Raxmat bolalar kitob haqida anchagina bilimlar oldika kelinglar endi ana shu kitoblarimizni tasvirlaymiz. Bolalar kitoblarni tasvirlaydilar. Akvarel bo’yog’ida bo’yab olamiz.
Mashg’ulot yakunida bolalar rag’batlantiriladi ularga kitoblar sovg’a qilinadi. Va uyga vazifa beriladi uyga vazifa beriladi.
Download 29.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling