O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Malaka talablari
- 87-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri lavozimining malaka lavozim
2. Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni; –maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga oid yangiliklarini; –jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritishni; –pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarini; –o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini; –metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini; –mashg‘ulot va darslarni tahlil qilish, ularni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam berish shakllarini; –sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini. 3. Malaka talablari: –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; –uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji. 87-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri lavozimining malaka lavozim tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –kafedra faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, kafedradagi o‘quv-tarbiya, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish; –kafedraning ish rejasi, kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash; –kafedraning pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish; –kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini tashkil qilish; –ilmiy kengash va rektor huzuridagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashish va kafedra faoliyatiga oid tegishli hisobot berib borish; –kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliyotga joriy qilish hamda uni ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash; –kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarning bajarilishini nazorat qilish; –ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish; –ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; –kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan keng foydalangan holda olib borilishini amalga oshirish va o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tishini nazorat qilib borish; –ta’limning masofadan o‘qitish shakllari, zamonaviy dasturiy va texnologik vositalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; –kafedra professor o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlarini tashkil etish; –axborot-resurs markazining kafedra o‘quv fanlariga oid yangi o‘quv, ilmiy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishi va yangilanishini ta’minlab borish; –kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga rahbarlik qilish; –kafedrada o‘qitiladigan mashg‘ulotlarning o‘quv-mavzu rejalarni, dasturlarni tayyorlash, tuzish, ularga tegishli o‘zgartirishlar va yangiliklarni kiritib borish; –o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarga xulosalar berish; –kafedra mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni Tartib raqami 2087 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1345 Xodimlar toifasi Boshqaruv mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritish; –sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling