O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
2. Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’limga oid normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni; –bolalar, umumiy va maxsus pedagogika va psixologiyasini; –defektologiya asoslarini; –ta’limni rivojlantirish istiqbollarini; –bolaning taʼlim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirilishini taʼminlash; –bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; –bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini taʼminlash; –bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash; –nogironligi bo‘lgan bolalarga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga malakali ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, jamiyatdagi, oiladagi hayotga, o‘qishga va mehnat qilishga imkon qadar to‘liq hamda o‘z vaqtida moslashishiga ko‘maklashish; –tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish; –bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish; –bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda taʼlim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash; –bolalarni umumtaʼlim muassasalarida o‘qishga tayyorlash; –o‘quv jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish; –bolalarning yoshiga xos anatomik, fiziologik asoslarni; –kasbiy va amaliy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni; defektologiya fanining eng yangi yutuqlarini; –odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini. –attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini; Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling