O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarma


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

95-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–bosh boshqarmaning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy faoliyatini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon,
qaror va farmoyishlari, Hukumatning qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, dasturlari va boshqa hujjatlarda vazirlik
rahbariyati tomonidan bosh boshqarmaga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini
ta’minlash;
–vazirlikning hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlariga, bosh boshqarma boshlig‘iga bosh
boshqarma faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash;
–bosh boshqarmaning ish faoliyatini rejalashtirishda, yillik va istiqbol ish rejalarini
ishlab chiqilishida o‘z fikrlarini bildirish, uning tarkibiga kiruvchi bo‘limlar faoliyatini
muvofiqlashtirib borish va istiqbol yo‘nalishlarini belgilash, ularni vazirlikning umumiy ish
rejasi bilan muvofiqlashtirib borish, bo‘lim va sho‘balarning yillik ish rejalarini ko‘rib chiqish va
tavsiyalar berish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli bajarilishini bosh boshqarma boshlig‘i
bilan birga ta’minlash;
–respublikadagi maktabgacha ta’lim va ilmiy tadqiqot tizimini rivojlantirish manfaatlari
yo‘lida vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va mahalliy davlat hokimiyat organlari,
jamoat tashkilotlari hamda xorijiy davlatlarning mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat
va nodavlat tashkilotlari bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish,
uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan saqlanish, ularning
oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga
oshirish bo‘yicha seminar mashg‘ulotlar tezislarini tayyorlash;
–vazirlik va xalqaro miqyosdagi keng ko‘lamda turli xil tarbiyaviy ishlar, o‘quvlar,
seminar-treninglar, konferensiyalar, suhbat, uchrashuv va ko‘rik-tanlovlarni rejalashtirish hamda
ularning bajarilishi sifat va samaradorligiga erishish yuzasidan metodik tavsiyalar tayyorlash;
–viloyat
boshqarma
va
tuman
(shahar)
maktabgacha
ta’lim
bo‘limlari
mutaxassislarining
hamda
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
pedagoglar
faoliyati
samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash;
–vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha sho‘balar tomonidan tayyorlangan
buyruq, ko‘rsatma va hujjatlarni ko‘rib chiqish, takliflar berish;
–bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakolati doirasida vazirlik xodimlariga berilgan
topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash, xodimlarning kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini
oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish,
shuningdek, boshqarma vakolatiga kiradigan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini
belgilash;
Tartib raqami
163
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1112
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


–vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bosh
boshqarma faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish
va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishchi
guruhlar ishlariga mutaxassislarni jalb qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududiy maktabgacha ta’lim boshqarma boshliqlari bilan
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha strategik chora-tadbirlarni amalga oshirish
hamda istiqboldagi vazifalarni belgilash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir nomzodlar
hujjatlarni ko‘rib chiqish va tavsiya berish;
–davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan
me’yoriy hujjatlar tayyorlashni tashkil etish va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga takliflar
kiritish;
–xodimlarning o‘z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri bajarilishini
ta’minlash, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha bosh boshqarma
boshlig‘iga tegishli takliflar kiritish;
–bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakolati doirasida xodimlar o‘rtasidagi vazifalar
taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida xodimlarining
huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish,
bolalarga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish;
– o‘z yo‘nalishi bo‘yicha respublika miqyosida viloyat, tuman(shahar) mutaxassislari
bilan o‘quv-metodik yig‘ilishlar, anjumanlar, seminarlar, videokonferensiyalar tashkil etish va
o‘tkazish;
–o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda
og‘zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish,
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling