Amaliy mashg’ulotlarni o’tish yuzasidan tavsiyalar:
Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda FVV, IIV, DAN, yong’in xavfsizligi, tez tibbiy yordam, qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlik qilish.
Amaliy mashg’ulotlarni o’tishda talim tashkiloti sharoitidan kelib chiqqan holda yuz berishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar turlariga yaqin holat tashkil etish.
Zaruriyatga ko’ra malakali mutaxassislarni amaliy mashg’ulotlarga jalb etish.
Amaliy mashg’ulotlarda belgilangan meyorlar bajarilishini taminlash. O’yin va musobaqaviy usullardan samarali foydalanish.
Favqulodda vaziyatlarga manaviy-ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish uchun qo’rquv hissini paydo qiluvchi sharoit yaratish va undan chiqib ketish yo’llarini o’rgatish.
Uy vazifasi berib, yashash joylarida, qishloq xo’jaligi va sanoatda shaxsiy xavfsizlikka tahdid soluvchi holatlar va omillarni aniqlash.
Xavf soluvchi omillarga qarshi kurashda o’quvchi tomonidan qilinishi kerak bo’lgan amaliy harakatlar xususida yozma ishlar olish.
Egasiz qolgan har qanday buyumga etibor berish hamda u haqda o’zgalarni ogohlantirish. IIB xodimlariga xabar berishni o’rgatish.
Innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, namunaviy amaliy harakatlar bo’yicha o’quv-uslubiy materiallar namoyish etish. Ulardagi harakat tartibini amaliyotga ko’chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |