O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish


Download 2.01 Mb.
bet8/133
Sana28.10.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1731773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
Faoliyat ishlanma

San'at markazi:
Mavzu: «Mening uyim» rasmini chizish.
Maksad: Bolada ijodkorlik oshadi, ranglardan tugri foydalangan xolda mavzu yuzasidan rasm chiza oladi, kelajakka intiladi, kelajagini oldindan ko'rishni o'rganadi.
Kerakli jixozlar: Ok kogoz, rangli kalam, rangli buyok, muykalam, stakan suv bilan, salfetka va namuna.
Faoliyatning borishi:

  1. Namunalarni kuzatish.

  2. Taxminiy rejalashtirish.

  3. Kerakli jixozlarni tanlash.

  4. Ijodiy ish.

  5. Tayyor ishni qo'shimcha detallar bilan boyitish.

Qo'shimcha: «Bizning oila uchun katta uy» mavzusida jamoa ishi.
Alohida e'tibor qaratiladi: Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida mustaqil ishlashiga.


Til va nutq:
Mavzu: “Mahalla – kichik Vatan” mavzusida suratlar asosida xikoya tuzish.
Maqsad: Mahallasining nomini biladi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi, nutqi ravon, mahallasidan faxrlanish tuyg'usi shakllanadi.
Kerakli jihozlar: Mahalla aks etgan rasmli kurgazma va tarqatmalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasm va ko'rgazmalarni tomosha qilish.

  2. Rasmdagi voqyea-xodisalarni taxlil qilish.

  3. Voqyea-xodisalarni o'rganish va o'zining maxallasidagi faoliyatlar bilan taqqoslash.

  4. Rasmlar asosida xikoya tuzish.

  5. Xikoyalarini do'stlariga so'zlab berish.

Qo'shimcha: MTM xududida joylashgan mahallaga ekskursiya uyushtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Qo'ni-qo'shni kim ekanligini bilishiga va ular bilan qanday munosabatdaligiga.

Ilm fan va tabiat:
Mavzu: “Tuproq, tosh va qumning, xossalari”
Maqsad: Loy, qum va tosh xususiyatlarini ajrata oladi, turli tuzulmalarni kuradi, tuproqdan loy hosil qila oladi.
Kerakli jihozlar: Qum, tuproq, tosh, keramzit tosh, suv, chelakcha, qo'l sochiq va tutqichlar (fartuk).
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzu asosida markazdagi jixozlrni tomosha qilish.

  2. Tuproq, tosh, qumni qo'li bilan ushlab ko'rish.

  3. Ularni his qilish. (yumshoq, qattiq)

  4. Qum va tuproqni farqlash.

  5. Keramzit va oddiy toshning xili va xususiyatini ushlash orqali his qilish.

  6. Barcha jixozlarni birma-bir nomlab chiqish.

  7. Olgan yangiliklari bilan o'rtoqlashish.

Qo'shimcha: Tuproq va qumning farqini tajriba asosida aniq faktlar bilan izohlab berish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga ahamiyat berishiga. Ularni ko'rish orqali ajrata olish maakasining rivojlanganligiga.

San'at markazi:
Mavzu: «Maxallam kuchalari» aplikasiya jamoa ishi.
Maksad: Jamoa fikrini tinglaydi va bir fikrga kelishadi, ranglarni tug'ri tanlay oladi, jamoada xamjixatlikka axamiyat beradi, tengdoshlari bilan bir yoqadan bosh chiqaradi.
Kerakli jixozlar: Rangli kog'ozlar, yelim, A1 kogoz, maxalla kuchalari aks etgan rasmli kurgazma.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmli kurgazmani tomosha qilish.

  2. Namunani tahlili qilish va ijodiy ishni rejalashtirish

  3. Vatman kogozda jamoa ishi.

  4. Fikrlarini bayon etish, aynan nima uchun shu detalni chizganini izohlash.

  5. Ijodiy ishni tahlil qilish.

Qo'shimcha: Mahalla bo'ylab sayr uyushtirish va mahallada barpo etilayotgan, qayta ta'mirlanayotgan qurilish ishlari bilan tanishtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Jamoa ishi jarayonida xayot xavfsizligi qoidalariga rioya etishlariga bir-birlarini fikrlarini ma'qullashga, do'stlarining fikrlarini xurmat qilishga.


Kurish-yasash va matematika markazi:
Mavzu: Men yashayotgan uy.
Maksad: Qurish-yasash ishlarini amalga oshirishda aniq xisobni oladi, matematik tasavvurlari kengaygan, qurilishdagi ketma-ketlikka rioya qiladi. Sanok tartib sonlarni farklay oladi. «Kancha?», «Xisob buyicha kancha?» kabi savollarga javob beradi.
Kerakli jixozlar: AKT orqali quruvchining uy qurish jarayoni namoish etilgan disk yoki fleshka. Turli xil uylar tasvirlangan rasmlar, kubik va lego.
Faoliyatning borishi:
1.Uy qurilish jarayonini AKT orkali kuzatish.
2. Uy kurishni rejalashtrish
3. Kerakli jihozlarni tanlash
4. Shinam uy kurish.
5. Uy uchun foydalanilgan materialni tahlil qilish.
6. Natijani tahlil qilish va do'stlari bilan o'rtoqlashish.
Qo'shimcha: Mavzuga doir multfilm namoyish etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Xotira va esda qolganlarni qayta namayon eta olish qobilyatiga.


Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling