Qog'oz qutidan «qushlar uchun donxo'rak» yasash
Maqsad:karton qog'ozlardan donxo'rak yasash, uning kuz faslidagi vazifasi xaqida so'zlaydi, turli ranglarni tanlaydi va shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar:turli hajmdagi qog'oz qutilar, yelim, skotch, qaychi, o'ram qog'oz, yoki bo'yoqlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qushlar uchun yasalgan turli xil donxo'raklar rasmlarini tomosha qilishadi.
Ishning bajarilishini bolalar tomonidan rejalashtirilishi.
Donxo'rakni yasash va o'rash.
Donxo'rakning taqdimoti.
Qo'shimcha qism:mustahkamroq donxo'rakchalarni hovlidagi daraxtlarga o'rnatish.
E'tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlay olishiga, donxo'rakning funksional va xavfsizligiga.
Til va nutq markazi
Mavzuga oid topishmoqlar va tez aytishlar.
Maqsad: diqqati rivojlanadi, faol va faol bo'lmagan nutqi rivojlanadi, tafakkuri, fikrlashi, nutq nafasi shakllanadi, nutqining tempi va ifodaliligi shakllanadi.
Jihoz va materiallar:topishmoq va tez aytishlar bo'yicha rasmlar.
Faoliyatning borishi:
«Qushcha» barmoqlar gimnastikasini o'ynab olish;
Bolalar bir-birlariga topishmoq aytishadi;
AKT yoki rasmlarga qarab ishlash;
Tez aytishlarni takrorlash va butun jamoa bilan o'qish.
Qo'shimcha qism: bolalar kuz xaqida qiziqarli hikoyalarni eslab olishadi.
E'tiborga molik jihati: topishmoq va tez aytishlarni to'g'ri talaffuz qilinishiga; do'stlarini tinglay olishiga, tabiatga e'tibor va muxabbatining shakllanishiga.
«Tabiiy bo'yoqlar»
Maqsad:sabzavotlarning ajoyib xususiyatlari bilan tanish (lavlagi, sabzi, apelsinlarning),bo'yoq ranglarini ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |