O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
1. Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish; Tartib raqami 831 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1219 Xodimlar toifasi Boshqaruv –bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish; –ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash; –boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish; –boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobini qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish; –boshqarma va uning tasarrufidagi budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish; –boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tuziladigan yillik xarajatlar hisob-kitobi smetasi, shtatlar jadvallarini ko‘rib chiqish va amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish; –davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan dam olish kunlarida va ish vaqti tugagandan so‘ng belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatilishi (bola parvarishlash, qarab turish, maktab ta’limiga tayyorlash va boshqalar)ni yo‘lga qo‘yishni nazorat qilish; –boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini ta’mirlash va jihozlash uchun mablag‘ ajratilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyat va vazirlikka takliflar tayyorlash; –hisoblash ishlarida yuqori kompyuter texnologiya usullarni qo‘llash, buxgalteriya hisobining ilg‘or shakllari va metodlarini keng joriy etish; –pul mablag‘lari, tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar tushumini to‘liq hisobga olish, shuningdek ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini, xarajat smetalarini bajarilishini, mahsulot sotib olishni to‘g‘ri hisobga olish, qurilish-montaj, mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini iqtisodiy asoslangan holda tuzish; –tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining yillik xarajatlar smetasi asosida ajratilgan mablag‘larning samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilib borish; –buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etilishini o‘rganish, buxgalteriya hisobi, nazorat, hisobot, moliyaviy tahlil masalalari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislari bilan tushuntirish ishlarini olib borish; –dastlabki hujjatlar, buxgalteriya yozuvlariga asosan buxgalteriya hisobotlarini to‘g‘ri tuzish va uni belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga topshirish; –buxgalteriya hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va ularni o‘z vaqtida arxivga to‘g‘ri topshirilishini nazorat qilish; –kamomadlarni vujudga kelishi va pul mablag‘lari hamda tovar-material qiymatliklarni noqonuniy sarflanishi, moliya va xo‘jalik qonunchiligini buzilishini oldini olish ishlarini amalga oshirilishini nazorat qilish; –tuman (shahar) bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ichki imkoniyatlarini o‘rgangan holda sarmoyadan tashqari mablag‘ topish yo‘llarini izlash va marketing xizmatini tashkil qilishda metodik yordam ko‘rsatish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus hisob raqamlarga tushirilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni nazorat qilish; –marketing xizmatiga oid hujjatlarni ishlab chiqish, ularni joylarda to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va yuritilishini ta’minlash; –moliyalashtirish, buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etishga doir kelgan xatlar, fuqarolardan tushgan murojaatlar bilan ishlash, ularni qabul qilish hamda muammolarni hal etish choralarini ko‘rish; Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling