O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami 3767 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 2351 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, o‘ziga biriktirilgan hudud tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, boshqarma boshlig‘i huzuridagi ishlab chiqarish majlisi muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan bo‘lim boshlig‘iga ma’lumotlar tayyorlash; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va nazoratini olib borish; –boshqarmaning boshqa bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bo‘lim faoliyatiga doir ma’lumotlar hamda hududlardan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash; –maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko‘rilishini ta’minlash; –maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini hisobini olib borilishini nazorat qilish; –“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish; –O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari hamda davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etish; –bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va tashkilotlari faoliyati va maqsadlarini, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilib borish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining faoliyatini o‘rganish, ularning rahbarlaridan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjat va materiallarni yig‘ish va ularni umumlashtirish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar ijrosini va topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qat’iy nazoratni yo‘lga qo‘yishi; Xodimlar toifasi Mutaxassis –bo‘lim boshlig‘i xizmat safarida bo‘lganda va boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarish; –o‘rnatilgan tartibda sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling