O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
3. Malaka talablari:
-o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. 54-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va Qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumotlar loyihasi tayyorlash va muhokamaga kiritish; Tartib raqami 2457 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 2114 Xodimlar toifasi Mutaxassis –maktabgacha ta’lim tizimida ijro intizomini mustahkamlash hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash; –Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori, 2009 yil 28 avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy, hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish to‘g‘risida”gi 11-10-sonli Tartibiga muvofiq tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini monitoringini olib borish va ularning ijrosini ta’minlash; –“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-345 Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq holda ishni tashkil etish; –tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlarining hal etilishini (har kunlik), haftalik, oylik yillik tahlillarini olib borish; –hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishi, ularning bajarilishini kuzatib borish, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashini ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritish; –tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va ularning tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash holatini o‘rganish, ularning natijalarini tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam berish; –yuqori tashkilotlar, boshqaruv organlari, idoralardan boshqarmaga kelib tushgan xat- hujjatlarni qabul qilish, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va nazorat varaqasini yuritish ijroni ta’minlash maqsadida boshqarmaning tarkibiy bo‘limlari hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga yetkazish va hujjat ijrosi ta’minlangunga qadar nazoratini olib borish; –bo‘limga kelib tushgan xat, ariza, murojaatlar bo‘yicha chorak, yarim yillik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish, boshqarma yig‘ilishlarida muhokamaga kiritish; –boshqarma va uning tarkibidagi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan ijro etilgan yuqori tashkilot hujjatlari, fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlarini qabul qilib, boshqarma boshlig‘i ko‘rsatmasiga ko‘ra nazoratdan chiqarishni tashkil etish; –boshqarma hujjatlari uchun mo‘ljallangan blankalar ro‘yxatini qat’iy nazoratini yuritish; –boshqarma va tarkibidagi bo‘limlar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini tashkil etish hamda og‘zaki murojaatlari bo‘yicha tegishli axborotlarni tayyorlash; –boshqarma, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarni tanlab olinishi, hisobga olinishi, saqlanishi, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o‘z vaqtida hududiy davlat arxiviga topshirilishini ta’minlash; –boshqarma qoshida tashkil etilgan “Fuqarolar qabulxonasi” faoliyatini tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish; –odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling