O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet34/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Matematik tangram
Maqsad: geometrik shakllar to`g`risidagi tushunchalar bilan tanishtirish, ikki yoki undan ortiq shakllarning qo`shilishi bilan xosil bo`lgan yangi geometrik shakllar yasalishi to`g`risidagi malakalari shakllanadi.
Jihoz va materiallar: matematik jamlanma tangrami.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar tangram jamlanmasidagi geometrik shakllarni aytadilar.

  2. Namunaga qarab geometrik shakllardan rasmlar xosil qiladi.

  3. O`z g`oyasi bilan rasmlar yaratish.

Qo`shimcha qism: geometrik shakllardan meva va sabzavotlarni yasash.
E`tiborga molik jihati: tafakkur, ijod va matnini shakllantirish.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi
Fito - bar.
Maqsad: sharbatlarning sog`lomlashtirish va davolash xususiyatlarini biladi. Sog`lom turmush tarzi shakllanadi, immuniteti, faol va faol bo`lmagan nutqi rivojlanadi.
Jihoz va materiallar: stollar, stullar, grafinlar, rangli va shaffof stakanlar, dorivor o`simliklardan damlamalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar fito-bar xaqida bilganlarini aytib berishadi.

  2. Bolalar turli sharbat va kompotlarni tatib ko`rishadi va ular nimalardan tayyorlangan ekanligini topishadi. (sharbatva kompotlar oldindan tarbiyachi tomonidan tayyorlab qo`yiladi)

  3. Tarbiyachi yordamida turli choylarni damlashadi va ta`mini ko`rishadi.

Qo`shimcha qism: choyga meva, asal qo`shish.
E`tiborga molik jihati: dorivor o`tlarning foydasi xaqidagi bilimlarning shakllanishiga. Hayot havfsizligi saboqlari .
Til va nutq markazi
«Urug`idan mevasigacha»
Maqsad: mevalar xaqida bilimga ega bo`ladi. Mevali daraxtlarni, ularning yaproqlari, urug`i va mevalarini ajrata oladi.
Jihoz va materiallar: bog` tasviri tushirilgan rasmlar. Mavzuli kartochkalar. Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar kartochkalarni ko`rib chiqishadi xamda mavzuli zanjirni yasashadi. (olma daraxti, olma, olma urug`lari va x.z.)

  2. «Bog`» nomli suratni ko`rib chiqishadi va kichik mavzuli hikoya tuzishadi.

3. Qo`shimcha qism: to`g`ri aytish: daraxt-meva.
4. E`tiborga molik jihati: fikrlashi va nutqini rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling