1. Lavozim vazifalari:
–maktabgacha
ta’lim
tashkilotidagi
hamma
yumshoq
inventarlarni
yuvadi
va dazmollaydi. Ayrim narsalarni qaynatadi;
–kir yuvishda xloramin, kir yuvish kukuni, sovun va kraxmaldan foydalanadi;
–jadvalga asosan toza narsalarni beradi, kirini olib yuvadi hamda alohida daftar tutadi
(qancha kir oldi, qancha tozasini berdi), sanalarini belgilab boradi;
–kir yuvish xonasini tozaligini saqlaydi;
–yong‘indan saqlanish qoidasiga rioya qiladi. Kir yuvish mashinasini yoqib qoldirmaydi,
ish faoliyatida sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart.
2. Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi
xodimlarining malaka tavsiflari
23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri
lavozimning malaka tavsiflari
Do'stlaringiz bilan baham: