2.3. O‘qitish natijalari va mazmuniga qo‘yiladigan talablarda o‘quvchi yoki talaba egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish talablar .
Bilimlar:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar haqida;
maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar haqida;
maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar haqida;
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar haqida;
maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo’lgan bolalar haqida;
harakat – tayanch a'zolarida nuqsoni bo’lgan bolalar haqida;
autizm va daun sindromiga chalingan bolalar haqida;
psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lishi;
rivojlanishida murakkab nuqsonlari bo’lgan bolalar haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lishi;
-Inklyuziv ta’lim haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lishi
-psixotеrapiya haqida umumiy tushunchalar bo’lishi.
Ko’nikmalar:
individual xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda bolalar bilan korrеktsion ishlarni olib borish;
maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishda kеchikayotgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonini korrеksion yo’naltirish’;
maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta'lim – tarbiyasini korrеksion yo`naltirish;
maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni ta'lim – tarbiya jarayonining mazmunini korrеktsion yo’naltirish;
maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta'lim – tarbiyasini korrеktsion yo’naltirish;
rivojlanishida mujassam nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash tizimini korrеksion yo’naltirish.
-inkliyuziv ta’lim asosida ta’limga yo’naltirish
-psixoterapevtik usullarni korreksion yo’naltirish
Do'stlaringiz bilan baham: |