O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Pereferik nutq apparati uch bo‘limdan iborat


Download 1.96 Mb.
bet4/11
Sana21.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1106774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-guruh Mahmuda kursi nishi

Pereferik nutq apparati uch bo‘limdan iborat: 1) nafas bo‘limi; 2) ovoz bo‘limi; 3) artikulyatsion bo‘lim.
Nafas bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi.
Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq nafas chiqarish fazasida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida tovush hosil qiluvchi va artikulyatsion funksiyani bajaradi. (SHu bilan birga, asosiy funksiyasi havo almashinuvini ham bajaradi.) Nafas olish nutq jarayonida, odam jim turgan odatdagi vaqtdan jiddiy farq qiladi. Nafas chiqarish nafas olishdan biroz uzoqroq bo‘ladi (nutqdan tashqari vaqtda nafas olish va nafas chiqarishning davomiyligi deyarli bir xil bo‘ladi). Bundan tashqari nutq talaffuz qilinayotgan vaqtda nafas olish harakatlari soni odatdagi nafas olish va nafas chiqarish (nutqsiz) vaqtidagidan ikki marotaba kamdir.
Uzoq nafas chiqarish uchun ko‘p havo zapasi kerak bo‘lishi tushunarlidir. Shuning uchun nutq jarayonida havo olish va chiqarishning hajmi ko‘payadi (taxminan 3 marta). Nutq vaqtida nafas olish nisbatan qisqa va chuqur bo‘ladi. Nutq vaqtidagi nafas olishning yana bir xususiyati Shundaki, nutq jarayonidagi havo chiqarish havo chiqarish muskullarining faol harakati ostida sodir bo‘ladi. Bu esa uzoq va chuqur nafas chiqarishga imkon yaratadi va bundan tashqari, havo oqimi bosimini ko‘paytiradi (busiz jarangdor nutqning bo‘lishi mumkin emas).
Ovoz bo‘limi hiqildoq va u bilan birga joylashgan ovoz paychalaridan tashkil topgan. 1. Hiqildoq nafas yo‘lining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi. 1. Hiqildoq havoning traxeyaga o‘tishini ta’minlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga to‘sqinlik qiladi. 1. Hiqildoq bo‘yinning oldingi qismida joylashgandan hiqildoq do‘ngi, ayniqsa, ozg‘in kishilarda ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi. Ana shu do‘nglik kekirdak olmosi deb ataladi. 1. Hiqildoq gapirganda, yo‘talganda, ashula aytganda oson harakatlanadi. 1. Hiqildoq toq uzuksimon, shoxsimon va juft cho‘michsimon, shoxsimon tog‘aylardan iborat. 1. Hiqildoq asosi bir-biri bilan bo‘g‘imlar orqali birikkan tog‘aylardan tashkil topgan bo‘lib, bo‘g‘imlarda harakat maxsus muskullar harakati yordamida ro‘y beradi.
1. Hiqildoqda ovoz paychalari joylashgan bo‘lib, ular nafas olganda, qattiq yoki sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi.
Erkaklarda hiqildoq ayollarga nisbatan kattaroq, ovoz paychalari esa uzunroq va qalinroqdir. Ayollarda ovoz paychalarining uzunligi 18 – 20 mm, erkaklarda 20 – 24 mm gacha bo‘ladi.
O‘g‘il va qiz bolalarda balog‘atga yetish davri boshlangunga qadar hiqildoqning kattaligi va tuzilishida farq bo‘lmaydi. 1. Hiqildoqda o‘zgarish qizlarda 12 – 13, o‘g‘il bolalarda 13 – 15 yoshda sodir bo‘ladi. Bu vaqtda hiqildoqning kattaligi qizlarda 1/3, o‘g‘il bolalarda 2/3 qismga o‘sadi va ovoz paychalari cho‘ziladi.
Ilk yoshdagi bolalarda hiqildoqning shakli voronkasimon bo‘ladi. Bolaning o‘sishiga qarab hiqildoq asta-sekin tsilindrsimon shaklga yaqinlashadi.
Ovoz paychalari o‘zining massasi bilan hiqildoqning ko‘p qismini egallab oladi va tor ovoz tuynugini qoldiradi.
Odatdagi nafas olishda ovoz tuynugi keng ochiladi, teng yonli uchburchak shakliga keladi. Bunda nafas olayotgan va nafas chiqarayotgandagi havo keng ovoz tuynugidan bemalol o‘tib ketadi.
Ovoz (yoki fonatsiya) qanday sodir bo‘ladi? Ovozning hosil bo‘lishida ovoz paychalari qisqargan holatda bo‘ladi. Chiqarilayotgan havo oqimi qisqargan ovoz paychalari orasidan o‘tayotib, ularni biroz chetga suradi. Keyin yana chiqarilayotgan havo oqimi bosimi ostida o‘zining pishiqligi hamda hiqildoq muskullarining harakati bilan o‘z holiga qaytadi. Chiqarilayotgan havo oqimining bosimi tamom bo‘lgunga qadar ovoz paychalarining qisqarishi va cho‘zilishi davom etaveradi
(2-rasm).
Ovoz paychalarining tebranishi tufayli chiqarilayotgan havo oqimi ovoz paychalari ustida tebranish chastotasiga aylanadi. Bu tebranishlar tevarak-atrofga yetkaziladi va biz uni ovoz tovushlari deb qabul qilamiz.

SHivirlab gapirganda ovoz paychalari butunlay qisqarmaydi: orqa qismida ular orasida chiqarilayotgan havo oqimi o‘tadigan kichkina teng tomonli uchburchaksimon tuynuk qoladi. Ovoz paychalari bu vaqtda tebranmaydi, lekin kichkina uchburchak tuynuk chetlariga tegib o‘tadigan havo oqimi shovqin keltirib chiqaradi.


Ovoz kuchga, balandlikka va tembrga ega.
Ovozning kuchi, asosan, havo bosimining kattaligi bilan, ya’ni chiqarilayotgan havo kuchi bilan ovoz paychalarining tebranish amplitudasiga boғliq.

Rezonator bG‘shliғining kattaligi va shakli, shu bilan birga hiqildoq tuzilishining xususiyatlari ovozning individual sifatiga yoki tembriga ta’sir etadi. Faqat tembrga ko‘ra biz odamlarni ovozidan farq qilishimiz mumkin.


Ovozning balandligi ovoz paychalarining tebranish chastotasiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida ularning uzunligiga, qalinligiga va qisqarish darajasiga bog‘liq. Ovoz paychalari qanchalik uzun, qalin va kam qisqargan bo‘lsa, ovoz Shunchalik sekin chiqadi.
Bundan tashqari, ovozning balandligi havo oqimining ovoz paychalariga beradigan bosimiga va ularning cho‘zilish darajasiga bog‘liqdir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling