O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet45/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

E`tibor berish kerak:

  1. Agar bola to`liq gaplardan foydalanib javob bera olmasa, yo`naltiruvchi va yordamchi savollar bilan ko`maklashish mumkin;

  2. Ayrim yo`l belgilarini farqlashni bilish;

  3. Kuzatuvchanlikni tarbiyalash;

  4. Nutqni rivojlantirish.

Fan va tabiat markazi
«Shaxsiy kamalak»
Maqsad: Yorug`lik nurining suvdvn o`tish holati bilan tanishish.
Jihoz va materiallar: Suv bilan to`ldirilgan idish(vanna, tog`ora), fonar, ko`zgu, oq qog`oz.
Faoliyatning olib borilishi:

  1. Idishga suv quyib, tubiga kuzguni qo`yamiz.

  2. Kuzguga fonar orqali yorug`lik tushuramiz.

  3. Aks etuvchi yorug`likni qog`oz sahifasida ushlash lozim, natijada kamalak hosil bo`ladi.

  4. Tushuntirish: yorug`lik nuri bir necha rangdan tuziladi; yorug`lik suvdan o`tganda kamalakning ranglari hosil bo`ladi.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`tkazilgan tajribani ota-onalariga gapirib berishni va uni uyda ko`rsatib berishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Hayotni fan bilan bog`lashni bilish.

  2. Hayot xavfsizligi saboqlari.

San`at markazi
Rasm «Kelajak avtomobili»
Maqsad: mayta qo`l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, qo`l ostidagi vositalar yordamida rasm chizishga o`rgatish.
Jihoz va materiallar: zamonaviy mashinalar rasmlari to`plami, qog`oz., bo`yoq, guash, suv idishlari, noan`anaviy rasm chizish uchun tabiat materiallari ( paxta, quloq tozalagichlar, paxtali tamponlar)
Faoliyatning olib borilishi:

  1. «Zamonaviy mashinalar» mavzusida rasmlarni ko`zdan kechirish.

  2. Noan`anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishish.

  3. Qo`l ostidagi vositalar yordamida mashina rasmini xomaki chizmalarini chizish.

  4. Bolalarning ijodiy faoliyati.

  5. Bolalar chizgan tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag`batlantirish.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling