O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

72-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish institutining moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–institutning xo‘jalik faoliyatiga, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlariga rahbarlik qilish;
–tasdiqlangan ish rejalarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish, moliya-xo‘jalik
faoliyati bo‘yicha ish rejalari loyihasini tayyorlash;
–kafedralar, o‘quv xonalari, tinglovchilar turar joylari hamda boshqa binolarni zarur
jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha institut rektoriga takliflar kiritish;
–xodimlar va tinglovchilar sihat-salomatligini va xavfsizligini ta’minlovchi sharoitlar
yaratish, mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
–binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini, qurilish, kapital va joriy ta’mirlash
ishlarini tashkil qilish;
–institutga ajratilgan budjet mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari tushumlardan
to‘g‘ri foydalanishni amalga oshirish hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
–institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga
oshirish, o‘quv jihozlari, asbob-uskunalar va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan
samarali foydalanishni ta’minlash;
–vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini,
ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
–hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik
qilish, o‘ziga bo‘ysunuvchi tegishli bo‘linma hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishini
muvofiqlashtirish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
2. Bilishi lozim:
–ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
–tasdiqlangan ish rejalarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilishni;
–iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlarini tashkil qilishni, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha
ish rejalari loyihasini tayyorlashni;
–institut mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xodimlar va
tinglovchilarning sihat-salomatligini, xavfsizligini ta’minlovchi sharoitlar yaratishni;
–institut binolarini kuz-kish mavsumiga tayyorlash ishlarini tashkil etishni, qurilish,
kapital va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilishni;
–institutga ajratilgan budjet mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari tushumlardan
to‘g‘ri foydalanishni hamda budjetdan tashqari mablag‘ topish yo‘llarini;
–institutning xo‘jalik obyektlarini tartibga solish va saqlanishini ta’minlashni;
Tartib raqami
2125
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1345
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling