O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
– O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni;
mehnat qonunchiligi va kadrlar masalalari bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq
etish yo‘llarini;
–kadrlar bilan ishlash bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va kadrlar qo‘nimsizligini
oldini olish usullarini;
–mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va x);
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan to‘liq foydalanishni bilishi;
–ta’lim yoki boshqa sohalarda kamida ikki yillik ish staji (oliy ma’lumoti bilan birga
yuridik yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega kadrlardan amaliy ish staji talab
etilmaydi).
33-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya
xizmati boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
1518
Kasblarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1322


1. Lavozim vazifalari:
–Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda muhandislik-
kommunikatsiya
tizimlarini
joriy
ta’mirlash
(Ekspluatatsiya
xizmati
hamda
ta’lim
tashkilotlarining xodimlari tomonidan amalga oshirish imkoni bo‘lmagan ta’mirlash ishlari
pudratchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida bajariladi);
–elektr energiyasi, tabiiy gaz issiq va sovuq suv, issiqlik iste’moli hisoblagichlarining
talab darajasida ishlashini ta’minlash hamda ularni hisobga olish holatini monitoring qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari
talablari darajasida tayyorligini ta’minlash, ulardan samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni
tashkil etish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal
xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuzaga keladigan avariya holatlari to‘g‘risidagi
xabarlar va shoshilinch ma’lumotlarni telefon aloqasi orqali qabul qilish uchun dispetcher
xizmatini tashkil etish;
–har yili belgilangan muddatlarda ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga va kuz-qish
mavsumiga tayyorlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avariya holatidagi shoshilinch ta’mirlash ishlarini
tarbiyalanuvchi va xodimlarni xavfsizligini ta’minlagan holda olib borish (zarur bo‘lganda
qo‘shimcha mutaxassislar va maxsus texnikani jalb etishi mumkin);
–maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ko‘mir (briket) yoqilg‘isini xarid qilish maqsadida
ularga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish (bunda qozon yoki pechlarning rusumi, soni, kunlik
me’yoriy sarfidan kelib chiqib shakllantiriladi), ko‘mir (briket) yoqilg‘isini belgilangan
tartibda qabul qilinishi, xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlarga to‘liq yetkazish, sifatli saqlanishi
va sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib borish;
–har yili 1 iyunga kadar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kelgusi moliya yilida
bajariladigan joriy ta’mirlash ishlari hamda talab etiladigan qurilish materiallari (ro‘yxat
asosida), xom-ashyo, butlovchi qismlar va zarur bo‘lgan asbob-uskunalar ro‘yxatlarini
shakllantirish;
–har yili 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi
doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash zarur bo‘lgan
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxatlarini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda
tayyorlash va tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim
boshqarmalariga kiritish;
–budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida har yili 1 sentabrga qadar maktabgacha
ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlari joriy
ta’mirlanishini yakunlash va ulardan foydalanilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
–elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar tizimiga resurs va energiya
tejaydigan texnologiya va uskunalarni tatbiq etish, jumladan zamonaviy hisoblash o‘lchov
asboblari bilan ta’minlash yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish;
“Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ta’lim
tashkilotlarida energiya samaradorligi va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish
choralarini ko‘rib borish;
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


–maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mebel-jihozlarini joriy ta’mirlash;
–bo‘lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi yong‘in xavfsizligi burchaklarining
ishchi holatda saqlanishini, zarur vositalar bilan jihozlanishini ta’minlash;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling