Dasturningmaqsadi
|
Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariyasini o‘qib o‘rganish, sport o‘yinlarining maxsus bilim va malakalarini shakllantirib borish, oldin o‘rganilgan harakatlarini mustahkamlab borishni pedagogik jarayonda o‘rgatishni nazarda tutish. O‘yintexnika va taktikalari bilan tanishib va ularni o‘zlashtirib borish. O‘rgatish jarayonida voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, futbol va stol tennisi qoidalari, texnika va taktikalarini o‘rganib va mustahkamlab borish.Ta’lim muassasalarida shug‘ulanuvchilarga sport o‘yinlari nazariyasini, adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatib borish, dasturga oid har xil materiallardan foydalanish va mashg‘ulotlarni tashkil etishdan iborat.
Amaliy mashg‘ulotlarda mashg‘ulot qismlarini to‘g‘ri tashkil etish, sport o‘yinlari texnika-taktikasi va o‘yin qoidalarni o‘rganish va hakamlik qilishni o‘rganib borish.
Amaliy darslari va mashg‘ulotlari orqali sport mahoratini oshirish, o‘yinlarda qatnashish, maxsus mashqlarni bajarish, sport mashg‘ulotlarda ishtirok etib borish va talab me’yorlarini bajarishga tayyorlab borish.
|