O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 75-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
3. Malaka talablari:
–kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalanishni bilishi; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa sohaning boshqaruv organlarida ikki yildan kam bo‘lmagan ish staji. 75-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘quv tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish; –ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari uchun qisqa muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan kurslarni tashkil etish; –mutaxassislik bo‘yicha maktabgacha ta’limni boshqarish sohasida rahbar va mutaxassislar bilimlarini oshirish; –maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va o‘quv metodik ishlar olib borish, ta’lim menejmenti bo‘yicha yuqori malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlash; –maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini va uni amalga oshirish mexanizmlarini yanada rivojlantirishni nazarda tutadigan takliflarni institut rahbariyatiga kiritish; –pedagoglarning o‘z sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda o‘qitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, metodik yordam ko‘rsatishning samarali shakllarini ishlab chiqish, sinab ko‘rish va o‘quv tarbiya jarayoniga joriy etish; –qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllari (aralash, masofaviy, yakka tartibda o‘qitish, “ustoz shogird”, va boshqa shakllarini) joriy etishning ilmiy metodik va tashkiliy metodik asoslarini ishlab chiqish; Tartib raqami 830 Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1219 Xodimlar toifasi Boshqaruv –institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘quv jarayoni me’yoriy hujjatlarga mos ravishda o‘tishini nazorat qilish va dars soatlarining bajarilishini hisobga olib borish; –qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam ko‘rsatish, guruh jurnallarini yuritishdagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etilishini ta’minlash; –qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish jarayonini amalga oshirish, ularni kurslarga qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash, ularga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirib tarqatish, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan bildirishnomalar tayyorlash; –kafedralar tomonidan institutda tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarining ishchi o‘quv- mavzu rejalari va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor bilan kelishgan holda ularni institut rektori tasdig‘iga tavsiya etish; –maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy pedagog kadrlarning ma’naviy axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; –qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish; –o‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish; –institut kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya uchun test savollari bankini yaratish hamda Ta’lim sifati monitoringi bo‘limi bilan hamkorlikda yangilab borish; –kurslar yakunida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya jarayonini tashkil qilish. –har oy, chorak va yil yakunida tuman, shaharlar va malaka oshirish toifalari kesimida malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qiladi, ma’lumot tayyorlash. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling