O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

1. Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish
rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan
muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
Tartib raqami
831
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1219
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


–bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil
etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
–ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini
ta’minlash;
–boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash,
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;
–boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobini qilish, ulardan samarali va
maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;
–boshqarma va uning tasarrufidagi budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar
xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish;
–boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tuziladigan yillik xarajatlar hisob-kitobi smetasi,
shtatlar jadvallarini ko‘rib chiqish va amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish;
–davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan dam olish kunlarida va ish vaqti
tugagandan so‘ng belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha qo‘shimcha pullik
xizmatlar ko‘rsatilishi (bola parvarishlash, qarab turish, maktab ta’limiga tayyorlash va
boshqalar)ni yo‘lga qo‘yishni nazorat qilish;
–boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
binolarini ta’mirlash va jihozlash uchun mablag‘ ajratilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyat
va vazirlikka takliflar tayyorlash;
–hisoblash ishlarida yuqori kompyuter texnologiya usullarni qo‘llash, buxgalteriya
hisobining ilg‘or shakllari va metodlarini keng joriy etish;
–pul mablag‘lari, tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar tushumini
to‘liq
hisobga olish, shuningdek ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni buxgalteriya
hisobida o‘z vaqtida aks ettirish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini, xarajat smetalarini
bajarilishini, mahsulot sotib olishni to‘g‘ri hisobga olish, qurilish-montaj, mahsulot, ish va
xizmatlar tannarxini iqtisodiy asoslangan holda tuzish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining yillik xarajatlar smetasi asosida
ajratilgan mablag‘larning samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilib borish;
–buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etilishini o‘rganish, buxgalteriya hisobi,
nazorat, hisobot, moliyaviy tahlil masalalari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislari
bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
–dastlabki hujjatlar, buxgalteriya yozuvlariga asosan buxgalteriya hisobotlarini to‘g‘ri
tuzish va uni belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga topshirish;
–buxgalteriya hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va ularni o‘z vaqtida
arxivga to‘g‘ri topshirilishini nazorat qilish;
–kamomadlarni vujudga kelishi va pul mablag‘lari hamda tovar-material qiymatliklarni
noqonuniy sarflanishi, moliya va xo‘jalik qonunchiligini buzilishini oldini olish ishlarini amalga
oshirilishini nazorat qilish;
–tuman (shahar)
bo‘limlari
va
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarining
ichki
imkoniyatlarini o‘rgangan holda sarmoyadan tashqari mablag‘ topish yo‘llarini izlash va
marketing xizmatini tashkil qilishda metodik yordam ko‘rsatish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus hisob raqamlarga tushirilgan mablag‘lardan
samarali va maqsadli foydalanishni nazorat qilish;
–marketing xizmatiga oid hujjatlarni ishlab chiqish, ularni joylarda to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi va yuritilishini ta’minlash;


–moliyalashtirish, buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etishga doir kelgan xatlar,
fuqarolardan tushgan murojaatlar bilan ishlash, ularni qabul qilish hamda muammolarni hal etish
choralarini ko‘rish;

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling