O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

42-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar
maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i va viloyatlar maktabgacha ta’lim
boshqarma boshlig‘i moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim malaka
tavsiflari
1.Lavozim vazifalari:
–Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar
maktabgacha ta’lim bosh boshqarma boshlig‘i va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarma
boshlig‘i moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb
yuritiladi) tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar
deb yuritiladi)ning umumiy faoliyatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtiradi va nazorat
qiladi;
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
Tartib raqami
2135
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1346
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, boshqarmaga tegishli
masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli
foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;
–tuman (shahar) bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini
ishlab chiqishda ishtirok etish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish,
bajarilishini ta’minlash;
–budjet mablag‘larini rejalashtirish, tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari
uchun sarflanayotgan mablag‘larni nazorat qilish;
–boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining ishlab
chiqilishida takliflar berish, ularni moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ushbu
masalalar bo‘yicha hududiy bo‘linmalarga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
–hududiy bo‘linmalarning, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va statistik
hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish, hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya
organlari va tegishli tashkilotlarga taqdim etib borish;
–iqtisodiy hisob-kitob tayyorlash, bolalar, xodimlar kontingentining o‘zgarishi bo‘yicha
istiqbolli rejalar tuzish;
–boshqarma hay’at kengashiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
–hududiy bo‘linmalar kesimida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining
tarifikatsiya jadvallarining to‘g‘ri tuzilganligini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘larni topish, xizmat
ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislariga
amaliy yordam berish, topilgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda maqsadli va samarali
sarflanilishini nazorat qilish;
–hududiy bo‘linmalardan ta’lim tashkilotlariga markazlashgan holda ajratiladigan
mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha qat’iy nazorat va o‘rganishlarni olib borish;
–hududiy bo‘linma mutaxassislariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatiga, pedagogik stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doir me’yoriy
hujjatlarning ta’lim tashkilotlariga to‘liq yetib borishini nazorat qilish, mazkur masalalar haqida
tushuntirish ishlari o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy
va metodik yordam ko‘rsatish;
–manzilli dastur asosida yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va mukammal
ta’mirlangan
obyektlarni
foydalanishga
topshirish
vaqtida
ishtirok
etish,
ishlarni
muvofiqlashtirish va monitoring qilishda ishtirok etish;
–davlat, davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining qurilish-ta’mirlash jarayonida ishlarning sifati, belgilangan grafik asosida
ishlarni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan o‘rganishlar hamda monitoring ishlarni olib borish va
tegishli takliflar tayyorlash;
–davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlaridan foydalanishni
muvofiqlashtirishni tashkil etish;
–barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bino va inshootlar, xonalar
(guruhlar), yerto‘lalar, yer maydonlari, shuningdek boshqa asosiy vositalardan samarali
foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining holati, yangi o‘quv yili kuz-qish


mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan o‘rganish olib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy
bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
–“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam
ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy Xalq qabulxonalari bilan samarali
hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar
vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan muroj-
aatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling